8.2. Yo‘l hisob varaqalarini tuzish
Yo‘l hisob varaqalarini tuzish uchun quyidagi ishlar o‘tkaziladi, ya’ni
avtomobil yo‘llari va ulardagi inshootlar mavjudligi yig’ma qaydnomasidan
tashqari, piketlash kitobchasi, burchak o‘lchash va nivelirlash jurnallari
belgilangan namunada to‘ldiriladi.
Bajarilgan dala-o‘lchash ishlari asosida yo‘lning quyidagi ko‘rsatkichlari,
o‘lchamlari va tavsiflari bo‘yicha axborotlar olinib, yo‘lning hisob vraqasiga
kiriiladi:
- yo‘l to‘g’risida umumiy ma’lumotlar (yo‘lning texnik toifasi, raqami va
nomlanishi; yo‘lning umumiy uzunligi, shu bilan birga shaharlarga kirishda
joylashgan yo‘l bo‘laklari va shaxobchalari; harakat jadalligi va tarkibi; avtomobil
yo‘li bo‘ylab vaziyat rejasi; yo‘l o‘tgan tuman topografik sharoiti; yo‘lga xizmat
ko‘rsatuvchi yo‘l tashkiloti; yo‘lning iqtisodiy va ma’muriy ahamiyati; yo‘l kesib
o‘tadigan aholi yashash joylari mavjudligi; yo‘ldan ulargacha bo‘lgan masofani
ko‘rsatish bilan (20 km gacha) yo‘ldan biror tarafda joylashgan yirik aholi yashash
joyining mavjudligi; harakat jadalligini avtomatik hisobga olish joyi; tarozi
nazorati joyi; yo‘l mintaqasidagi muhandislik kommunikastiyalari);
364
- geometrik o‘lchamlar va tavsiflar (yo‘l uchun ajratilgan tasma kengligi;
reja va bo‘ylama kesimning tavsiflari, shu bilan birga rejada va kesimdagi egrilar
radiusi, belgilangan yo‘l toifasi uchun ShNQ 2.05.02-07 “Avtomobil yo‘llari”
talablariga javob bermaydigan rejada va kesimdagi egrilar radiusi, bo‘ylama
qiyaliklar, virajlar mavjudligi; rejada va kesimda yo‘l ustki yuzasining kurinish
masofasini aniqlash; yo‘l poyi kengligi; qatnov qismining va mustahkamlangan
tasmaning kengligi; tik ko‘tarilishdagi qo‘shimcha tasma kengligi, kichik radiusli
egrilarda qatnov qismini kengaytirish; yo‘l cheti kengligi, shu bilan birga
mustahkamlangan qismi kengligi; trotuarlar va piyodalar yo‘lakchalari kengligi);
- yo‘l tushamasi va qoplamasi tavsifi (yo‘l tushamasi va qoplamasi
tuzilmasi; yo‘l poyi tuprog’i turi; qoplama bo‘ylama ravonligi).
- sun’iy inshootlar (ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, estakadalar, tunnellar,
galereyalar, quvurlar, tirgak devorlar joylashishi; sun’iy inshootlar qurilgan yili;
ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlar yuk ko‘tarishi; oraliq qurilmalar to‘g’risida
ma’lumotlar; tayanchlar to‘g’risida ma’lumotlar; suvni izga soluvchi inshootlar
to‘g’risida ma’lumotlar; ko‘prikka, yo‘l o‘tkazgichga tutashmalar to‘g’risida
ma’lumotlar; quvurlarning materiali, turi, o‘lchamlari, holati va mavjudligi);
- muhandislik jihozlari va jihozlanishi (kilometr belgilari; yo‘l belgilari,
ularning joylashishi, holati va joylashtirish qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi;
to‘siqlar, ularning tuzilmalari, joylashish o‘rni, uzunligi, holati, o‘rnatish qoidalari
va me’yorlariga muvofiqligi; aholi yashash joylaridan o‘tgan yo‘l bo‘laklarini va
har xil satxdagi transport bo‘g’inlarini yoritish; avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar
bilan kesishish, tutashish, ularning turi, joylashishi; avtobus bekatlari va
pavilonlar, dam olish maydonchalari, avtomobillar to‘xtash va to‘xtab turish uchun
maydonchalari, ularning asosiy o‘lchamlari; qatnov qismining qo‘shimcha
tasmalari, o‘tish-tezlashish tasmalari, ularning asosiy o‘lchamlari);
- saqlash murakkabligi yuqori bo‘lgan yo‘l bo‘laklari ( o‘pirilish mavjud yo‘l
bo‘laklari uzunligi, sho‘rlangan yo‘l bo‘laklari uzunligi, qum bosadigan yo‘l
bo‘laklari uzunligi, do‘ppayib qolgan yo‘l bo‘laklari uzunligi);
365
- himoya qurilmalari (shovqindan himoyalovchi va manzarali daraxtlar va
daraxt tasmalari, shovqindan himoyalovchi qurilmalar, qor ko‘chkilaridan,
surilishlardan, o‘pirilishlardan, sellardan va shunga o‘xshashlardan yo‘llarni
himoyalash uchun qurilmalar);
- harakatga xizmat ko‘rsatish va yo‘l servisi ob’ektlari (avtomobillarga
yoqilg’i quyish shaxobchalari, texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchalari; motellar,
kempinglar, mexmonxonalar, ovqatlanish shaxobchalari, tibbiy yordam ko‘rsatish
bo‘limlari, YPX maskanlari, avtoshoxbekatlar, pochta, telegraf, telefon; yuqorida
ko‘rsatilgan ob’ektlarga kirish va chiqish yo‘llarining mavjudligi; yo‘l xizmati bino
va inshootlari, sirpanchiqqa qarshi materiallar bazalari, qum bazalari, yilning har
xil mavsumlarida yo‘llardan foydalanish uchun yo‘l mashinalari joylashish o‘rni).
Avtomobil yo‘lining boshi va oxiri loyiha ishchi xujjatlari bo‘yicha
aniqlanadi va yo‘l korxonalarida joyiga chiqib aniqlashtiriladi.
Kilometr ko‘rsatkichlarini belgilash tartibi kilometr ko‘rsatkichlarini
belgilashning amaldagi yagona tartibiga muvofiq aniqlanadi. Avtomobil yo‘li
uzunligini o‘lchash po‘lat o‘lchov tasmasi bilan qatnov qismi o‘qi bo‘yicha texnik
qidiruvlarda qabul qilingan aniqlikda amalga oshiriladi. Harakat jadalligi yuqori
bo‘lgan avtomobil yo‘llari uzunligini o‘lchov tasmasi bilan yoki maxsus
“shagomer” qurilmasi bilan yo‘l qatnov qismi chap qirg’og’ida, tuproqli yo‘llarda
esa – avtomobil spidometri bilan o‘lchash mumkin.
Avtomobil yo‘li elementlari hisoblanadigan ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar,
ayvonlar va boshqa inshootlar va binolar joylashish o‘rni, inshoot ko‘ndalang o‘qi
bilan yo‘l o‘qi kesishadigan nuqtadan aniqlanadi. Yo‘l o‘qida joylashgan yo‘l
o‘tkazgichlar, xuddi shunday yo‘l ostida joylashgan suv o‘tkazuvchi quvurlar
joylashish o‘rni, yo‘l o‘tkazgichning (quvurlarning) bo‘ylama o‘qi bilan yo‘l o‘qi
kesishadigan nuqtadan aniqlanadi.
Yo‘l mintaqasidan tashqarida (shaharlarda va boshqa aholi yashash
joylarida) joylashgan yo‘l xizmati binolari va avtoservis korxonalari joylashish
o‘rni, yo‘l kilometr belgisiga yaqinroq joylashgan shaharni yoki aholi yashash
366
joyini ko‘rsatish bilan qayd qilinadi. Yo‘ldan binolar anchagina uzoqlashganda,
chiziqli grafikda ulargacha bo‘lgan masofa ko‘rsatiladi.
Ayrim hollarda, biron bir hududning o‘zida bir necha binolar joylashsa,
majmuaning joylashish o‘rni bosh bino joylashish o‘rni bo‘yicha aniqlanadi.
Bo‘ylama qiyalikni va rejadagi egri radiusini qayd qilish uchun, avtomobil
yo‘li mazkur bo‘lagining reja va bo‘ylama kesim loyiha ma’lumotlaridan va ishchi
xujjatlaridan foydalaniladi. Mazkur xujjatlar mavjud bo‘lmaganda, rejadagi egrilar
radiusini va bo‘ylama qiyaliklarni baholash tegishli asboblar va jihozlar bilan
jihozlangan qo‘zg’aluvchi yo‘l laboratoriyasi yordamida, yoki geodezik asboblar
yordamida bajariladi. Harakat jadalligi va tarkibi, yo‘l-foydalanish tashkilotida
mavjud bo‘lgan, harakatni bevosita hisobga olish ma’lumotlari bo‘yicha
aniqlanadi. Harakat o‘lchami to‘g’risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan
hollarda, harakat jadalligining qisqa muddatli nazorat hisobini o‘tkazish va MQN
45-2007 asosida yillik o‘rtacha sutkalik harakat jadalligini aniqlash zarur. Aholi
yashash punktlaridan tashqarida joy manzarasini yo‘l poyi qoshidan chapga va
o‘nga 50 m kenglikda, aholi yashash puntlarida esa inshootlar chizig’i oralig’ida
tushiriladi (lekin yo‘ldan har ikki tarafga 50 m dan ko‘p emas).
Joy manzarasi tushirilayotganda quyidagilar albatta belgilanishi lozim:
- yo‘l uchun ajratilgan mintaqa chegaralari;
- yozgi va traktor yo‘llari, agar ular mavjud bo‘lsa;
- o‘tloqlar, chopilgan erlar, o‘rmonlar, jarliklar, bog’lar, uzumzorlar;
- daryolar, soylar, ko‘llar va boshqa suv havzalari;
- sun’iy inshootlar;
- avtoservis korxonalarining binolari (hamda 50 metrli kenglikdan tashqarida
ham);
- yo‘l tashkilotlarining yordamchi korxonalari ob’ektlari (ABZ, StBZ, konlar
va hokazo), (hamda 50 metrli kenglikdan tashqarida ham);
- hisobga olinayotgan yo‘l kesishayotgan temir va avtomobil yo‘llari, hamda
uning qo‘shilishi yoki tutashishi mumkin bo‘lgan avtomobil yo‘llari;
- yo‘ldan tushish yo‘llari;
367
- yo‘lning qum bosadigan va o‘pirilgan bo‘laklari;
- yo‘lga ajratilgan mintaqa chegarasida joylashgan turar joy binolari va boshqa
inshootlar (yo‘l bo‘ylab o‘tkazilgan yoki u bilan kesishuvchi gaz o‘tkazgich,
suv o‘tkazgich, oqava suv, aloqa elektr uzatgich liniyalari).
Bunda albatta quyidagilar ko‘rsatiladi:
- daryo va boshqa suv oqimlari uchun ularning nomlanishi (agar bo‘lsa) va
oqim yo‘nalishi;
- kesishayotgan temir yo‘llar uchun - yo‘lning nomi va avtomobil yo‘lidan
chapda va o‘ngda joylashgan eng yaqin stanstiyaning nomlanishi (kilometraj
yo‘nalishi bo‘yicha);
- kesishayotgan, tutashayotgan yoki qo‘shilayotgan avtomobil yo‘llari
uchun – yo‘lning va uning chap va o‘ng tomonida yaqin joylashgan aholi
punktlarining nomlanishi. Qo‘shilayotgan yo‘llar uchun, bulardan tashqari, yo‘llar
qo‘shilayotgan qismlarining chegaralari ko‘rsatiladi;
- avtoservis korxonalari uchun – ularning quvvati, joy soni va xokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |