Ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) soni.
Tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik
koʻp boʻlsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori Shunchalik koʻp boʻladi. Tarmoqdagi ishlab
chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni koʻpaytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish koʻpayadi.
Taklif hajmining oʻzgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash xarajatlari va
transport-tashish imkoniyatlari ham ta’sir koʻrsatadi. Masalan, uzoq vaqt saqlab boʻlmaydigan
qishloq xoʻjalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam oʻzgaruvchan boʻladi.
Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy resurslarning mavjud darajasi ham
taklifga ta’sir koʻrsatadi. Masalan, narxning oʻzgarishiga javoban ishlab chiqarishni kengaytirish
yoki boshqa xil mahsulot ishlab chiqarishga oʻtish imkoniyati mavjud boʻlsa taklif oʻzgaradi.
Qishloq xoʻjaligiga yaroqli boʻlgan yerlar cheklangan boʻlsa, uning narxi (renta) qanchalik
oshmasin, yer taklifini oshirib boʻlmaydi.
Ijodiy kasb soha xodimlarining (masalan, olimlar, shoirlar, yozuvchilar, musavvirlar va
boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san’at asarlarining taklifi ham nooʻzgaruvchan boʻladi.
3. Talab miqdori va taklif miqdori oʻrtasidagi nisbatning oʻzgarishi.
Bozor muvozanati
Biz yuqorida turli omillar ta’sirida talab va taklif miqdorining oʻzgarib turishini koʻrdik.
Lekin talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma’lum nisbatda boʻladi, bu nisbatlar
oʻzgarib turadi. Ba’zan talab miqdori taklif miqdoridan oshib ketib, narx koʻtirilsa, ayrim paytda
taklif miqdori talab miqdoridan oshib ketib, narx pasayib qoladi.
Talab miqdori bilan taklif
miqdori oʻrtasidagi nisbat bir-biriga teng boʻlgan holat bozor muvozanati deyiladi
.
Bozor
muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi.
Ba’zan uni
muvozanatlashgan narx
ham deb yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatli narx har doim
mavjud boʻlib turmaydi, ularga ta’sir qiluvchi koʻplab omillar muvozanatlikning buzilishiga
sabab boʻladi. Ammo iqtisodiyotda ushbu muvozanatga doimo intilish mavjud boʻladi. Talab va taklif
tushunchalari tahlili, bizga sotuvchi va xaridorlar manfaatlari mos kelishini qarab chiqishga oʻtish
imkonini beradi. Mos kelishlik oʻz ifodasini muvozanatli narxda topadi. Oldingi bandlarda koʻrib chiqilgan
talab va taklif egri chiziqlarini bitta grafikka joylashtirib bozor muvozanatli nuqtasini hosil qilamiz (7-
chizma): T
b
=T
f
=N
m
=M
m
, bu yerda: T
b
- talab, T
f
- taklif, N
m
- muvozanatli narx, M
m
– tovarning muvozanatli
miqdori. Grafikda Ye nuqatga muvozanatli narx (N
m
) va mahsulotning muozanatli miqdori (M
m
) mos
keladi. Ya’ni, narx 250 soʻm boʻlganda, xaridorlar mazkur tovar (un) dan 3 tonna sotib olishga,
sotuvchilar esa 3 tonna unni bozorga chiqarishiga tayyor boʻladi. 200 soʻmlik narxda sotuvchilar va
xaridorlar ahvoli butunlay oʻzgaradi: sotuvchilar faqat 2 tonna unni sotishga, xaridorlar esa 5 tonna sotib
olishga tayyor boʻladi va hokazo.
P,
700
600
500
400
300
200
100
0
soʻm
D
ortiqcha ishlab chiqarish
S
E
S
taqchillik
D
10 20 30 40 50 60 Q, tonna
Do'stlaringiz bilan baham: |