17-bob. Ommaviy ovqatlanish korxonalarining daromadlari, harajatlari,
foydasi va rentabelligi.
17.1. Ommaviy ovqatlanishda daromadlarning shakllanish xususiyatlari.
17.2. Ommaviy ovqatlanish sohasi harajatlarining xususiyatlari.
17.3. Ommaviy ovqatlanishda foyda va rentabellik.
163
17.1. Ommaviy ovqatlanishda daromadlarning shakllanish xususiyatlari.
«Daromad» kategoriyasini tabiati va mohiyati ushbu darslikning 13.1.1
paragrafida yoritilgan.
Savdo va ommaviy ovqatlanishda daromadning tabiati, mohiyati bir biriga
mos keladi.
Ularning farqi shakllanish manbalarida, tarkibida, takror ishlab chiqarish
jarayonida savdo va ommaviy ovqatlanishni bajaradigan funksiyalardan kelib
chiqadi.
Ommaviy ovqatlanishda daromadlar mahsulot ishlab chiqarish, ularni
sotish va iste’mol qilinishini tashkil qilish hamda sotish uchun sotib olingan
tovarlarni ayriboshlash va boshqa faoliyatlarga bog‘liq.
Ommaviy ovqatlanishda daromad ular faoliyatining bahosi ya’ni ular
faoliyatida sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnatning (mehnat vositalari va ishchi
kuchi harajatlari) qiymati va qo‘shimcha qiymatning puldagi ifodasini anglatadi.
Nazariy jihatdan u «c + v+ m» -ga teng. Bu yerda «s + v» jonli va jonsiz
mehnat sarflarini, ya’ni ommaviy ovqatlanish harajatlarini anglatsa, «m» - ularni
sof foydasini miqdorini anglatadi.
Ommaviy ovqatlanishda ishlab chiqarishdan farqli, barcha harajatlari
daromad (ularni ustamalari) hisobidan qoplanadi, ya’ni ular tovarlar qiymati
tarkibida aks topadi, ishlab chiqarishda esa, harajatlar tannarx tarkibiga kiradi va u
mahsulot (ish, xizmat)ni sotishdan olingan sof tushum hisobidan qoplanadi.
Ommaviy ovqatlanishda faoliyati qiymati (c + v + m), ularning daromadida o‘z
aksini topadi. Ushbular nuqtai nazaridan, bizlarning fikrimizcha, ommaviy
ovqatlanishda ham savdodagi kabi «daromad»ni, ular faoliyatida yaratilgan
qiymatning puldagi ifodasi sifatida, ya’ni ular faoliyatining bahosi sifatida qaralish
iqtisodiy nazariya nuqtai nazaridan haqiqatga yaqin bo‘ladi.
Ommaviy ovqatlanish korxonalari (shaіobchalari)ning daromadi – bu ular
faoliyati natijasida yaratilgan qiymatning puldagi ifodasidir va u ommaviy
ovqatlanish sohasi faoliyatining bahosi sifatida namoyon bo‘ladi.
164
Daromadning iqtisodiy yo‘naltirilish mohiyati bo‘yicha barcha harajatlar,
soliqlar, to‘lovlarni va foydani ta’minlashdir.
Ushbu sohada sotishdan olingan daromadlar ular tomonidan o‘z
mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sotib olingan xom ashyolarga hamda
sotiladigan tovarlarni sotib olingan baholariga qo‘yiladigan ustamalar miqdorida
o‘z aksini topadi.
Ommaviy ovqatlanish sohasida savdo sohasiga o‘xshash daromadlarni asosiy
qismi tegishlicha o‘z mahsulotlarini va sotish uchun sotib oligan tovarlarni
sotishdan shakllanadi.
Buxgalteriya va statistik hisobotlarda ommaviy ovqatlanish korxona
(shaіobcha)larining daromadlari quyidagicha shakllanadi.
«Mahsulot (ish xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlarining tarkibi
hamda moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom» da (5 fevral
1999 yil 54 – sonli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori) xo‘jalik
sub’ektlari, jumladan ommaviy ovqatlanish korxonalari daromadlarining turlari va
aniqlash usullari keltirilgan.
Nazariy jihatdan ommaviy ovqatlanish korxonalarini o‘z mahsulotlarini va
sotish uchun sotib olingan tovarlar sotishdan olingan daromadi ularni harajatlarini
qoplash va foyda olish manbai bo‘lib, u bir tomondan ommaviy ovqatlanish
sohasining o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni qiymatidagi, ikkinchi tomondan,
sotish uchun sotib olingan iste’mol tovarlar bahosidagi hissasining miqdorini
anglatadi. Bundan kelib chiqib, ovqatlanish sohasining sotishdan olingan daromadi
ovqatlanish sohasi hizmatlarini qiymatini puldagi ifodasidir. Ushbu ta’rif
mahsulotlar va tovarlarni sotishdan olgan daromadni mohiyatini ochib beradi.
Ommaviy ovqatlanish korxona (shaіobcha)lari o‘z mahsulotlarini ishlab
chiqarish jarayonida ishlab chiqarish tarmoqlaridagi kabi yangi qiymat yaratadi.
Ushbu nuqtai nazardan ommaviy ovqatlanish sohasida ishlab chiqarish
tarmoqlarida tovar qiymatini yaratilishi va ular bahosini shakllanishiga mos keladi.
Shu sababli ularda ham «tannrax» va «foyda» kabi ko‘rsatkichlar ishlatilishi
165
mumkin. Lekin ommaviy ovqatlanishda daromadlarning shakllanishi va aniqlash
usullari savdonikiga moslashtirilgan.
Ommaviy ovqatlanishda mahsulotlar ishlab chiqarish bilan hamda tovarlarni
ishlab chiqarishdan to iste’molchilarga yetkazish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlarni
to‘lash tovarlarni chakana bahosi (ustamalar) hisobidan amalga oshiriladi.
Ommaviy ovqatlanishda ustamalar (xom ashyo va tovarlar uchun) tovarlar
chakana bahosi bilan tovarlarni sotib olish (chakana va ulgurji savdodan, dexqon
bozorlaridan, ishlab chiqarishdan yoki boshqa vositachilardan) bahosi o‘rtasidagi
farqi sifatida aniqlanadi.
Ommaviy ovqatlanish korxonalarining daromadlari yuqorida keltirilgan
Nizom bo‘yicha quyidagilardan tarkib topadi:
1.
sotishdan
olingan
daromad.
Ommaviy
ovqatlanishning
«Tovarlarni sotishdan olgan yalpi daromadi» sotishdan
olinadigan sof tushumdan sotilgan tovarlarni harid qiymatini
chegirib tashlash orqali aniqlanadi;
2.
asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
3.
asosiy bo‘lmagan faoliyatdan olingan daromadlar. Ular
qatoriga moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar va
favqulotdagi daromadlar kiradi.
Ommaviy ovqatlanish korxona(shaіobcha)lari daromadining tarkibiy turlari
17.1.1. chizmada keltirilgan.
166
17.1.1 – chizma.
Ommaviy ovqatlanish korxona (shaіobcha)larining daromadlari turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |