507
Qondagi laborator ko’rsatkichlar. Gеmoglobin
miqdorini aniqlash
Bemorlarni laborator tekshiruvga tayyorlash.
Qonni tekshirish
.
Qon ko’rsatkichlari sutka davomida o’zgarib turadi, shuning uchun ham
iloji boricha qonni ertalab tekshirish lozim,
shoshilinch holatlardan
tashqari. Hamma analizlar ham rentgenografiya, ultra tovush tekshiruvi,
fibrogastroduodenoskopik tekshiruvlar va fizioterapevtik davolashdan
oldin olinishi kerak. Bular tahlillarni o’zgarishiga olib keladi. Analiz
topshirgunga qadar 1 soat davomida chekish ham man etiladi.
Sutka
davomida jismoniy zo’riqishlardan, spirtli ichimliklardan, kun rejimi va
ovqatlanish rejimini o’zgartirmaslik kerak. Tahlil nahorda topshirilishi
kerak, oxirgi ovqatlanishdan 12 soat o’tgandan so’ng, suv ichsa bo’ladi.
Tahlil natijalariga dori moddalar tasir qiladi,
dori ichilmasligi kerak
sutka davomida. Qonni yotgan holatda olish maqul, turgan holatda bosh
aylanishi mumkin. Qaysi tomirdan qon olinsa shu tomirda 1 soat
davomira yuk tashish mumkin emas (sumka tashish). Laborator
ko’rsatkichlarni nazorat qilish uchun sutkaning bir vaqtda, bir
laboratoriyada olinib, bitta reaktibdan foydalangan maqul.
Chunki har
xil reaktiv ishlatilsa natijalar har xil bo’lishi mumkin. Venadan qon olish
uchun vakumli sistemadan foydalanish zarur. Gematoma bo’lmasligi
uchun igna sanchilgan joy, qon olingandan so’ng yaxshilab steril mato
bilan 15 daqiqa qavomida bog’lanadi. Umumiy tahlil uchun qon 4-
barmoqdan kamida oxirgi ovqatlanishdan 1 soat otgandan so’ng olinadi.
Chaqaloqlarda oyoq (tovon) dan olinishi mumkin.
Qonni bioximik tekshirish
uchun nahorda oxirgi ovqatlanishdan
12 soat o’tgandan so’ng olinadi. Lipidogrammaga tekshirish uchun
(xolesterin va uning fraktsiyalari) oxirgi yengil
ovqatlanishdan kamida
14 soat o’tgan bo’lishi kerak. Glukozaga tolerantlikka tekshirish uchun 3
kun davomida aralash parhez tutishi maqul (parhezda kuniga 250 gr
uglevodlar bo’lishi kerak). Uglevod almashinuviga tasir qiluvchi
dorilarni va garmonlarni qabul qilinishi qatiyan man qilinadi
(diabetiklardan tashqari, hayotiga xavf soladigan bo’lsa). Test 1 soatdan
4 soatgacha davom etadi. Bu vaqt bemor klinikada bo’lishi karak.
Repraduktiv yoshdagi ayollarda garmonlar tekshirilishi lozim bo’lsa,
ular menstrual tsiklini tegishli kuniga qon olinishi lozim.
Qon ivishini
tekshirish uchun pattsientlar varfarin, geparin, fraksiparin, kleksan,
508
plaviks, aspirin, kurantil, tromboass kabi qon
ivishini susaytiruvchi va
aminokapron kislota, vitamin K (vikasol), ditsinon kabi qon ivishini
kuchaytiruvchi dorilarni qabul qilmagan bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: