Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet317/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

Subyektiv tomondan 
davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish jinoyati 
aybning 
to‘g‘ri qasd 
shakli bilan sodir etiladi. Aybdor O‘zbekiston 
Respublikasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat gerbi, Davlat 
bayrog‘i yoki Davlat madhiyasi ustidan hurmatsizlik qilayotganligini 
anglaydi va buni xohlaydi. 
Motiv 
va 
maqsad 
jinoyatni kvalifikatsiya qilishga ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Jinoyat 
subyekti 
16 yoshga to‘lgan har qanday aqli raso jismoniy shaxs 
bo‘lishi mumkin. 
14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar faqatgina ko‘pchilik uchun 
xavfli usulda yoki ko‘p miqdorda zarar yetkazib, davlat ramzlariga 
hurmatsizlik qilish bilan bog‘liq harakatlari uchun JK 173-moddasi 2-
qismi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi. 
380 


12-§. Jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof 
ravishda tuzish (JK 216-moddasi) 
Jinoyatning bevosita obyekti 
jamoat birlashmalarini tuzish yoki 
faoliyat yuritishini tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. 
Jinoyatning 
fakultativ obyekti 
jamiyatning axloqiy negizlari, jamiyat 
xavfsizligi, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan himoya qilinadigan 
manfaatlari hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida: «Hamma 
uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod 
qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy 
qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi», — deyiladi. 
Konstitutsiyaning 34-moddasida: «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 
kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat 
birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga 
egadirlar. 
Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, 
shuningdek, hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi 
muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech 
kim kamsitishi mumkin emas», — deb ta’kidlanadi
1

Jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar faoliyati va ularni tashkil etish 
bilan bog‘liq munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 
1
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси: Ўн иккинчи чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий 
Кенгашининг ўн биринчи сессиясида 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган. (2002 йил 27 январда ўтказилган 
умумхалқ референдуми натижаларига кўра ҳамда унинг асосида Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 24 
апрелда қабул қилинган Қонунига мувофиқ Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси XVIII, XIX, XX, 
XXIII бобларига ўзгартиришлар ва қўшимчалар қиритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 
апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 89-моддасига, 93-
моддасининг 15-бандига, 102-моддасининг иккинчи қисмига тузатишлар киритилган. Ўзбекистон 
Республикасининг 2008 йил 25 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг 
Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 
йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг 
иккинчи қисмига тузатиш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 16 апрелда қабул қилинган 
Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва 
қўшимчалар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 апрелда қабул қилинган Қонуни билан 
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 4-бандига, 81-моддасининг еттинчи қисмига, 
83-
моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110-
моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон 
Республикасининг 2017 йил 31 майда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг 
Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109-
моддаларига ўзгартишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 августда қабул қилинган 
қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – 
Т.: “Ўзбекистон”, 2017. - 14
-
б.
381 


15 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari 
to‘g‘risida»gi, 1998 yil 1 maydagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
to‘g‘risida»gi hamda 1999 yil 14 apreldagi «Nodavlat notijorat 
tashkilotlari to‘g‘risida»gi Qonunlari bilan tartibga solinadi
1

«O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, 
xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy 
harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari 
sifatida e’tirof etiladi», — 
deyiladi 
O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 56-moddasida
2

O‘zbekiston Respublikasi «Jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi 
Qonunining 1-moddasiga muvofiq: «O‘z huquqlari, erkinliklarini hamda 
siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va 
hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga 
chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin 
bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish