9-§. Qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni oshkor kilish yoki
undan foydalanish (JK 191-moddasi)
Jinoyatning
bevosita obyekti
— fan-texnika, ishlab chiqarish,
iqtisodiyot, savdo va shu kabi boshqa sohalarga oid sir tutilishi lozim
bo‘lgan axborotlarning daxlsizligini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar.
Jinoyat
predmeti
sir tutiladigan fan-texnika, ishlab chiqarish,
iqtisodiyot, savdoga oid yoki boshqa shu kabi axborotdir.
NOTA BENE !
Sir tutiladigan axborot
deganda, egasining ruxsatisiz oshkor qilinishi
mumkin bo‘lmagan turli xususiyatdagi axborotlar tushuniladi.
Agar axborot uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lmaganligi sababli haqiqiy
yoki potentsial tijorat qiymatiga ega bo‘lsa, qonuniy asosda undan erkin
foydalana olish mumkin bo‘lmasa hamda axborotning egasi uning
maxfiyligini muhofaza qilish choralarini ko‘rgan bo‘lsa, uning ko‘rinishi,
shaklidan qat’i nazar, sir tutiladigan axborot deb tan olinishi lozim. Bunda
axborot, agar u ijtimoiy rivojlanishning mavjud bosqichida daromad olish
uchun ishlatilsa yoki ishlatilishi mumkin bo‘lsa (potentsial qadr), haqiqiy
230
yoki potentsial tijorat qiymatiga ega deb tan olinadi. Ochiq olish mumkin
bo‘lgan axborot, ya’ni qonunda o‘rnatilgan har qanday shaxs olishi
mumkin bo‘lgan axborot sir tutiladigan axborot bo‘lmaydi, masalan,
tarixiy manba mazmuni haqidagi axborot arxivga murojaat qilinganda
olinadi va hokazo.
Hammaga ma’lum bo‘lgan axborot ham ‘sir tutilayotgan axborot
hisoblanmaydi, ya’ni bunday axborotni olish qandaydir shartlarni bajarish
bilan bog‘liq emas, masalan, ommaviy axborot vositalaridan, qonun
hujjatlaridan (maxfiylaridan tashqari) olinadigan ma’lumotlar.
Bayon etilganlardan tashqari, qonunga muvofiq, xizmat yoki tijorat siri
bo‘la olmaydigan ma’lumotlar jumlasiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi
kerak bo‘lgan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi, mol-mulkka bo‘lgan huquqlar
hamda mol-mulk xususida tuzilgan bitimlar haqidagi ma’lumotlar, davlat
statistika hisoboti tariqasida taqdim etilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar va
boshqa ma’lumotlar kiradi
1
. Davlat siriga tegishli axborotlar ham sir
tutiladigan hisoblanmaydi — ularga nisbatan maxsus huquqiy tartib
belgilangan, ularning buzilishi, ishning muayyan holatlaridan kelib chiqib,
JK 160-, 162-, 163-moddalari bo‘yicha jinoiy javobgarlikni keltirib
chiqaradi.
Axborotni sir tutiladigan deb tan olish uchun uning egasi muhofaza
qilish choralarini ko‘rayotganligini aniqlash lozim, aks holda mazkur
axborotlarni sir tutiladigan deb tan olish mumkin emas. Ma’lumotlarni
muhofaza qilish turli choralar bilan amalga oshiriladi: undan faqat ma’lum
shaxslar foydalanadi, uni ma’lum hududdan olib chiqish mumkin emas,
bunday axborotdan foydalanadigan shaxslarning uni tarqatish huquqi
chegaralanadi va hokazo. Odatda, axborotni muhofaza qilish uchun
axborotni himoyalashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar majmui amalga
oshiriladi.
Sir tutiladigan axborot turli xususiyatlarga ega:
1
Қаранг:
Ўзбекиетон Реепубликасининг 2000 й. 25 майдаги «Тадбиркорлик фао- лияти эркинлигининг
кафолатлари тўғрисида»ги 69-161-сон Қонуни, 37-модданинг 3-қисми // Ўзбекистон Республикаси Олий
Мажлисининг Ахборот- номаси, 2000 й., 5-6-сон, 140-модда; 2001 й., 5-сон, 89-модда; 2003 й., 5-сон, 67-модда;
2004 й., 1-2-сон, 18-модда; Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2004 й., 25-сон, 287-модда;
51-
сон, 514-модда; 2006 й., 12-13-сон, 100-модда; 37-38-сон, 371-модда; 41-сон, 405-модда; 2007 й., 52-сон, 533-
модда; 2008 й., 52-сон, 513-модда.
231
Do'stlaringiz bilan baham: |