Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar


O‘zbekiston Respublikasi manfaatlari



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

O‘zbekiston Respublikasi manfaatlari 
deganda, samarali bozor 
96 


iqtisodiyotini yaratish, mulkiy va ashyoviy munosabatlarni, umummilliy 
qadriyatlarni himoya qilish, tovar mustaqilligiga erishish va shu kabilar 
tushuniladi. Ko‘rsatib o‘tilgan manfaatlar bitimlarni tuzishga alohida 
talablar belgilangan qonunchilikda aks ettirilgan va mustahkamlangan, shu 
jumladan bu savdo operatsiyalarini o‘tkazish va tuziladigan tashqi 
iqtisodiy bitimlarga ham taalluqli. 
Jinoyat obyektiv tomonining zaruriy belgisi 
O‘zbekiston Respublikasi 
manfaatlariga xilof ravishda bitim tuzilishi natijasida ko‘p miqdorda zarar 
yetkazilishi hisoblanadi. 
Ko‘p miqdordagi 
zararni aniqlashda «zarar» tushunchasi jinoiy 
qilmishdan ko‘rilgan zararnigina o‘z ichiga olishini nazarda tutish lozim. 
Zarar miqdorini aniqlashda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga 
xilof ravishda bitim tuzish sababli boy berilgan naf e’tiborga olinmaydi. 
Agar bitim tuzilishi natijasida respublika manfaatlariga ko‘p miqdorda 
zarar yetkazilgan bo‘lsa, jinoyat 
tugallangan 
deb hisoblanadi. 
Subyektiv tomondan 
jinoyat faqat 
to‘g‘ri qasd 
bilan sodir etiladi. 
Mansabdor shaxs bitim tuzilgunga qadar uning Respublika manfaatlari 
uchun naf keltirmasligini bilishi kerak. 
Bitimning O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zid tuzilganligi ishga 
tegishli mutaxassislar jalb qilinib aniqlanishi lozim
1

Agar mansabdor shaxs o‘zining xizmat vazifasiga sovuqqonligi 
natijasida shunday bitim tuzsa, uning xatti-harakati JK 207-moddasiga 
binoan (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) kvalifikatsiya qilinadi. 
Jinoyatning 
motiv 
va 
maqsadi 
har xil bo‘lishi mumkin, ammo u 
kvalifikatsiyaga ta’sir qilmaydi. Agar jinoyat sodir etilishiga aybdorda 
g‘araz yoki boshqa past niyatlar bo‘lganligi aniqlansa, bunday jinoyatni 
kvalifikatsiya qilishda Jinoyat kodeksining hokimiyat va mansab 
mavqeidan foydalanib sodir etiladigan tegishli jinoyatlar uchun 
javobgarlikni belgilovchi moddalari bilan kvalifikatsiya qilinadi. Masalan, 
agar sharhlanayotgan jinoyat pora olish evaziga sodir etilgan bo‘lsa, 
1
Қаранг
:
Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1998 йил 17 апрелдаги «Иқтисодиёт соҳасидаги 
жиноий ишлар бўйича суд амалиётида юзага келган айрим масалалар тўғрисида»ги 11-сонли қарори 
(Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2002 йил 14 июндаги 10-сонли, 2002 йил 25 октябрдаги 28- 
сонли ва 2006 йил 3 февралдаги 5-сонли қарорларига асосан киритилган ўзгартириш ва қўшимчалар билан) // 
Тўплам, 1-жилд. — 118-б.
97 


aybdorning harakatlari jinoyatlar majmui tariqasida 
JK 175
va
210-modda (Pora olish)lari bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi kerak. 
Agar aybdor bitim tuzishi bilan O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy 
xavfsizligiga putur yetkazmoqchi ekanligi aniqlansa, uning harakatlari JK 
157-moddasi bilan davlatga xoinlik qilish sifatida qo‘shimcha 
kvalifikatsiya qilinadi. 
Sharhlanayotgan jinoyatning 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish