Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Markaziy asab tizimidagi tormozlanish



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Markaziy asab tizimidagi tormozlanish. 
Lokal neyron to‘rlarni 
uyg‘unlashtirish 
(koordinatsiyalash) 
vazifasi 
kuchaytirishdan 
tashqari, 
neyronlarning juda jadal faolligini, ularni tormozlash hisobiga susaytirishda ham 
namoyon bo‘lishi mumkin. Tormozlanish asab tizimining faol jarayoni bo‘lib, 
buning natijasida qo‘zg‘alish zaiflashadi yoki uzoq muddatga butunlay to‘xtaydi. 
Tormozlanish, harakatlarning uyg‘unlashishida, ichki a’zolar faoliyatini 


168 
boshqarilishida va OAF uchun muhim ahamiyatga ega. Kelib chiqishiga binoan 
birlamchi va ikkilamchi tormozlanishlar farqlanadi. Birlamchi tormozlanishga 
retsiprok (lotincha reciprocus - hamkorlik) va qaytar tormozlanishlar kiradi. 
Antogonist – mushaklarning retsiprok tormozlanishi spinal reflektor yoylarda 
topilgan. Agar, spinal baqaning orqa oyoqlaridan birini ta’sirlansa, u bukiladi va 
qarama-qarshi oyoqning bukiluvchi mushak hamda ta’sirlangan oyoqning 
yoziluvchi mushak asab markazlari esa tormozlanadi. Bu tormozlanishning 
mexanizmi quyidagidan iborat: orqa miya gangliyasining psevdounipolyar 
hujayrasi aksonlari orqa miyada tarmoqlanadi. Ulardan biri bukiluvchi 
mushaklarni inasabatsiyalovchi motoneyronlarda, ikkinchisi esa yoziluvchi 
mushakni inasabatsiyalovchi motoneyronda tormozlovchi sinaps hosil qilgan 
neyronlarni qo‘zg‘atadi Markaziy tormozlanish jarayoni I.M.Sechenov tomonidan 
1862 yilda kashf qilingan. Olimning aniqlashicha agar baqa bosh miyasi ko‘ruv 
domboqlari ustida osh tuzining bo‘lakchasini qo‘yilsa va bosh miyaning shu 
qismini kichik kuchlanishli tok bilan ta’sirlansa refleks vaqti e’tiborli ravishda 
uzayishi kuzatiladi. Bu tajriba asosida I.M Sechenov bosh miya talamus qismida 
bosh - orqa miya faoliyatiga tormozlovchi ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega degan 
xulosaga keldi. Bu ma’lumotlar asosida olim inson faoliyatidagi asab markazlari 
faoliyati va inson xatti-xarakatlarining fiziologik asoslarini o‘zining bir qancha 
ilmiy ishlarida talqin qildi. Keyinchalik bir qancha olimlar tomonidan 
I.M.Sechenovning markaziy tormozlanish haqidagi ishlari ilmiy jixatdan isbotlab 
berildi. 
Organizm faoliyatining koordinatsiyasi. MATning asosiy vazifasi organizm 
faoliyatini integratsiyalashdan iborat bo‘lib, bu faoliyat reflektor yo‘l bilan amalga 
oshiriladi. MAT va uning neyronlari tomonidan qo‘zg‘alish impulslarini qabul 
qilish, xotira asosida ularni qayta ishlash, jumladan reflektor faoliyatini rejaga 
solish, boshqarish va nazoratga yo‘naltirilgan buyruq impulslarini hosil qilish kabi 
vazifalarni - MAT tomonidan umumlashtirilgan integratsiya deb ataladi. Asab 
tizimini integratsiyalash (lot. Integratio - umumlashtirish, tiklash) qobiliyati 
murakkab tizim tomonidan amalga oshiriladi va u, MAT bo‘limlarining o‘zaro 


169 
uyg‘unlikda ishlashiga bog‘liq. Bu esa, tashqi va ichki muhitda ro‘y beradigan 
barcha o‘zgarishlar ta’siriga organizmning reflekslar orqali moslashishini 
ta’minlaydi. MATning integratsiya xususiyati neyronlarning konvergensiya va 
divergensiya qobiliyatiga, sinapsketi membranalarni geterokimyoviy sezgirligi va 
neyronlarni ta’sir izlarini saqlab qolish xususiyatiga bog‘liq. MATning 
integratsiyasi asosida reflektor faoliyatlar va ularning koordinatsiyasi ta’minlanadi. 
Masalan, hayvon o‘z kushandasi yoki dushmanidan qochib qutilishi uchun harakat-
mudofaa refleksi hosil bo‘lishi kerak. Bu refleks ko‘rish retseptorlarini 
ta’sirlanishidan boshlanadi. Keyin esa, qo‘zg‘alish MAT ga keng tarqaladi va 
simpatik asab tizimiga o‘tadi, natijada mushaklarning qon bilan ta’minlanishi 
kuchayadi, yurakning qon tomirlari kengayadi, yurakning qisqarish tezligi va kuchi 
ortadi, qator ichki a’zolarning tomirlari torayadi, ularga qon borishi sekinlashadi. 
Bu o‘zgarishlar mushak tizimida qon oqish tezligini oshiradi, gazlar almashinuvini 
kuchaytiradi, metabolizmni tezlashtiradi. Oqibatda, hayvon hosil bo‘lgan refleks 
tufayli o‘z kushandasidan qochadi. Bu misoldan ko‘rinib turibdiki, tanadagi turli 
tizim javoblari reflekslar ko‘rinishida integratsiyalanishi (uyushtirilishi) oqibatida 
hayvonning moslashishi uchun yo‘naltirilgan o‘zgarishlar ta’minlanadi. 
Integratsiya prinsipi asosida shartsiz va shartli reflekslar namoyon bo‘ladi.
Qo‘zg‘atuvchiga nisbatan har qanday javob, turli reflekslarning o‘zaro 
munosabatlari, binobarin koordinatsiyasi natijasida namoyon bo‘ladi. Harakatlar 
tana mushaklarining turli faoliyatidagi uyg‘unlik, ya’ni koordinatsiya (lot. so - 
birga, ordinato - tartibga solish) asosida ro‘y beradi. Koordinatsiyalashgan 
harakatlar orqa miya, labirint, o‘rta miya, miyacha, talamus, bosh miyaning 
peshona bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi. Reflekslarning o‘zaro 
munosabatlari konvergensiya, qo‘zg‘alish va tormozlanishning irradiatsiyasi 
hamda o‘zaro (retsiprok) ta’sirlari, dominantlik, refleks halqasi, qaytar aloqa va 
umumiy oxirgi yo‘l vositalari tomonidan amalga oshiriladi. Organizmda, 
avtomatik boshqarish jarayonlari asosida yotadigan, teskari yo‘nalishli afferent 
aloqa yordamida ham ko‘pgina fiziologik funksiyalar boshqariladi. Masalan, 
qonda glyukoza miqdorining o‘zgarishi sababli uni odatdagi miqdori darajasiga 


170 
keltiradigan jarayonlar ro‘yobga chiqadi. Gomoyoterm hayvonlar tanasining 
harorati, arterial qon bosimining mo‘tadilligi teskari yo‘nalishli, ya’ni ikkilamchi 
afferent aloqa orqali ta’minlanadi. qon bosimi ko‘tarilganda impulslar depressor 
asab orqali MAT ga uzatiladi va MAT impulslari yurak urishini sekinlashtiradi, 
uning arteriolalarini kengaytiradi, oqibatda, bosim pasayib mo‘tadillashadi (Sion-
Lyudvig refleksi). 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish