1 A. X. O‘roqov


 Avtomobil yo‘llarini tog’li sharoitda saqlash texnologiyalari



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/102
Sana21.05.2022
Hajmi10,95 Mb.
#605762
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   102
Bog'liq
AVTOMOBIL YO‘LLARINI SAQLASH VA TAMIRLASH

3.6. Avtomobil yo‘llarini tog’li sharoitda saqlash texnologiyalari 
 
Ko‘chkiga qarshi kurash. Ko‘chkiga qarshi kurashda quyidagi uslublardan 
foydalaniladi: yuza va er ostu suv oqimlarini tartibga solish; yonbag’irlar relefini 
o‘zgartirish; ushlab turuvchi inshootlar qurish; grunt suvlarini fizik-mexanik 
hususiyatlarini o‘zgartirish; qirg’oq yonbag’irlarini mustahkamlash; ko‘chki xavfi 
bor hududlarda maxsus tartib o‘rnatish. Yuzadagi suv oqimini tartibga solish 
yonbag’ir va qiyaliklarni yuzadagi suvlar ta’siridan saqlash va suvning gruntda 
eroziya va filtratsiyani yuzaga keltirishini oldini olish yoki kamaytirish maqsadida 
amalga oshiriladi. Buning uchun quyidagi tadbirlar qo‘llaniladi: qiyalik va 
yonbag’irlar tekislanadi; tashlama noovlar tomonga suvni chetlatuvchi va 
balandlikda joylashgan ariqlar quriladi; maysa sepiladi va butalar o‘tkaziladi. Er 
osti suvlarini tartibga solish erosti suv sathini ushlab turish yoki kamaytirish uchun 
qo‘llaniladi. 
Ushlab turuvchi inshootlarni qurishda ko‘chki massasini surilishiga qarshi 
harakat qilish ko‘zda tutiladi. Quyidagi inshootlardan qo‘llaniladi: tirgovuch 
devorlar (monolit temirbetonli yoki yig’ma, armaturalangan gruntdan toshli); 
Quyidagi inshootlar qo‘llaniladi: tirgak devorlar (monolit yoki yig’ma temirbeton, 
toshli, armaturalangan gruntdan); grunt va g’ishtdan tirgovuchlar; ankerli 
konstrukstiyalar (3.4-rasm); rostverkli yoki rostverksiz qoqiladigan va o‘yib 
quyiladigan qoziqlar; kombinastiyalashgan qoziq konstrukstiyalar. 
3.4-rasm. Ankerli konstrukstiya chizmasi: 
1 — asos tog’ jinsi; 2 — ko‘chuvch grunt; 3— anker plitasi; 4 — anker dastasi; 5 


68 
— quduq; b — anker tyagasi; 7 — quduqning kengaygan qismi; 8 — anker; 9 — 
qum stement qorishmasi; 10 — surilish yuzasi 
Ko‘chkiga moyil yonbag’irlardagi gruntlarning fizik-mexanik hususiyatlari 
o‘zgarishi bilan ularning suv o‘tkazmasligi va turg’unligi ortadi. Shu maqsadda: 
stementlash, smolalash, silikatlash, gazli silikatlash, gruntlarni pishirish, ko‘chkiga 
moyil yonbag’irlar va qiyaliklar yuzalarini torkret-beton, sachratma beton, 
ko‘piklantiruvchi qo‘shimchalar bilan kislorodga to‘yintirilgan qum-stement 
qorishmalari bilan qoplash. Inson faoliyati natijasida yonbag’irning turg’unligi 
buzilishini oldini olish maqsadida ko‘pchish xavfi bor hududlarda maxsus tartib 
o‘rnatiladi. Oldini olish ishlariga yonbag’irlar va qiyaliklarni tushib ketish xavfi 
bor bo‘lgan tog’ jinslari palaxsalari va stingan noturg’un bo‘laklaridan va to‘satdan 
o‘pirilishni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan noturg’un tog’ jinslari massivlaridan 
tozalash, qiyaliklar va yonbag’irlar tikligi me’yordan oshganda (terrassalash yoki 
portlatish ishlarini bajarib qiyaliklar nishablik burchagini kamaytirish yo‘li bilan) 
qiyaliklar tikligini kamaytirish. Qiyaliklardagi ko‘chish xavfi bo‘lgan tog’ 
jinslarini tozalash qiyinchilik tug’dirganda yoki iqtisodiy samarasiz hisoblangan 
hollardada ushlab turuvchi inshootlar quriladi. Bu maqsadda tirgovuch devorlar 
yoki g’ishli tirgovuchlar quriladi. Ushlab turuvchi inshootlar stement qorishmasi 
bilan terilgan toshlardan, monolit va yig’ma temirbetondan, shuningdek 
butobetondan qurilishi mumkin.
Anker bilan mustahkamlash qiyaliklarning noturg’un qismlarida yoki qoya 
asos ustidagi kata palaxsalarni turg’unligini ta’minlash uchun qo‘llaniladi. Anker 
bilan mustahkamlash ikki xil ko‘rinishda qilinadi: mustahkamlovchi anker 
(uzunligi 1… 5 m gacha bo‘lgan yagona anker yoki oralariga metal setka 
qo‘shilgan ankerlar); uzunligi 6… 30 m bo‘lgan chuqur joylashuvchi ankerlar. 
Ankerlar uchiga bog’lovchilarni ichki yuborish orqali qoya tosh massiviga 
mustaxkamlanadi.
Qoziq konstrukstiyalar surilish qiyaligi 50° dan tik bo‘lmagan hollarda 
yoriqlari kam massivlarni turg’unligini ta’minlaydi. Qoziqlar rostverk bilan yoki 
rostverksiz qo‘llaniladi. Qoziqlar yaxlit yoki quvur ko‘rinishida, yig’ma yoki 


69 
joyida tayyorlnadigan ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Qiyalik va yonbag’irlar 
yuzasini nurashdan ximoya qilishda umumiy turg’unlik nurashni oldini olish 
maqsadida yuzaga himoyalovchi materiallar bilan ishlov berish, qoplovchi devorlar 
qurish, maysa yoki daraxt va butalar ekish yo‘li bilan ta’minlanadi. Qoplovchi 
devorlar stement qorishmasiga g’isht terish yo‘li bilan yoki betondan qilinadi. 
Himoyalanayotgan yuzani qayta ishlashda torkret-beton, purkaladigan beton va 
aerostementdan 
foydalaniladi. 
Agro-o‘rmon 
meliorastiya 
tadbirlarida 
qo‘llaniladigan navlarga aylant, oq akastiyu, skumpiyu, tikanli o‘simliklar, 
chakanda, iberiyskiy dub, kavkaz karkasi, yovvoyi pista va boshqalar kiradi. 
Maysasimon o‘simliklardan yunnik, psoraleyu va boshqa boshoqsimon 
o‘simliklardan foydalanish mumkin. Katta bo‘lmagan surilishlar va alohida 
ko‘chkilardan himoya qiluvchi ushlab qoluvchi inshootlar va qurilmalar 
yonbag’irlar bo‘ylab joylashtiriladi. Ushbu maqsadda transheyalar, to‘siqlar, 
chegaralovchi devorlar, setkalar va to‘suvchi qalqonlardan foydalaniladi. 
To‘suvchi qalqonlardan farqli ravishda qolgan to‘siqlar yonbag’irlar etaklariga 
joylashtirildi, to‘suvchi qalqonlar esa sekinlashtiruvchi vazifasinin bajarish uchun 
yonbag’rga o‘rnatiladi. 
To‘kilmalardan himoyalash. Tog’li hududlarda yo‘llarni saqlash jarayonida 
quyidagi chora-tadbirlar qo‘llaniladi: to‘kilmalarni turg’unligini ta’minlash 
maqsadida suv chetlatish tizimini yaxshilash; to‘kilmalarni harakatini to‘suvchi 
yoki yo‘llarni to‘kilmalardan himoyalovchi inshootlarni qurish; yonbag’irlarni 
mustahkamlash. Suv chetlatish tizimlarini yaxshilash to‘kilmalarning yuza va er 
osti suvlari bilan namlanishini oldini olib ularni turg’unligini oshirish maqsaida 
amalga oshiriladi. Bunday ko‘rinishda namlanish to‘kilmalarni ko‘chkiga 
aylantirishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yuza va er osti suvlarini 
tartibga solish maqsadida ko‘chki xavfi bor hududlarda yuqoridagi kabi tadbirlar 
qo‘llaniladi. Yuqori qismida suv chetlatuvchi ariqlar va drenajlar quriladi. 
To‘kilmalarni harakatini to‘suvchi yoki yo‘llarni to‘kilmalardan himoyalovchi 
inshootlar vasifasini terrassalar, chegaralovchi devorlar, ushlab qoluvchi to‘siqlar 
va transheyalar, tirgovuch devorlar, yog’och qalqonlar va metal panjaralar 


70 
bajaradi. Agar to‘kilmalar to‘xtatilsa ular asta sekinlik bilan mustahkamlashishni 
boshlaydi. Nurash natijasida kata bo‘laklar ajralgan bo‘lsa ularning orasidagi 
bo‘shliq mayda zarrachalar bilan to‘ladi. 
Seldan himoyalash. Sel oqizib keladigan massa tarkibi va miqdoriga bog’liq 
ravishda suv-tosh oqimi, tosh-loy oqimi, loy oqimi kabi turlarga bo‘linadi. Sel 
oqimining asosiy xususiyatlari: to‘satdan sodir bo‘lishi, qisqa muddatda o‘tib 
ketishi va tezligi (7-8 m/s gacha). Selning to‘siqqa kelib urilishidagi bosim 30000 
Pa gacha etishi mumkin. Sel oqimi kata o‘lchamdagi tosh bo‘laklarini oqizib 
kelishi mumkin. 
Yo‘llarni seldan himoyalash uchun oldini olish va himoyalash chora 
tadbirlari qo‘llaniladi. Oldini olish tadbirlari ikki yo‘nalishda olib boriladi: sel 
oqimini oldini olish yoki kuchsizlantirish; sel xavfi haqida ogohlantirish. Sel 
o‘zanini stabillashtirish va sel oqizib keladigan massani yo‘ldan yuqorida ushlab 
turish yagona yoki tizim ko‘rinishida to‘g’onlarni, panjaralarni (sel oqimidagi 
qattiq frakstiyalarni ushlab qoluvchi) o‘rnatishni o‘z ichiga oladi (3.5-rasm). Sel 
oqimini to‘sadigan to‘g’onlar 2… 5 m balandlikka ega bo‘lib, ular toshdan, 
betondan, temirbetondan va metaldan qilinadi. Ushlab qoluvchi chuqurlar sel 
oqimining yo‘lida kotlovanlar ko‘rinishida quriladi. Ushlab qoluvchi to‘gonlar esa 
(3.5-rasm) ko‘priklarga kelish yo‘lida yo‘ldan to‘g’on uzunligidan 3 martadan kem 
bo‘lmagan masofada joylashtiriladi. 


71 
3.5-rasm. Sel oqimini ushlab qolish sxemalari: 1 — to‘siq; 2 — sel oqizib kelgan 
massa; 3 — nasos; 4 — to‘g’on; 5 — yo‘l; b —ko‘prik 

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish