102
ФИО автора:
Sharipov Nuriddin Alijon o’g’li
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
1-KURS MAGISTRANTI
Название публикации:
«MAHMUD AZ-ZAMAXSHARIYNING “MAQOMOTI
ZAMAXSHARIY” ASARI»
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Ustodul arab val ajam, Faxru Xvarezm
bo’lgan Mahmud Az-Zamaxshariyning “Maqomoti Zamaxshariy” asarining arab
tilidagi o’rni, o’ziga xosligi, uning tarkibiy qismi, boshqa maqomotlardan farqi
haqida ma’lumot beriladi.
Kalit so’zlar:
Xorazm, Mahmud,
Maqomot, maroshid, zuhd
Xorazm vohasida azaldan jahon fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan
ko‘plab allomalar yetishib chiqqan. Ayniqsa, o‘rta asrlarda bu diyor ilm-fanning turli
sohalari bo‘yicha samarali ijod qilgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon
al-Beruniy, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Ibn Miskavayh, Abu Nasr al-Iroqiy, Abu
Sayhl Masihiy, Abul Xayr ibn al-Hammor kabilarning dong‘i butun Mag‘rib-u
Mashriqqa tarqalgan. Xorazm zaminida tavallud topgan buyuk allomalardan biri Abul
Qosim Mahmud az-Zamaxshariydir. Uning to‘liq ismi Abul Qosim Mahmud ibn Umar
ibn Muhammad (ba’zi manbalarda Ahmad) bo‘lib, u hijriy 467-sana rajab oyining
yigirma yettinchisida- chorshanba kuni (milodiy hisobda 1075-yilning 19-martida)
Xorazmning katta qishloqlaridan biri Zamaxsharda tavallud topgan. Shu boisdan ham
az-Zamaxshariy taxallusini olgan. U Makkada yashagan paytda iskandariyalik bir
shogirdi, “Al-Aqd as-samiyn fi ta’rix al-balad al-amiyn” nomli tarixiy asarning
muallifi Shahobuddin Ahmad ibn al-Husniy al-Molikiyga yo‘llagan maktubida o‘zi
haqida “Men Mahmud ibn Umar ibn Muhammad ibn Ahmad al-Xorazmiyman, keyin
az-Zamaxshariyman. Xorazmning bir qishlog‘iga (Zamaxsharga) mansubman.
Zamaxshar to‘g‘ilgan yurtimdir”, – deb yozgan.
Tarixiy manbalarda ko‘rsatilishicha, Mahmud az-Zamaxshariy avval o‘z yurti
Xorazmda, undan keyin Buxoroda tahsil ko‘rgan. Ko‘pgina xorijiy ellarga, jumladan,
103
Marv, Nishopur, Damashq, Bog‘dod, Makka va Hijozga safar qilgan. U tilshunoslik,
lug‘atshunoslik, adabiyot, jo‘g‘rofiya, tafsir, hadis, fiqh ilmlarida ellikdan ortiq yirik
asarlar yaratgan bo‘lib, ularning aksar qismi bizgacha yetib kelgan. Az-Zamaxshariy
1144- yilda Xorazmda vafot etgan.
Az-Zamaxshariy haqidagi ma’lumotlar asosan o‘rta asr arab manbalarida, qisman
ma’lumotlar esa olimning asarlarida keltirilgan. Uning hayoti, faoliyatini yoritishda ibn
Xollikon (“Vafoyot al-A’yon”), Ibn al-Anbariy (“Nuzhat al-alibbo fi taboqot il-
udabo”), Yoqut al-Hamaviy(“Mu’jam ul-udabo”), Al-Yofi’iy (“Mir’ot al-Jinon”), Ibn
al-Javziy(“Al-Muntazam”), Jaloliddin as-Suyutiy(“ Bug‘yot al-vuot”), Ibn al-Qiftiy(“
Inbah ar-ruvot”) va boshqa arab mualliflarning asarlari asosiy manbalar jumlasidandir.
Shu mualliflar keltirgan daliliy ma’lumotlarni umumlashtirgan holda az-
Zamaxshariyning oilasi, uning yoshlik yillari haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lish
mumkin.
Zamaxshariyning otasi unchalik badavlat bo’lmasa-da, o’z davrining savodli,
ziyoli, taqvosi kuchli, diyonatli kishi bo’lgan. Uning onasi ham taqvodor va dindor
ayollardan bo’lgan.
15
Buyuk mutafakkir az-Zamaxshariy biz avlodlarga boy va ulkan meros qoldirgan.
U tilshunoslik, lug‘atshunoslik , adabiyot, aruz, jo‘g‘rofiya, tafsir, fiqh va ilm-al
qiroatga oid oltmishga yaqin asar yaratgan bo‘lib, baxtimizga ularning aksariyati
bizgacha yetib kelgan.
16
Tarixdan ma’lumki, Mahmud Zamaxshariyning ikki oyog’idan biri kaltaroq
bo’lgan. U yog’ochoyoqda yurardi. Oyog’ining bunday bo’lishini sababi turlicha
keltirilgan. Bir qavlda keltirilishicha, uning oyog’i chipqon kasalligiga uchragan.
Natijada oyog’i kesilishiga olib kelgan. Boshqa qavlda kelishicha Zamaxshariy
Xorazmdan otlanib safarga chiqqanida yo’lda qattiq qorli sovuqqa duch keladi. Uning
oyog’i muzga botib qolib oyog’i kesilishi bilan yakun topadi. Yana bir rivoyatga ko’ra,
15
Ubaydulla Uvatov. Mahmud Zamaxshariy. “O’zbekiston” 2011
16
Mirziyatov Shuhrat. Muqaddimatu-l-adab asarida tilshunoslik, lug’atshunoslik an’analari va arabiy-turkiy so’zlikning
leksik-semantik talqini. Toshkent - 2017
104
Zamaxshariy yoshligida bir chumchuqni tutib ilib, oyog’ini bog’lab qo’yadi. Nogohon
chumchuq Zamaxshariyning qo’lidan chiqib ketadi. Zamaxshariy chumchuqni bir
kovakka kirib qolgan holda topadi. Chumchuqni tortib olaman deganda bog’lab
qo’ygan ipi sababli chumchuqni oyog’i uzilib ketadi. Bu holni ko’rgan
Zamaxshariyning onasi “Uni oyog’ini kesganing kabi Alloh ham seni oyog’ingni
kessin” deb duoyibad qiladi. Zamaxshariy Buxoroga ilm talabidagi safarlaridan birida
ulovdan yiqilib oyog’i sinadi. Shu tufayli jarrohlik o’tkazilib oyog’i kesiladi.
17
Darhaqiqat, o‘z bilim tafakkurining chuqurligi va noyob iste’dodining keng
qamrovligi tufayli az-Zamaxshariy o‘z davrida “ustoz ul-arab val-ajam”(“arablar va
g‘ayri arablar ustozi”), “Faxrul-Xvarazm”(“Xorazm faxri”), Makkada uzoq vaqt
yashaganligi uchun Jorulloh (“Allohning qo‘shnisi”) kabi sharafli nomlarga sazovor
bo‘lgan edi. Hind Xusayn Toho ta’kidlaganidek, u o‘z yurti Xorazmda bo‘lsa ham yoki
o‘zi ziyorat qilgan Sharqning ko‘plab shaharlarida ham doimo mashhur olimlar shoir
va adiblar davrasida bular, ular bilan qizg‘in ilmiy bahslar, munozaralarda ishtirok
qilardi-yu ilm ahllari uning fikriga quloq solar edilar. Manashu ulkan obro‘-e’tibor va
buyuk daho, ehtimol, unga o‘z asarlaridan birida:“Va inniy fi Xorazm kaabat ul-adab”
(“Rostdan ham men Xorazmda adiblar uchun (bir) Ka’baman”), deb yozishga asos
bo‘lgan bo‘lsa kerak. Tarixiy asarlarda aytilishicha, az-Zamaxshariy ilmiy asarlar
yaratish va yetuk shogirdlar yetishtirishni hamma narsadan, hatto farzand ko‘rishdan
ham yuqori qo‘ygan. Ilm-fan yo‘lida o‘zini fido qilishlikni az-Zamaxshariy har qanday
hirsiyatdan yuqori qo‘yadi. Shu boisdan ham u “Navobug‘ ul-kalim” (“Nozik
iboralar”) nomli boshqa bir asarida “Kotib xati bilan qog‘ozni qoralash ya’ni yozish
sohibjamolni yanog‘ini (bo‘sa bilan qizartirishdan ko‘ra ham yoqimli), deb ilm-fanga
bo‘lgan o‘z munosabatini alohida ta’kidlaydi.
17
Mahmud Zamaxshariy. Al-mufassal fiy ulumu-l-arabiyya. Bayrut 1999.
105
Mahmud Zamaxshariy balog’atda, maoniy va bayon ilmida peshqadam
bo’lgan.
18
Zamaxshariy barcha ilmlarda yetuk bo’lgan, xususan diniy va tilshunoslik
ilmida.
19
Az-Zamaxshariyning o‘z davridan hozirgi kungacha ham qadr-qimmatini, ilmiy
ahamiyatini yo’qotmagan “Rabiy’ ul-abror va nusus ul-axbor (Ezguliklar bahori va
xabarlar izhori (bayoni”) asari muhim ahamiyatga egadir. Quyida ushbu asardan
qilingan tarjimani e’tiboringizga havola qilamiz.
Mahmud az-Zamaxshariyning ilmiy-ma’naviy merosida uning “Rabiy ul-abror
va nusus ul-axbor” (“Ezguliklar bahori va xabarlar izhori (bayoni)”) eng muhim
asarlaridan biri hisoblanadi. Hajm jihatidan juda katta bo‘lgan bu asarda ilm-fanning
turli masalalari bilan bir qatorda odob-axloq va tarbiyaviy xarakterga ega bo‘lgan
qimmatli ma’lumotlar o‘rin olgan.
Maxmud Zamaxshariy o’z asarlaridagi tasavvufiy g’oyalarda barkamol inson,
uning komillikka yetishishiga alohida e’tibor beradi. U inson kamolotidagi eng asosiy
poydevor ilm deb hisoblaydi. Ilm insonlarga hayotda o’z o’rinlarini topishiga yordam
beradi, noxush holatlardan asraydi, deb uqtiradi. Jumladan, «ilmli bo’l yoki ilmga
tayanib ish tutadigan bo’l, loaqal ilmni tinglab eshitadigan bo’l, biroq to’rtinchisi
bo’lma, chunki kasodga uchrab halok bo’lasan», deb yozadi Zamaxshariy. U ilmga ega
bo’lib, lekin unga amal qilmaydiganlar albatta zavol topishini ta’kidlamoqda. Chunki
inson doimo ilm, aql u idrok bilan ish tutishi lozim. Zamaxshariy ilmli kishilar, olimlar
jamiyatning peshqadam vakillari bo’lib, ular xayrli ishlarga bosh bo’ladilar, deb
uqtiradi: «Yer u zaminning ko’rkamligi olimlar bilan bo’lsa, osmon u falakning ziynati
esa yulduzlar bilandir»;
«Lovullab yonayotgan olovni suv uchirgani kabi nodon odamlardan chiqayotgan
alangani hakimu oqil odamlar so’ndirarlar», deb yozadi olim. Zamaxshariy insonlarni
o’zlari qatori insonlarga nisbatan doimo shafqatli bo’lishga chaqiradi, ularning
boshlariga biror-bir musibatli ish tushganda darxol yordam qo’lini cho’zishga undaydi
18
Imom Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Zahabiy. Siyaru a’lamu nubalo. 10-juz. Bayrut 1985.
19
Mahmud Zamaxshariy. Al-mufassal fiy ulumul-arabiyya.Birinchi nashr.Bayrut 1999.
106
va «Agar biror qayg’u alam yuz bergani yoki ta’ziyali joyni eshitsang darxol u yerga
bor», «Odamlarning xotiri kuchlisi ularning ichidagi eng unutuvchisidir, kungillarning
eng yumshog’i salobatligiyu shafqatlisidir» deydi. Maxmud Zamaxshariyning
tasavvufiy qarashlari aks etgan asarlaridan biri uning «Maqomat» asari hisoblanadi.
«Maqomoti Zamaxshariy» shu vaqtga qadar maxsus tadqiqot etilgan emas. Maxmud
Zamaxshariy o’zining «Maqomat az-Zamaxshariy» asarini xijriy 512 yil rajab oyining
boshida yozib tugatgan. Asarning yozilish sabablarini olim asar mukaddimasida bayon
qilgan. Ma’lumki, Maxmud Zamaxshariy 512 yil arafasida juda og’ir dardga chalinadi.
Kunlardan bir kun u tush ko’radi va tushida: «Ey Abul Qosim! Ajal - haqiqatdir va
orzu-umidlar esa aldamchidir!» degan ovozni eshitadi. Kasallikdan tuzalgandan so’ng
o’zining «Maqomat» asarini yaratgan. Zamaxshariy aksariyat asarlarini hukmdorlarga
atab yozgan, jumladan, Muqaddamat ul-adab»ni Xorazmshox Alouddavla Otsizga,
«Maqomat»ni esa Makka amiri Ibn Vaxxosga bag’ishlagan. lekin manbalarda
ko’rsatilishicha, hukmdorlardan uning ko’ngli to’lmagan va keyinchalik umuman
ularning saroyiga bormaslikka, ularga atab she’r va qasidalar bitmaslikka, mol-dunyo
tamasidan voz kechib, butun umrini ilm- fanga bag’ishlashga qaror qiladi. Maxmud
Zamaxshariyning «Maqomat az- Zamaxshariy» asari Makka amiri Abul-Xasan Ali ibn
Hamza ibn Vaxxosga tuhfa qilingan. Olimning maqoma janrida qalam tebratishiga
uning zamondoshi Haririy tomonidan yaratilgan maqomalar sabab bo’lgan edi.
Zamaxshariy Haririy maqomalaridan ilhomlangan bo’lsa ham, lekin ularga ko’r-
ko’rona ergashib taqlid qilmadi, balki maqomalarga yangi yo’nalish berib,
maqomalarining ilmiy ahamiyatini ko’tardi. Haririy maqomalarining qahramonlari
Xoris ibn Hammom va Abu Zayd as- Sarujiydir. Haririy maqomalarida maqomalar
syujeti mana shu qahramonlarga
bog’liq. Ammo Zamaxshariy maqomalarining qaxramoni muallifning o’zidir. Tarkibiy
tuzilishi jihatidan Hamadoniy va Haririy maqomalari bir xil, ya’ni Roviy tomonidan
rivoyat qilinadi. Hamadoniy maqomalarida «haddasana Isa ibn Xishom kola» deb
boshlansa, Haririyda Roviy Xoris ibn Hammomdir. Zamaxshariy maqomalarida «Ey
Abul Qosim» deb, o’z-o’ziga xitob qilish bilan boshlanadi. Yuqoridagi asarlarning
barchasi ellik maqomadan iborat. «Maqomot az- Zamaxshariy» asari ham 50 ta
107
maqomadan tashkil topgan. Bu ellikta maqoma turli mavzularni o’z ichiga qamrab
olgan bo’lib, turli majlislarda, o’tirishlarda pand- nasixat, o’git tariqasida so’zlash
uchun kerak bo’ladigan hikmatli so’zlar, badiiy san’atlar, she’riy parchalar, masallar,
hikoyatlardan iborat. Maqomalar mazmunlariga ko’ra quyidagicha nomlangan:
Maqomat al-maroshid, maqomat at-taqvo, maqomat ar-rizvon, maqomat al-ir’ivo,
maqomat az-zod,maqomat az-zuhd, maqomat al-inoba, maqomat al-hazar, maqomat
al-e’tibor, maqomat at-taslim, maqomat as-samt, maqomat at-toat, maqomat al-
munzira, maqomat al-istiqoma, maqomat at-tayyib, maqomat al-qanoat, maqomat at-
tavakki, maqomat az-zulf, maqomat al-uzlat, maqomat al-iffat, maqomat an-nadam,
maqomat al-viloya, maqomat as-siloh, maqomat al-ixlos, maqomat al-amal, maqomat
at-tavhid, maqomatal-ibodat, maqomat at-tasabbur, maqomat al-xoshya, maqomat al-
ijtinob az-zulma, maqomat at-tahajjud, maqomat ad-duo, maqomat at-tasadduq,
maqomat ash-shukr, maqomat al-usuvva, maqomat an-nusx, maqomat al-muroqaba,
maqomat al-mavt, makomat al- furqon, maqomat an-nahy ‘anil-havo, maqomat at-
tamassuk, maqomat ashshahamat, maqomat al-xumul, maqomat al-azm, maqomat as-
sidq, maqomat an-nahv, maqomat al-aruz, maqomat al-qavofiy, maqomat ad-divon,
maqomat ayyom al-arab. Maxmud Zamaxshariyning «Maqomat az-Zamaxshariy»
asari haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lish uchun uning tarkibiy tahliliga nazar
solsak. Birinchi maqoma «Maqomat al- maroshid» deb nomlangan. Bu maqomada az-
Zamaxshariy yaxshilik va yomonlikni bir-biriga taqqoslaydi. Uning fikricha, yaxshilik
qancha bo’lsa ham oz. Yaxshilik insonni doimo o’ziga jalb qilaveradi. «yomonlik
ozgina bo’lsa ham, uning zarari katta, u xalokatga boshlaydi. Agar inson izzat-ikrom,
obru-e’tiborga erishishni xoxlasa, faqat yaxshilik qilishi kerak. Inson hamisha ogoh
bo’lishi, ogoh kishigina hidoyatga erishishi mumkin. Shuningdek, inson o’z nafsini
jilovlashi kerak.
U zalolatga ketgan insonlarni xuddi zaharli ilonga o’xshatadi. Ularning zaharidan hech
narsa qutqara olmaydi. Faqat insondagi Allohga bo’lgan taqvogina, ularning zaxri
kuchini yuqotadi. Nafslariga qul bo’lgan insonlar haqida fikr yuritib, shunday deydi:
ular nafslari deb zalolatga ketadilar. Alloh har bir insonning nolasini eshitadi va ularga
najot topish uchun imkoniyat beradi. «lekin ular o’z nafslariga ergashgan holda to’g’ri
108
yo’ldan adashadilar. Maqoma so’ngida u o’ziga o’zi shunday deydi: «Sen o’zingni
ularning ichiga urmagin. Agar sen ularga aralashsang, holingga voy. Sen ulardan
yiroqlashsang, Allohning fazli bilan najot topib, o’z niyatingga erishasan». Taqvo
maqomasi esa umrning qisqaligi, u bizning qo’limizda emasligi, dunyoning zebu
ziynatlariga berilib, uni yanada qisqartirmaslikka chaqiradi. Bu dunyoning ziynatlari
insonni yo’ldan adashtirishini aytib, o’ziga o’zi, agar sen fozil inson bo’lsang, to’g’ri
yo’lni tanlab olgin va shu yo’l seni hidoyatga olib borsin, deydi. Uning fikricha, dunyo
zebu ziynatlaridan saqlaydigan ustun - bu taqvo ustunidir. Rizvon maqomasida, ajal -
haqiqat, orzu havaslar o’tkinchi narsalardir, deydi olim. Uning fikricha, insonning
xayrli ishlari qoladi, yomon ishlar esa o’tib ketadi shuning uchun inson savobi kam,
gunoxi ko’p ishlarni qilishdan o’zini tiyishi kerak. Sen ikki ish o’rtasida turibsan,
birinchisi bir soatlik lazzat, lekin undan keyin afsus nadomat va baxtsizlik bo’ladi.
Ikkinchisi esa bir soatlik mashaqqat va lekin undan keyin abadiy baxt-saodat,
farovonlik bo’ladi. Jannatdan, Allohning roziligidan qochib, baxtsizlik sari shoshilib,
Allohning g’azabini keltirib, do’zaxga chopib ketishga hech qanday bahona, sabab
bo’lishi mumkin emas. Nafsu havo, obru- e’tiborga bo’lgan muxabbat seni shaxvatning
asi-riga aylantirib qo’yadi va senga dunyoni bir tip-tiniq suvdek ko’rsatadi. «Lekin
mana shu tiniq suv ostida balchiq, loyqa bor. Sen ko’rgan go’zallik, jim - jimadorlik
ortida, albatta, balo bo’ladi. Faqat inson aql-idrokigina uni shu balo-lardan saqlab
qolishi, bunday ishlardan qaytarishi mumkin.
20
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak alloma Zamaxshariy o’z zamonasining tengi
yo’q olimi. Olim o’zining asarlarida ilm olishga, olgan ilmiga amal qilishga, nafsni
tarbiylashga, rost gapirishga, taqvo qilishga, mehnatsevarlikka, odamgarchilikka
targ’ib qilib, riyokorlik, poraxo’rlik, isrogarchilik, fisqu-fasod, fitna, baxillik va
hokazolar yomon illatlardan ekanligini aytadilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.
Z. Islomov. Mustaqillikda ko’z ochgan meros. Tiu.uz. 2017.
2.
Mahmud Zamaxshariy .Tafsir al-Kashshof. 1-jild Jomi al- Qohira. 2007.
20
Abbaz Turdibayev.Buyuk allomamiz Mahmud az-Zamashariyning asarlarida yaxshilik, do’stlik, oila tarbiyasi va
diniy fikrlari haqida. “Science and education” scientific journal. 2020
109
3.
U. Uvatov. Mahmud Zamaxshariy. “O’zbekiston” 2011.
4.
Sh.Mirziyatov. “Muqaddimatu-l-adab” asarida tilshunoslik, lug’atshunoslik
an’analari va arabiy-turkiy so’zlikning leksik-semantik talqini. Toshkent –
2017.
5.
Mahmud Zamaxshariy. Al-mufassal fiy ulumul-arabiyya. Birinchi
nashr.Bayrut 1999.
INTERNET MANBALAR
1.
https://arboblar.uz
2.
http://xorazmiy.uz
3.
http://www.alberuniy.uz
4.
https://www.openscience.uz
110
Do'stlaringiz bilan baham: |