Omonim omoleksemalarning turlanish va tuslanish sistemalariga
munosabati
Omonim omoleksemalar nutqda turlanib yoki tuslanib turli shakllarga kiradi.
Qiyos qiling: bog’-1 (ot turkumi: “mevazor, daraxtzor”) va bog’-2 (ot turkumi:
“beda, o’t bog’lami”). Bu ikki ot nutqda turlanib, o’zaro teng bo’lgan so’z
formalarini (grammatik shakllarini) hosil qiladi:
Bog’-1: bog’ni, bog’ning, bog’ga, bog’lar... kabi.
Bog’-2: bog’ni, bog’ning, bog’ga, bog’lar... kabi.
Bunday shakllar so’z formalari sanaladi. So’z formalaridagi tenglik
omoforma omoleksemalarga ham xos (yuqorida ko’rib o’tildi). Demak, nutqda
omonimlar ham, omoformalar ham so’z formalari omonimiyasini yuzaga keltirishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |