1 A. X. O‘roqov


 Avtomobil yo‘llarini texnik pasportlashtirishning avtomatlashgan



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/102
Sana21.05.2022
Hajmi10,95 Mb.
#605762
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   102
Bog'liq
AVTOMOBIL YO‘LLARINI SAQLASH VA TAMIRLASH

8.3. Avtomobil yo‘llarini texnik pasportlashtirishning avtomatlashgan
tizimi va yo‘l ma’lumotlari bazasini tashkil etish 
Yo‘l harakati, inshootlar, yo‘llarning amaldagi sifat darajasini belgilashga 
qaratilgan parametrlari va holati haqidagi ma’lumotlarni to‘plash va qayta 
ishlashning avtomatlashtirilgan tizimiga ega. 
Tizim yo‘l va inshootlarning texnik holati to‘g’risidagi ma’lumotlarni tez va 
har tomonlama to‘plashni ta’minlashi lozim. Buning uchun o‘lchash ishlari 
yo‘lning geometrik xususiyatlari ("Trassa" turidagi, yo‘l qoplamasi mustahkamligi 
UDN, MADI, UNK, KADI, DINA), ravonligi, tishlashish sifati va qoplama g’adir-
budirligi tolchkomer va PKRS qurilmalari bilan an’anaviy, yarimavtomat va 
avtomatlashgan zamonaviy yo‘l laboratoriyalari tomonidan amalga oshiriladi. 
Tizim to‘plangan ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash, to‘plash, 
saqlash va kerakli ma’lumotlarni berish imkonini berishi kerak. Axborot 
to‘planishi natijasida turli darajadagi yo‘l xizmati har qanday yo‘l va 


368 
inshootlarning holati va ularni tez olish qobiliyati bo‘yicha ma’lumotlar bankiga 
ega bo‘lishi kerak. 
Yo‘llar holati haqida ma’lumot to‘plash va qayta ishlash uchun 
avtomatlashtirilgan 
tizimlar 
yo‘l 
xizmati 
uchun 
muhandislik-iqtisodiy 
muammolarni hal etishga imkon berishi kerak: yo‘llar va inshootlarning texnik 
holatini (darajasini) har qanday joyda va yilning har qanday davrida aniqlash, 
texnik hisobga va pasportlashtirish, ta’mirlashlararo muddatlarini aniqlash va 
bashoratlash, ta’mirlash ishlarini optimal rejalashtirish, YTH ma’lumotlari, turli 
uchastkalarni harakati xavfsizligi baholash, harakat jadalligini va yuklangan 
uchastkalarning o‘tkazish qobiliyatini baholash va hokazo. 
Bunday tizimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish muhim mablag’lar va 
malakali xodimlarni talab qiladi. "Ko‘prik", "Yo‘l", "Harakat jadalligi" kabi 
axborot olish tizimlari (AOT) yaratilgan. Yo‘llarni texnik pasportlashtirishning 
avtomatlashtirilgan tizimini (YTPAT) va avtomatlashtirilgan yo‘l ma’lumotlari 
bankini (AYMB) yaratish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. 
Umumiy olganda, texnik paspotrlashtirishn tizim sifatida ikki kichik tizimdan 
iborat: axborot-o‘lchash (AO‘) va axborot-olish (AO). Ishlab chiqilgan va qisman 
faoliyat ko‘rsatayotgan YTPAT bu masalalarni har tomonlama hal qiladi. 
YTPATning asosiy vazifalari: 

yo‘l qoplamasining 
mustahkamligi, 
qoplamaning 
g’adir-budurligi va 
sirpanuvchanligi, bo‘ylama va ko‘ndalang profillar, yo‘l rejasini o‘lchash va 
tekshirish; 

qoplamaning emirilish darajasini, yo‘l va sun’iy inshootlarning holatini, yo‘l va 
uning jihozlari solish holatini baholash; 

transport oqimi xususiyatlarini va harakat sharoitlarini o‘lchash; 

yo‘l va uning inshootlarini transport-ekspluatastion holatini baholash va 
olingan ma’lumotlarni qaytta ishlash; 

ma’lumotlarni saqlash va yangilash; 

soha avtomobil yo‘llari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar bilan ta’minlash, so‘rovlar, 
murojaatlar, statik hisobot ma’lumotlari, yo‘llarning pasportlarini tayyorlashga 


369 
xizmat qildi. 
YTPAT tarkibida ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash bo‘yicha quyi tizimlar 
mavjud: 

yo‘llarning asosiy geometrik parametrlari to‘g’risida ma’lumot (“trassa”); 

yo‘l 
yuzalarining 
mustahkamlik 
xususiyatlari 
haqida 
ma’lumotlar 
(“mustahkamlik”); 

yo‘lning ekspluatastion holati to‘g’risida ma’lumot (“Holat”); 

harakat jadalligi ma’lumotlari (“Harakat”); 

yo‘l 
poyining 
holati 
va 
texnik 
xususiyati 
haqida 
ma’lumot 
(avtomatlashtirilmagan quyi tizim); 

suvni chetlatish va qochirish inshootlari, yo‘lni jihozlanish elementlari, 
holati, shuningdek, yo‘l-transport inshootlari to‘g’risidagi ma’lumotlar 
(“Jihozlash”). 
YTPAT yo‘llarni pasportlashtirishni an’anaviy usuli kabi yo‘lning texnik va 
ekspluatastion xususiyatlarini o‘z ichiga olgan jadvallar asosiy hujjat bosma 
shakldagi texnik pasport hisoblanadi. Barcha shakllar 422x305 mm texnik pasport 
formatini tashkil etuvchi kitobga tikiladi. Keyinchalik bu shakllarga yo‘l holatidagi 
barcha o‘zgarishlar kiritiladi. Doimiy ravishda yo‘llar holati to‘g’risidagi 
yangilangan ma’lumotlar AYMB asosi bo‘lib xizmat qiladi. Avtomatlashtirilgan 
bank deganda, ushbu ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va ularga xizmat 
ko‘rsatishning foydalanuvchi ma’lumotlar bazalari, texnik (EHM, mini-EHM) va 
dasturiy vositalari hamda tizim faoliyatini ta’minlovchi mutahassislar majmui 
tashkiliy-texnik tizim tushuniladi. 
AYMB tarkibiga ma’lumotnoma va axborot fondi va dasturiy ta’minot kiradi. 
Ma’lumotnoma va axborot fondi “Lug’atlar”, “Struktura”, “Yo‘l holati”, 
“Standartlar”, “Arxiv” va ”Adminstrator” ma’lumotlar omborlaridan iborat. 
Yo‘llarning texnik va ekspluatastion holati to‘g’risidagi ma’lumotlar bir hilligi 
bo‘yicha operativ fayllarga guruhlanadi va “Yo‘l holati” ma’lumotlar bazasini 
hosil qiladi. 


370 
AYMB dasturiga umumiy matematik programmalar va maxsus matematik 
programmalar kiradi. Maxsus matematik programmalarga umumiy matematik 
programmalarning imkoniyatlarini kengaytirish va AYMB ning o‘ziga xos 
xususiyatlariga mos amaliy dasturlar kiradi. Amaliy dasturlar paketiga AYMBga 
foydalanuvchi kirish dasturlari va ma’lum vazifalarni echishga qaratilgan dasturlar 
kiradi. AYMBning birinchi bosqichi uchun ushbu vazifalarni uch sinfga bo‘lish 
mumkin: axborot va ma’lumotnoma; qiyosiy (baholash); yo‘l parametrlarining o‘z 
vaqtida o‘zgarishini harakterlovchi muammolar. 
Avtomatlashtirilgan yo‘l ma’lumotlari banki – murakkab inson-mashina 
tizimidir, shuning uchun uning asosiy elementi trafik ma’lumotlarini saqlash 
xizmati hisoblanadi. Yo‘llarning holati haqidagi axborotlarni yig’ish va qayta 
ishlash vazifalari bir xil darajada hal qilinsa AYMB ni ishlab chiqish va undan 
foydalanish avtomatlashtirilgan pasportlashtirish tizimlarining bir qismi sifatida 
eng samarali hisoblanadi. 

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish