Основы пакета



Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/357
Sana30.04.2022
Hajmi5,65 Mb.
#599556
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   357
Bog'liq
fayl 1726 20210906 (1)

SPEC va boshqa testlar
. Hozirgi vaqtda asosan shaxsiy kompyuterlarni 
unumdorligini baholashda notijorat maxsuslashtirilgan korporatsiya tomonidan 
yaratilgan SPEC (Standard Performance Evaluation Corporation – korporatsiya 
standartov otsenki proizvoditelnosti – unumdorlikni standartli baholash 
korporatsiyasi) ko‗p tanilgan butun bir oila testlari mavjuddir.
Bu testlarning asosida axborot texnologiyalarining turli sohalarida 
ishlatiluvchi aniq dasturlar yotadi.
Dastlabki varianti 1992-yilga mansub, u ikki guruh testlaridan tashkil 
topgan. CINT92 nomli guruh S dasturlash tilidagi oltita dasturdan tashkil topgan, 
ular zanjirlar nazariyasi, mantiqiy sxemani loyihalashtirish, LISP tili uchun 
interpretatori kiritilgan, matnli fayllarni joylashtirish kabi masalalarni yechishni 
ta‘minlaydilar. Dasturlarning bu guruhi tizim unumdorligini butun sonli axborotlar 
ustida bajarilgan operatsiyalar nuqtaiy nazaridan baholash uchun xizmat qiladi. 
Testlarning CFP92 nomlanuvchi ikkinchi guruhi S dasturlash tilidagi 12 dasturdan 
va ikkita Fortran dasturlash tilidagi dasturdan tashkil topgan. Bu dasturlar Monte-
Karlo usulida modellashtirishni, ob-havoni bashorat qilishni va hokazolarni 
ta‘minlaydi, tizim unumdorligini haqiqiy sonli axborotlar ustida operatsiyalarni 
bajarish nuqtaiy nazaridan baholash amalga oshiriladi. 
Testlash natijasi bo‗lib sinalayotgan kompyuterda har bir test dasturining 
bajarilgan vaqtini etalon kompyuterda shu dasturlarni bajarilish vaqtiga nisbati 


 
152
natija bo‗lib xizmat qiladi. Etalon sifatida VAX 11/780 hisoblash tizimi tanlab 
olingan. Alohida testlash natijalaridan ikkita birlashgan (integral) baholash hosil 
bo‗ladi: SPECint92, CINT92 guruh bo‗yicha alohida testlarda olingan o‗rtacha 
geometrik baholashlarga teng va SPECfp92, CFP92 guruh bo‗yicha alohida 
testlarda olingan o‗rtacha geometrik baholashlarga teng. Shunday qilib, SPEC 
testlarida baholash MIPS va Flops
 
birliklarida o‗lchanmaydi, ularda o‗lchamsiz 
nisbiy kattalik bo‗lib, u etalon kompyuterga nisbatan sinalayotgan kompyuter 
necha marta tez ishlashini ko‗rsatadi. 
Ushbu testlarning ancha keyingi variantlari va integrallashgan baholashlar 
ham SPECint95 va SPECfp95, SPECint2000 va SPECfp2000 va boshqalar shu 
kabi qurilgan hamda boshqa maxsuslashtirilgan SPEC testlar ham mavjud. Shuni 
qayd qilib o‗tish mumkinki, masalan, SPEChpc96 testi bir necha o‗nlab protsessori 
bo‗lgan hisoblash tizimining quvvatini baholashni taʻminlaydi, SPEC OMPL2001 
testi esa 512 tagacha protsessori bo‗lgan tizimlarni testlash uchun tadbiq etilishi 
mumkin. SPEC tizimiga SPECjbb va SPECweb testlari kirib, ular serverlarning 
turli xillarini testlashga xizmat qiladilar. SPEC korporatsiyasi doimiy yangi test 
tizimlarini yaratish va oldin yaratilganlarini esa yangilash hamda yaxshilash ustida 
ish olib boradi. Bu quyidagi taniqli, keng tarqalgan va ishlatiladigan testlardir: 
SPEC for Maya 6, SPEC for 3ds max 6, SPEC for SolidWorks 2003, SPEC 
viewperf va boshqalar. 
SPEC testlaridan tashqari oxirgi yillarda notijorat kompaniyalar tomonidan 
yaratilgan yana bir qancha test tizimlari paydo bo‗lgan. Asosan bu tizimlar 
axborotsiz ilovalarga va boshqa hisoblash bo‗lmagan toifadagi ilovalar uchun 
mo‗ljallangan. Quyidagi testlash tizimlarini eslatib o‗tish mumkin TRS-A, TRS-V, 
TRS-S, tranzaksiyalarga ishlov berish unumdorligini baholash bo‗yicha birlashma 
TRS (Transaction Processing Performance Council dan) va SAP testlarning katta 
to‗plami (Standard Application dan) Benchmark. 



Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   357




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish