Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar


tugallangan deb  hisoblanadi.  Subyektiv tomondan



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet313/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

tugallangan
deb 
hisoblanadi. 
Subyektiv tomondan
jinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Motiv va 
maqsad jinoyatni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega emas. 
Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini 
o‘zi boshqarish organi xizmatchisi jinoyatning 
subyekti
hisoblanadi. 
JK 
214-moddasining 2-qismi
da mazkur norma birinchi qismining 
dispozitsiyasida ko‘rsatilgan harakatlarni ancha miqdorda yoki tamagirlik 
yo‘li bilan sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. 
Tamagirlik
deganda xizmatchi o‘z xizmat mavqeidan foydalangan 
holda bajarishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan ishni bajarish yoki 
xizmat ko‘rsatish uchun moddiy qimmatliklar yoki mulkiy manfaat 
berishni talab qilish tushunilishi lozim. Yoki bo‘lmasa, xizmatchi bila turib 
fuqaroni shunday bir sharoitga solib qo‘yadiki, bunda u o‘z huquqlari va 
qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olish uchun moddiy qimmatliklar 
yoki mulkiy manfaat berishga majbur bo‘ladi. 
Moddiy haq (mulkiy manfaat) berishni talab qilish
xizmatchi o‘z 
xizmat vazifalari doirasiga kiradigan muayyan ishni bajarish yoki xizmat 
ko‘rsatish uchun o‘ziga moddiy qimmatlik, pul, ne’mat, mulkiy manfaat va 
hokazolarni berishni ochiqdan-ochiq bildirishida o‘z ifodasini topadi. 
Fuqaroni u haq to‘lashga majbur bo‘ladigan sharoitga solib qo‘yish 
deganda, xizmatchi o‘z xizmat vazifalarini bajarishdan asossiz ravishda 
bosh tortishi, ishni bajarish (xizmat ko‘rsatish)ni cho‘zishi, shuningdek 
xizmatchi o‘z xizmat vazifalarini bajarishi lozim va mumkin bo‘lgan bir 
vaziyatda uning ochiqdan-ochiq harakatsizligi tushunilishi lozim. 
JKning 214-moddasida nazarda tutilgan jinoyat obyektiv tomonining 
mazkur shakliga ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish belgilangan 
tartibda, belgilangan muddatlarda va lozim darajadagi sifat bilan amalga 
oshirishga to‘sqinlik qilishga qaratilgan harakatlar ham kiritilishi lozim. 
Ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish)ni asossiz ravishda rad etish, 
cho‘zish xizmatchi vaqt etishmayotganini, mehnattalablikni yoki ishni 
qo‘shimcha xarajatlarsiz bajarishning iloji yo‘qligini, ehtiyot qismlar yoki 
375 


mexanizmlar taqchilligini ro‘kach qilib ko‘rsatishida namoyon bo‘lishi 
mumkin. 
Tamagirlik yo‘li bilan sodir etilgan davlat organi, davlat ishtirokidagi 
tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining 
qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy 
manfaatdor bo‘lishini kvalifikatsiya qilishda qilmishning subyektiv 
tomonini hisobga olish va xizmatchining mazkur passiv xulq-atvori 
maqsadlariga e’tiborni qaratish zarur. Aks holda, xizmatchining biron-bir 
mulkiy manfaat ko‘rish maqsadisiz sodir etilgan ishlarni bajarish 
(xizmatlar ko‘rsatish)ni cho‘zishdan iborat xulq-atvori va boshqa 
harakatlari o‘z xizmat vazifalarini bajarishga insofsizlik bilan, 
noprofessional yondashish sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Xizmatchi o‘z xizmat vazifalari doirasiga kiruvchi muayyan ishni 
bajargani uchun fuqaro unga o‘z ixtiyoriga ko‘ra haq bergan hollarda 
mazkur haqni olgan shaxsning harakatlari jinoyat qonuniga muvofiq 
jazoga loyiq qilmish deb e’tirof etilishi mumkin emas (masalan, yaxshi 
xizmat ko‘rsatganlik uchun ofitsiantga, operatsiyani yaxshi o‘tkazganlik 
uchun shifokorga minnatdorchilik tarzida moddiy haq berish va h.k.). 
JKning 214-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni kvalifikatsiya qilish 
uchun g‘ayriqonuniy haq olish vaqti ahamiyatga ega emas, ya’ni bu 
qilmish g‘ayriqonuniy haq berishni talab qilayotgan shaxs muayyan 
harakatni bajarishidan oldin yoki u mazkur harakatni bajarganidan keyin 
ham sodir etilishi mumkin. 
Moddiy qimmatliklar yoki mulkiy manfaat berishni tamagirlik yo‘li 
bilan talab qilish aybdor tamagirlik predmetining hech bo‘lmasa bir 
qismini olgan paytdan boshlab 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish