Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

JK 186
2
-moddasida 
nazarda tutilgan jinoyatning 
obyektiv tomoni 
chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish 
yoki muomalaga kiritilishida namoyon bo‘ladi. 
Tahlil qilinayotgan modda blanket xarakteriga ega bo‘lib, chigitdan 
olinadigan mahsulotni ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritilishi qonunga 
xilofligini aniqlashda har bir holatlarda tegishli normativ-huquqiy 
hujjatlarga murojaat qilish lozim. 
Yuqoridagilar asosida chigitdan olinadigan mahsulotlarni 
qonunga xilof 
ravishda ishlab chiqarish 
deganda, bunday mahsulotlarni o‘tkazish yoki 
muomalaga kiritish maqsadida qonunda belgilangan tartibda ruxsatnoma 
olmasdan ishlab chiqarish tushuniladi; chigitdan olinadigan mahsulotlarni 
qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish deganda esa, chigitdan 
olinadigan mahsulotlarni sotish, ayirboshlash, qarz uchun to‘lash, garovga 
berish va h.k. shakllarda fuqarolik muomalaga kiritish tushuniladi. 
Chigitdan olinadigan mahsulotlarni qonunga xilof ravishda 
o‘tkazish 
deganda, ularni har xil usulda tarqatish (o‘zgaga berish, hadya 
etish va h.k.lar)ni tushunish lozim. 
Bunda ushbu jinoyat obyektiv tomonining sodir etilish usullaridan biri 
— chigitdan olinadigan mahsulotlarni qonunga xilof ravishda muomalaga 
kiritishning tarkibiga to‘xtalib o‘tsak. Xususan, bunda 
qonunga xilof 
ravishda olingan chigit mahsulotlarini sotish 
deganda, ushbu 
206 


mahsulotlarni muayyan haq evaziga boshqa shaxsga o‘tkazish tushuniladi; 
ayirboshlash deganda esa, chigitdan noqonuniy olinadigan mahsulotlarni 
naqd pul vositasisiz boshqa moddiy qimmatlikka ega bo‘lgan tovar bilan 
almashtirish tushuniladi. Bunda naqd pul vositasi deyarli ishlatilmaydi, 
basharti ishlatilgan taqdirda ham yordamchi fakultativ ahamiyat kasb 
etadi, ya’ni almashtirilayotgan mahsulotlarning qiymatidagi farqlarni 
qoplash uchun xizmat qiladi. 
Tahlil qilinayotgan moddada chigitdan olinadigan mahsulotlarni 
qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish deganda, paxta chigitini texnik 
qayta ishlash va yog‘ mahsulotlarini qonunda belgilangan tartiblarini 
buzgan holda ishlab chiqarish nazarda tutiladi. 
Xususan

— paxta yog‘ini maishiy sharoitlarda va belgilangan talablarga mos 
sharoitlarga ega bo‘lmagan kichik tsexlarda ishlab chiqarish. «Texnik 
chigit O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan har yili 
tasdiqlanadigan yog‘-moy zavodlari va paxta tozalash zavodlarining 
joylashishi asosida, faqat yog‘ning normativga muvofiq chiqishini 
ta’minlayotgan yog‘-ekstraksiya korxonalariga ajratiladi»
1

— paxta yog‘ini sertifikatlanmagan chigit mahsulotlaridan ishlab 
chiqarish. Paxta tozalash korxonasida paxta chigiti turkumidan namuna 
olish yog‘-moy korxonalari tomonidan, mahsulot qabul qilib olingan 
kunda, ishonchnoma asosida birkitilgan paxta tozalash va yog‘-moy 
korxonalari vakillari ishtirokida amalga oshiriladi. 
Sinash uchun olingan texnik chigitni «Sifat» markazi vakili qopqog‘i 
zich yopilgan bankaga yoxud qalin polietilen paketga joylaydi va unga 
namunani identifikatsiya qiluvchi maxsus etiketka qo‘yadi. Namuna 
oluvchi imzolagan etiketkada paxta zavodining, paxta chigiti turkumining 
tartib raqami, namuna olingan sana, namuna oluvchining familiyasi, ismi 
va otasining ismi ko‘rsatiladi. 
Namuna «Sifat» markazining urug‘lik laboratoriyasiga beriladi, bu yerda 
undan 2 kg miqdorida o‘rtacha namuna ajratiladi. O‘rtacha namuna 
1
Қ
аранг:
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2006 й. 18 сентябрдаги «Пахта чигитини 
етказиб бериш ва ундан фойдаланиш механизмини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар 
тўғрисида»ги 199-сонли қарори, 2-банд // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2006 й., 37-38-
сон, 381-модда.
207 


taxminan teng bo‘lgan ikki qismga — sinash uchun va nazorat namunasiga 
ajratiladi. Olingan namuna sinovdan o‘tkaziladi. 
Namunaning nazorat qismi idishga joylanadi, unga barcha namuna 
oluvchilar vakillarining familiyalari va imzolari bilan yozilgan yorliqcha 
joylanadi, so‘ngra u idishning ochilgani bilinmaydigan rasmiy tartib 
raqamli plomba yoki yorliq bilan bekitiladi. 
Namunaning nazorat qismi «Sifat» markazining urug‘lik 
laboratoriyasida 15 kun mobaynida saqlanadi. 
Texnik chigitning har qaysi turkumini sinash «Sifat» markazi 
mutaxassislari tomonidan, paxta tozalash korxonalari hududlarida 
joylashgan va «Sifat» markazining akkreditatsiya qilingan mintaqaviy 
laboratoriyalari filiallari hisoblanadigan urug‘lik laboratoriyalarida O‘z 
DSt 596 «Texnik paxta chigiti. Texnik shartlar» talablariga muvofiq 
o‘tkaziladi. 
«Sifat» markazining urug‘lik laboratoriyalarida paxtaning texnik chigiti 
sinovlarini o‘tkazishda paxta tozalash va yog‘-moy korxonalari vakillari 
ishtirok etadilar
1

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, paxta yog‘i yoki kunjara ishlab 
chiqarish Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat 
turlarining ro‘yxatiga kirmaydi
2


paxta yog‘i, kunjara va sheluxani hisobga olinmagan chigitdan ishlab 
chiqarish; 

chigitdan olinadigan mahsulotlarning amaldagi qonun hujjatlarini 
buzgan holda ishlab chiqarish. 
Agar chigit mahsulotlarini qayta ishlash yog‘ ishlab chiqaruvchi 
korxonalar uchun o‘rnatilgan texnik va sanitar normalarni buzgan holda 
amalga oshirilishi natijasida iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i 
talablariga javob bermaydigan mahsulotlar ishlab chiqarilsa, qilmishni JK 
1
Қаранг

Пахта тозалаш ва ёғ-мой корхоналарида пахта чигитини ишлаб чиқариш, ҳаракати, сақлаш ҳамда 
қайта ишлашда дастлабки ҳисобга олишни ташкил этиш тартиби тўғрисидаги Низом (Ўзбекистон Республикаси 
Вазирлар Маҳкамасининг 2006 йил 18 сентябрдаги 199-сон қарорига илова), II бўлим.
2
Қаранг
:
Амалга оширилиши учун лицензиялар талаб қилинадиган фаолият турларининг рўйхати 
(Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 2001 йил 12 майдаги 222-11-сон қарорига 1 илова) // 
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжат- лари тўплами, 2002 й., 2-сон, 14-модда; Ўзбекистон Республикаси 
Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2003 й., 1-сон, 8-модда; Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари 
тўплами, 2006 й., 14-сон, 110-модда; 2007 й., 29-30-сон, 295-модда, 37-38-сон, 377-модда; 2009 й., 37-сон, 403-
модда.
208 


186-moddasining tegishli qismlari bilan kvalifikatsiya qilish lozim. 
Tahlil qilinayotgan modda mazmunida keltirilgan 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish