3
Smeta normalarining asosiy funksiyasi – narx ko‘rsatkichlarga o‘tish
uchun asos sifatida muvofiq
turdagi ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslarning normativ miqdorini aniqlashdir.
Resursli smeta normativlarni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va kuchga kiritish «Qurilishda
normativ hujjatlar tizimi. Normativ hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi»da keltirilgan
tartibga muvofiq ravishda amalga oshiriladi va mavjud qoidalarni hisobga olgan holda amalga
oshiriladi.
Yangi resursli smeta normativlarni ishlab chiqish va ilgari amalda bo‘lganlarini qayta ishlash
O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilishi tomonidan tasdiqlanadigan metodik hujjatlar asosida
Davarxitektqurilishning va alohida investorlarning topshirig‘i bilan muvofiq
normativ ishlar rejasi
bo‘yicha amalga oshiriladi.
Loyihada (ishchi hujjatlarda) ko‘zda tutilgan konstruksiyalar va ishlar uchun amaldagi resursli
elementli smeta normativlar to‘plamlarida normativlar mavjud bo‘lmagan hollarda, qurilish uchun
resursli smeta hujjatlarini tuzuvchi loyihachi tashkilot loyiha (ishchi hujjatlar) tarkibida
tasdiqlanadigan muvofiq resursli smeta normalarni ishlab chiqishi lozim.
Amalga kiritilishi zarur bo‘lgan resursli
smeta normativlar loyihalari, ilmiy-tadqiqot va loyihachi
tashkilotlarni jalb qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilishining kapital
qurilishda iqtisodiy islohotlar boshqarmasi tomonidan tayyorlanadi.
Resursli smeta normativlarni nashr qilish va qayta nashr qilish xuquqi,
normativni tasdiqlovchi
idoraga tegishlidir.
Tasdiqlangan resursli smeta normativlarni to‘plam ko‘rinishida nashr qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Bunda:
-to‘plam muqovali qilinishi, alohida hujjatlarni esa to‘plamga muqovasiz, ya’ni faqat titul varag‘ini
qo‘yish bilan nashr etish kerak;
-to‘plamning muqovasiga unga kirgan barcha alohida hujjatlarning belgilarini kiritish lozim;
-to‘plamning pastki qismida betlarning raqamlari qo‘yib borilishi lozim.
Smeta normativlarini tasdiqlagan va kuchga kiritgan resursli smeta normativlarni ishlab chiquvchi
tashkilotlar (bir nechta amalga oshiruvchilar mavjud bo‘lgan xolda – ishlab chiquvchi tashkilotlar)
va idoralar amaldagi normativlarni ilmiy-texnik darajasini aniqlash uchun ularni davriy ravishda
tekshirib turishlari va ularni yangilash bo‘yicha takliflar tayyorlashlari zarur.
Amaldagi resursli smeta normativlarni yangilash qayta ko‘rib chiqish rejalariga muvofiq holda
butunlay qayta ko‘rib chiqish yoki alohida o‘zgartirishlar kiritish (masalan: ularga nisbatan
koeffitsientlar keltirish) yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Odatda bu, resursli smeta normativlarga
o‘zgartirishlar yoki resursli smeta normativlar to‘plamlariga qo‘shimchalar ishlab chiqish yo‘li bilan
amalga oshiriladi va ularni kuchga kiritish yangi normativlarni kuchga kiritish uchun belgilangan
tartibda amalga oshiriladi.
4
Resursli smeta normativlar to‘plamlariga qo‘shimchalar, to‘plamlar rasmiylashtirilgani kabi
rasmiylashtiriladi.
Resursli smeta normativlarni qayta ko‘rib chiqish, ularga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish
uchun
asos sifatida, tugallangan ilmiy-texnik yoki tajriba ishlarining natijalari, resursli smeta
normativlar tuzish va qo‘llashning, smeta normativlar talablariga rioya qilish va ularni
qo‘llanilishini nazorat qilishning milliy va xorij tajribasini o‘rganish, umumlashtirish xizmat qilishi
mumkin.
Muvofiq resursli smeta normativlar to‘plamiga kiritiladigan har bir o‘zgarishga ro‘yxatdan utish
tartib raqami beriladi. Smeta normativlari to‘plamiga qilingan har bir qo‘shimchaga quidagicha titul
belgisi beriladi: «Soni (so‘ng tartib raqami keltiriladi)».
O‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish
va raqamlash, resursli smeta normativlar
to‘plamlarini birinchi bor kuchga kiritishdagi kabi tartibda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: