Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)


Tarbiya metodlari va vositalarining psixologik mazmuni



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

Tarbiya metodlari va vositalarining psixologik mazmuni


200 
Tarbiya vositalari sifatida tashkil etilgan va tashkil etilmagan ta’sirlar tushinilib, 
ular yordamida bir guruh insonlar - tarbiyachilar boshqa guruh odamlariga – 
tarbiyalanuvchilarga ma’lum psixologik sifatlar va xulq- atvor hosil qilish maqsadida 
ta’sir o‘tkazadilar. Aniq qilib aytganda, shaxsga psixologik ta’sir vositasida tarbiyachi 
tomonidan tarbiyalanuvchining shaxsiyatini o‘zgartirish uchun qo‘llanilgan harakatlar 
tushuniladi. Ular qatoriga ta’limning barcha turlarida ishontirish, majburlash, ijtimoiy 
talablar, tashqi ta’sirlarni va inson harakatlari shaklini o‘zgartirish bilan bog‘liq 
bo‘lgan holatlar kiradi. Tarbiya vositalari sifatida o‘ziga xos o‘rinni kompleks, global 
va har taraflama o‘tkaziladigan ta’sirlar egallaydi. Ular qatoriga, masalan, 
psixoterapiyani, ijtimoiy-psixologik treningni va boshqa psixokorreksiya turlarini 
ko‘rsatish mumkin.
Tarbiya vositasi bo‘lib, tarbiyachining shaxsiy namuna bo‘lishi, atrofdagi 
odamlarning ko‘rsatayotgan xulq-atvori, xatti-harakati, pedagogik, badiiy, ommaviy 
va boshqa adabiyotlarda keltirilgan va yuqori baholangan lavhalar ham hisoblanadi. 
Insonga ta’sir etib, uning psixologiyasi va xulq-atvorini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan 
har qanday narsa tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata oladi.
Tarbiya vositalarini odamga ta’sir etish harakteriga ko‘ra ikki guruhga: bevosita 
va bilvosita ta’sirlarga ajratish mumkin. Bulardan birinchisi bir odamning boshqasiga 
bevosita ta’siri, ya’ni bir-biri bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishi hisoblansa, 
ikkinchisi, qandaydir vositalar orqali o‘tkaziladigan ta’sir, ya’ni bunda tarbiyachi va 
tarbiyalanuvchi o‘zaro aloqa qilmaydi (masalan, kitob o‘qish va b.).
Tarbiyachi va tarbiyalanuvchining anglashi nuqtai nazaridan kelib chiqilsa
tarbiya jarayonida uning vositalarini aniq va mavhum turlarga bo‘lish mumkin.
Anglangan tarbiya vositasi qo‘llangan taqdirda tarbiyachi anglagan holda o‘z 
oldiga aniq, anglangan maqsad qo‘yadi, tarbiyalanuvchi u haqida biladi va uni qabul 
qiladi. Agar mavhum vositalar ta’siri qo‘llanilganda sinovdagi tarbiya ta’siri 
anglanmagan holda kechadi, tarbiyachi anglab nazorat olib bora olmaydi hamda 
oldindan o‘ylangan yanglish ta’sir kelib chiqadi.


201 
Tarbiya ta’siri qanday tarbiya obyektiga qaratilganligiga ko‘ra uning vositalari 
quyidagicha bo‘linadi: emotsional, kognitiv va xulqiy. Tajribada ko‘proq ular 
kompleks tarzda uchraydi.
Har bir ko‘rsatilgan tarbiya vositalari o‘zining kuchli va ojiz tomonlariga ega. 
Masalan, bir odamning ikkinchi bir odamga tarbiyaviy ta’sirining o‘ziga xosligi va 
yutuqlari shundan iboratki bunda tarbiyaning quyidagi turlari ishlatiladi: uqtirish, 
taqlid qilish va majburlash, o‘z navbatida bu usullar asosida ta’limning effektiv 
mexanizmi yotadi. Bu usul qo‘llanilganda tarbiyachi so‘z vositalaridan 
foydalanmasligi ham mumkin, tarbiyalanuvchiga to‘g‘ri va kerakli xulq-atvorni 
namuna sifatida ko‘rsatishi va o‘rnak bo‘lishi lozim.
Tarbiyachi doimo o‘zi istaganidek barcha narsani so‘z bilan ifodalab bera 
olmaydi. Shuning uchun ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarbiya ta’siri tarbiya imkoniyatlarini 
kengaytiradi. Bundan tashqari, bu vosita bola rivojlanishining ilk bosqichida mumkin 
bo‘lgan yagona usuldir, holbuki bola hali unga qarata aytilgan so‘zlarni tushunmaydi. 
Bu holat bolalarning yoshidan qat’iy nazar katta ahamiyatga egadir. Pedagogikada bu 
usul shaxsiy namuna deb nomlanadi. Ushbu tarbiya vositasining kamchiligi shaxsiy va 
vaqt bo‘yicha qo‘llanilishining chegaralanganligidir.
Тarbiyalovchi tarbiyalanuvchiga faqat o‘zi ega bo‘lgan bilimlarni bera olishi 
mumkin. Bundan tashqari tarbiyachi har doim ham tarbiyalanuvchi bilan muloqotda 
bo‘la olmaydi.
Bevosita tarbiyaviy ta’sirning yutuqlari shundan iboratki, u boshqariladigan
avval o‘ylab rejalashtirilgan va nazorat qilib turish mumkin bo‘lgan natijalar beradi. 
Bilvosita tarbiya jarayonida ko‘rilgan, kuzatilgan kamchiliklar bunda ham mavjuddir.
Mavhum anglanmagan tarbiya vositasi anglangan tarbiya vositalaridan ko‘ra ko‘proq 
uchraydi, lekin uning yutuqlari va kamchiliklarini amaliy jihatdan baholash qiyin. 
Bunga sabab uni ongli ravishda nazorat etib bo‘lmasligidir.
Kognitiv tarbiya ta’siri kishining bilim tizimlariga yo‘naltirilgan bo‘lib, uni 
o‘zgartirish, mukammallashtirishni maqsad qilib qo‘yadi. Hozirgi zamon olimlarining 
fikriga ko‘ra, insonning dunyo haqidagi bilimlari uni shaxs sifatida namoyon etib 
qolmay, balki uning xulq-atvoriga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Tarbiya ta’sirining bu 


202 
sohadagi yutuqlari sezilarli darajada ortib, hozirgi davrda bu soha asosiy o‘rinni egallab 
bormoqda.
Emotsional tarbiya ta’siri tarbiyalanuvchida ma’lum affektiv holatni vujudga 
keltirishga va uni saqlab turishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning psixologik ta’sirlarni 
qabul qilishini yoki yengillashtiradi, yoki qiyinlashtiradi.
Ijobiy emotsiyalar tarbiyalanuvchini tarbiya ta’siri subyektiga nisbatan ochiq 
nazorat hosil qiladi. Salbiy emotsiyalar esa aksincha, tarbiyalanuvchiga 
ko‘rsatilayotgan tarbiya ta’sirini kamaytiradi.
Xulqiy-axloqiy tarbiya ta’siri bevosita odamning xulq-atvori, uning faoliyati va 
o‘zini boshqara olishiga yo‘naltirilgan. Uni turli ta’sirlar vositasida ma’lum bir 
yo‘nalishda yo‘naltirilsa, ular bilvosita shaxs holatiga, uning shakllanishiga ham ta’sir 
ko‘rsatadi. Bunday holatda tarbiyalanuvchi avval qandaydir ma’lum xatti-harakatni 
amalga oshiradi, so‘ngra esa shu yo‘lning foydali yoki zararliligini tushunadi. Berilgan 
ta’sir avval shaxsning ichki dunyosida o‘zgarishni vujudga keltirsa, bu o‘zgarish keyin 
uning xulq-atvorida namoyon bo‘ladi.
Bilim, emotsiya va xulq-atvor o‘zaro bog‘liq ekan, ularning har biri orqali shaxsga 
ta’sir ko‘rsatish mumkin. Bu holat tarbiyachining imkoniyatlari cheklanganda biror bir 
tanlangan tarbiya ta’siriga urg‘u berishda hamda kerakli natijaga erishishda yordam 
beradi. Ammo mukammal tarbiyaviy ta’sirga ular birgalikda shaxsga har taraflama 
ta’sir ettirilgandagina erishiladi.

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish