1-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/152
Sana13.05.2022
Hajmi1,96 Mb.
#603073
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   152
muvozanatlashgan narx 
ham deb yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatli narx har doim 
mavjud boʻlib turmaydi, ularga ta’sir qiluvchi koʻplab omillar muvozanatlikning buzilishiga 
sabab boʻladi. Ammo iqtisodiyotda ushbu muvozanatga doimo intilish mavjud boʻladi. Talab va taklif 
tushunchalari tahlili, bizga sotuvchi va xaridorlar manfaatlari mos kelishini qarab chiqishga oʻtish 
imkonini beradi. Mos kelishlik oʻz ifodasini muvozanatli narxda topadi. Oldingi bandlarda koʻrib chiqilgan 
talab va taklif egri chiziqlarini bitta grafikka joylashtirib bozor muvozanatli nuqtasini hosil qilamiz (7-
chizma): T
b
=T
f
=N
m
=M
m
, bu yerda: T

- talab, T

- taklif, N

- muvozanatli narx, M

– tovarning muvozanatli 
miqdori. Grafikda Ye nuqatga muvozanatli narx (N
m
) va mahsulotning muozanatli miqdori (M
m
) mos 
keladi. Ya’ni, narx 250 soʻm boʻlganda, xaridorlar mazkur tovar (un) dan 3 tonna sotib olishga, 
sotuvchilar esa 3 tonna unni bozorga chiqarishiga tayyor boʻladi. 200 soʻmlik narxda sotuvchilar va 
xaridorlar ahvoli butunlay oʻzgaradi: sotuvchilar faqat 2 tonna unni sotishga, xaridorlar esa 5 tonna sotib 
olishga tayyor boʻladi va hokazo. 
P, 
700 
600 
500 
400 
300 
200 
100 

soʻm 

ortiqcha ishlab chiqarish 



taqchillik 

10 20 30 40 50 60 Q, tonna 
7-rasm. Muvozanatli narx.
Grafikda narxning 350 soʻm darajasidagi bozor holati tovarlar ortiqcha ishlab 
chiqarilishini koʻrsatadi va toʻyingan bozorni ifodalaydi. Aksincha, 150 soʻm darajasidagi bozor holatida 
tovar taqchilligi (defitsit) vujudga keladi va taqchil tovar bozorini tavsiflaydi. Muvozanatli narxni tushunib 
olish uchun vaqt omili katta ahamiyatga ega boʻladi. Shu sababli bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va 


uzoq davrli muvozanatlik holatni farqlash zarur. Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan 
tovarlarning oʻzgarmas yoki doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga 
moslasha olmasligi bilan bogʻliq. Qisqa davrli muvozanatlikni, ishlab chiqarish va taklifni vaqtinchalik 
amal qiluvchi omillardan foydalanish asosida koʻpaytirish imkoniyatini taqozo qiladi. Bunday vaqtinchalik 
omillarga ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlari ishlash, ish smenasini koʻpaytirishlar kiradi. 
Uzoq davrli muvozanatlik oʻzgarishi uzoq muddatli davrdagi omillardan foydalanishni taqozo qiladi. 
Bunda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash va qoʻshimcha quvvatlarni vujudga keltirish bilan 
bogʻliq investitsiyalar haqida gap boradi. Bu davrda yangi korxonalarni qurish hamda mazkur bozorda 
yangi korxonalarning paydo boʻlishi ham mumkin boʻladi. 
Iste’molchining tovar narxlarining oʻzgarishiga sezgirlik darajasini aniqlashda narxli egiluvchanlik 
tushunchasidan foydalaniladi. Ayrim mahsulotlar narxidagi uncha sezilarli boʻlmagan oʻzgarishlar sotib 
olinadigan mahsulot miqdorida katta oʻzgarishlar boʻlishiga olib kelishi mumkin. Bunday mahsulotlarga 
talab nisbatan egiluvchan deyiladi. Boshqa xil mahsulotlar narxidagi sezilarli oʻzgarish xarid miqdorida 
faqat katta boʻlmagan oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin. 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish