Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

Subyektiv tomondan 
jinoyat faqat 
to‘g‘ri qasd 
bilan va 
g‘araz 
maqsadlarda 
sodir etiladi. Ya’ni, aybdor o‘z harakatlarining 
noqonuniyligini anglaydi va ular amalga oshirilishini xohlaydi. 
Aybdorning ushbu jinoyatni sodir etishdagi g‘arazli maqsadi subyektiv 
tomonning zaruriy belgisi hisoblanadi. 
Jinoyatning 
subyekti 
16 yoshga to‘lgan, aqli raso shaxslardir. Mulk 
ishonib topshirib qo‘yilgan yoki ixtiyorida mulk turgan shaxsgina, ya’ni 
xizmat burchi, shartnoma munosabatlari yoki maxsus topshiriq munosabati 
bilan shu mulkni tasarruf etish, boshqarish, yetkazib berish, saqlash 
bo‘yicha vakolatlarini amalga oshirayotgan shaxs (masalan, omborchi, 
ekspeditor, ta’minlovchi, sotuvchi, kassir va boshqa shaxslar) o‘zlashtirish 
yoki rastrata jinoyatining subyekti bo‘lishi mumkin. 
Qoidaga ko‘ra, mulk ishonib topshirilgan yoxud ixtiyorida mulk turgan 
shaxslar moddiy javobgar shaxslar hisoblanadilar, ammo bunday 
bo‘lmasligi ham mumkin. 
Mulk har qanday shaxsga ishonib topshirilishi mumkin bo‘lib, unga turli 
bitimlar asosida (masalan, ijara, kira, saqlash, tashish shartnomalari va h.k. 
asosida) shu mulkni tasarruf etish, boshqarish, eltib qo‘yish yoki saqlash 
bo‘yicha huquqlar, vakolatlar berilishi mumkin. Shu sababli, aybdor 
54 


shaxslar o‘zlariga ishonib topshirilgan mulkni o‘zlashtirsalar yoki rastrata 
qilsalar, ularning harakatlari 
JK 167-moddasi 
bo‘yicha kvalifikatsiya 
qilinishi zarur. 
Sud-tergov amaliyotida o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj 
qilishni o‘zganing mol-mulkini o‘g‘irlashdan farqlashda muayyan 
qiyinchiliklar mavjud. Bu jinoyatlarni farqlashda jinoyat subyektining 
talon-toroj qilgan mol-mulkka nisbatan huquqiy vakolatini to‘g‘ri aniqlash 
zarur. 
Shuni nazarda tutish kerakki, o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki 
rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishda, mulk aybdorga ishonib topshirilgan 
bo‘lib, uning ixtiyorida turadi va aybdor shaxs mol-mulkni tarqatish, 
boshqarish, tashish yoki saqlash bo‘yicha huquqiy vakolatlarga ega 
bo‘ladi. 
O‘g‘rilik yo‘li bilan talon-torojni sodir etishda esa, shaxsning talon-toroj 
qilingan mol-mulkka hech qanday aloqasi bo‘lmaydi yoxud ishlab 
chiqarish zarurati, topshirilgan ish munosabati bilan undan foydalanish 
huquqiga ega bo‘ladi, xolos (masalan, bug‘doy o‘rayotgan kombaynchi, 
korxonalardagi yukchilar, haydovchilar va h.k.). 
Shunga e’tibor berish lozimki, o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki 
rastrata qilish orqali talon-toroj qilishda, mulk shaxsga qonuniy asoslarda 
ishonib topshirilgan yoki aybdor shaxsga boshqarish, yetkazib berish 
yoxud saqlash vakolatlari bilan berilgan bo‘ladi. «Yuqorida ko‘rsatilgan 
qonuniy vakolatlarga ega bo‘lmagan, ammo topshirilgan ishni yoxud 
xizmat vazifalarini bajarishi tufayli mulk saqlanadigan binoga kirish 
huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan o‘zgalar mulkining talon-toroj 
qilinishi o‘g‘rilik deb kvalifikatsiya qilinishi kerak». 
Shartnoma bo‘yicha o‘z vaqtida qaytarish sharti bilan kimdandir 
muayyan miqdorda pul summasi olgan qarzdorgina o‘zlashtirish yoki 
rastrata qilish jinoyatining subyekti bo‘lmaydi. Qarzdorda kimdandir 
qarzga olingan pullarni talon-toroj qilish va egasiga qaytarib bermaslik 
niyatining mavjud emasligi kreditor va qarzdor o‘rtasidagi fuqarolik-
huquqiy munosabatlarni keltirib chiqaradi. Bu munosabatlar kreditorlar 
tomonidan sudlarga da’vo kiritish orqali hal etiladi. Shu bilan birga, 
55 


qaysidir fuqaro pul «qarz» ola turib, uni boshidan egasiga qaytarmaslik va 
qoplamaslik niyatida o‘zining foydasiga qasddan aylantirmoqchi 
bo‘lganligi isbotlansa, uning harakatlarini firibgarlik sifatida kvalifikatsiya 
qilish lozim. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish