Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Tasavvur 
- muayyan hissiy aks ettirishning mukammal shakli hisoblanadi. 
Tasavvur qilinganda, eng avvalo, organizmni ta’sirlagan narsa va hodisalarning 
muayyan tasvirlari paydo bo‘ladi. Tasavvur avvalgi taassurotlarning miyada 
qolgan izlarini oliy tahlili va sintezi natijasi hisoblanadi. Tasavvur asosatsiyalar 
zanjirida yoki bo‘lmasa murakkab vaqtincha aloqalariga asoslangan bo‘ladi. Bu 
esa insonni tabiat hodisalarini bilish va ulardan foydalanish uchun katta 
imkoniyatlar yaratadi. 
Uyqu. 
Uyqu barcha hayvonlar va odam hayoti uchun zarur fiziologik 
jarayon hisoblanadi. Odam umrining uchdan bir qismi uyqu bilan o‘tadi. Uyqu 
bedor holati bilan doimiy ravishda navbat bilan almashib turadi. Uxlash paytida 
odam va hayvonlar nisbatan es-xushini yo‘qotadi, MAT ning, xususan miya 
po‘stlog‘ining faoliyati pasayadi, mushaklarning tonusi va sezgirligi susayadi. 
Buning natijasida shartsiz reflekslar kuchsizlanadi, shartlilari tormizlanadi. Ichki 
a’zolarning faoliyati ham sekinlashadi.Uyqu: davriy, faslli, narkotik, gipnotik va 
patologik uyqu turlariga bo‘linadi. Odatda, hayvon va o‘simliklar kunning ma’lum 
vaqtidagina, ya’ni kechasi yoki kunduzi uxlashga odatlangan bo‘lib, bu davriy 
uyqu deyiladi. Narkotik uyquni mahsus narkotik moddalar paydo qiladi. Gipnotik 
uyqu ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otadi. Bu uyqu mahsus sharoitda gipnozchi 
tomonidan ishontirish yo‘li bilan paydo qilinadi. Gipnoz vaqtida miya po‘stlog‘i 
faoliyati tormozlansa ham, tashqi muhit bilan aloqa qisman saqlanib qoladi va 
gipnozlangan odam gipnozchi ko‘rsatmalarini bajaradi. Patologik uyqu bemorlarda 
kuzatiladi. Uyquni bosh miya hujayralarning tormozlanishiga bog‘liqligini 
I.P.Pavlov o‘zining tajribalarida ko‘rsatgan. Uning fikricha, tormozlanish himoya 
jarayonidir va uyqu organizmni, xususan MAT ni tashqi ta’sirot natijasida 
buzilishidan himoya qiladigan zarur bir fiziologik holatdir. MATga haddan 
tashqari ko‘plab axborotlarni kelib turishi miriqib uxlashga xalaqit qiladi va 
natijada, odam to‘yib uxlamaydi. Uyquga to‘ymaslik natijasida yuzaga chiqqan 


219 
aqliy ish faoliyatining pasayib ketishini eng avvalo to‘yib uxlash orqali davolash 
mumkin. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish