Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

ADABIYOTLAR SHARHI 
Matematika metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo'lib, shveytsariyalik pedagog-
matematik G.Pestalotsining 1803- yilda yozgan «Sonni ko'rgazmali o‘rganish» 
asarida bayon qilingan. XVII asrning birinchi yarmidan boshlab matematika o‘qitish 
metodikasiga doir masalalar bilan rus olimlaridan akademik S.E.Gurev (1760- 1813), 
XVIII asrning birinchi va ikkinchi yarmidan esa N.I.Lobachevskiy (1792- 1856),
I.N. Ulyanov (1831-1886), L.N. 
Tolstoy (1828-1910) va atoqli metodist- matematik S.I.Shoxor-Trotskiy (1853- 
1923), A.N.Ostrogradskiy va boshqalar shug'ullandilar va ular matematika faniga 
ilmiy nuqtai nazardan qarab, uning progressiv asoslarini ishlab chiqdilar. Masalan,
A.N.Ostrogradskiy «Ong kuzatishdan keyin paydo bo‘ladi, ong 
real, mavjud olamga asoslangan» deb yozgan edi6. 
Keyinchalik matematika o‘qitish metodikasining turli yo‘nalishlari bilan 
N.A.Izvolskiy, V.M.Bradis, S.E.Lyapin, I.K.Andronov,
N.A.Glagoleva, 
I.Ya.Dempman, A.N. Barsukov, S.I. Novoselov, A.Ya. Xinchin, N.F. Chetveruxin, 
A.N.Kolmogorov, 
A.I.Markushevich, A.I.Fetisov va boshqalar shug‘ullandilar. 
1970-yildan boshlab maktab matematika kursining mazmuni yangi dastur asosida 
o‘zgartirildi, natijada uni o'qitish metodikasi ham ishlab chiqildi7. 
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL 


137 
Oʻqituvchi oʻqish jarayonini shunday tashkil qilishi kerakki, aniq bosqichda oʻquvchi 
oʻzining intellektual qobiliyatini koʻrsata olsin. Bunda hamma boplik tamoyili yaqqol 
saqlanishi kerak. Ushbu pedagogik texnologiyaning boshqa asosiy tamoyillari sifatida 
quyidagilar tanlangan: 

Umumiy iste’dodlilik-iste’dodsiz insonlar yoʻq, oʻzining ishi bilan band 
boʻlmaganlari bor. 

Oʻzaro ustunlik-agar kimgadir boshqaga nisbatan yomon olinsa, demak, 
nimadir yaxshi olinishi lozim; bu nimadir izlash deganidir; 

Oʻzgarishning muqarrarligi. Inson haqidagi har qanday fikr yakuniy deb 
hisoblanmaydi. 
Oʻqituvchi guruhdagi oʻquvchilarni shartli dinamik guruhga boʻlishi uchun ularni 
individual farqlarini aniqlab olishi kerak. Buning uchun oʻqituvchioʻquvchilarning 
ishlarini chuqur tahlil qilishlari kerak8. 
Topshiriq:
(5;3)va 
(2;−1)nuqtalar orasidagi masofani toping. 
Shu tengla mani yechish uchun toʻgʻri keladigan formulalarini yozing. 
Mazkur ishning tahlilida oʻquvchi javobining quyidagi elementlari hisobga olinadi: 

Nuqta haqida tushunchaga ega bo’lishi; 

Ikki 
nuqta 
orasidagi munosabatlarni aniqlay olishi; 

Ikki nuqta orasidagi masofani formulasini yoza bilishi; 

Ishni bajarish uchun ketgan vaqt(minut). 
Oʻquvchining qobiliyati haqida qoʻshimcha ma’limot olish uchun oʻqituvchi har xil 
qiyinlikdagi topshiriqlarni taklif qiladi. Variantni o‘quvchilar oʻzi tanlaydi. Bunda 
“5” baho olishiga da’vogar III variant, “4” baho olishi uchun II variant, 3 baho olishi 
uchun esa I variant topshriqlarini bajaradi. Taxminiy xulosalar va ishlar natijalarini 
solishtirib, oʻqituvchi guruhning tayyorgarligi toʻgʻrisida aniq ma’limotga ega 
boʻladi. Ana shunday tahlil natijasida oʻqituvchi kelajakda Oliy matematika
fanini
oʻrgatishda oʻquvchilarning 
oʻrganuvchanlik 
qobiliyatini doimo hisobga oladi. 
Oʻqitishning tabaqalanishi yangi materiallarni 
tushuntirishda, 
uni 
mustahkamlashda, bilimlarni tekshirish va umumlashtirishda ham oʻtkazilishi 


138 
mumkin.Oʻqituvchi mustaqil ravishda tabaqalashtirilgan topshiriqlar toʻgʻrisida aniq 
tasavvurga ega boʻladi, ya’ni qiyinlik darajasiga qarab topshiriqni u yoki bu guruhga 
kiritadi. Agar topshiriqni yechish usuli noaniq shaklda berilgan boʻlsa, oʻrtacha 
qiyinlikdagi topshiriqqa kiradi. Oxirida eng qiyin topshiriq beriladi. Oʻquvchi 
topshiriqni mustaqil ravishda tuzishi, uni yechish usullarini loyihalashtirishi, oʻz 
yechimi natijalarini olishi va baholashi kerak boʻladi. 
Har xil qiyinlikdagi tabaqalashtirilgan topshiriqlarni tuzish bo‘yicha misollar. 
Variant I9. 
Koordinаtа tekisligida (1;1) va (3;7) nuqtаlаrdаn tеng uzoqlikdа yotgan 
𝐶
(2;
𝑦
) joylаshgаn nuqtаlаr topilsin. 
Berilgan topshiriqni bajarish uchun oʻquvchilar bunday masalalarni yechish usullarini 
bilishi zarur boʻladi. 
Variant II. 
𝐴
uchburchаk uchlаrining koordinаtаlаri bеrilgаn: 
𝐴
(3;1), B(7;5), C(5; 
−1). U o‘tkir burchаklimi, to‘g‘ri burchаklimi yoki o‘tmаs burchаklimi? 
Oʻquvchilar masalani yechish yoʻlini mustaqil topadilar. Bu masalani yechishda ikki 
nuqta orasidagi masofani topish formulasidan foydalanish kerak. 
Bir tomondan bunday topshiriqlarni bajarish uchun oʻquvchi shunday tipdagi 
masalalarni yechish toʻgʻrisida bilimga ega boʻlishi kerak. Boshqa tomondan masala 
shartini qoʻyilishi oʻquvchining ularni yechish usulini toppishga undaydi. Shuning 
uchun masalalar shartining qoʻyilishi kelajakda nafaqat oʻquvchidan, balki butun 
guruh 
oʻquvchilaridan 
bilimni, tayyorgarlikni talab etadi. 

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish