Uslubiy bo’yoq- so’zning leksik ma’nosiga qo’shimcha tarzda orttirilgan
uslubiy ottenka, ifoda semasi.
Emotsional-ekspressivlik- ekspressiyaga (ta’sirchanlikka) egalik.
Emotsional-ekspressivlikni ifodalashning leksik usuli- nutqda uslubiy
bo’yog’i bor bo’lgan so’zning qo’llanishi hisobiga ta’sirchanlikning ifodalanishi.
Emotsional-ekspressivlikni
ifodalashning
affiksatsiya
usuli-betaraf
ma’noli so’zlarga subyektiv baho ifodalovchi affikslarni qo’shish orqali nutqda
ta’sirchanlikka erishish.
Emotsional-ekspressivlikni
ifodalashning
kontekstual
usuli-uslubiy
bo’yog’i bo’lmagan so’zning ma’lum kontekst ta’sirida uslubiy bo’yoqdor so’zga
aylantirilishi orqali nutqiy ta’sirchanlikning ta’minlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |