4-kurs talabasi Ramatova Ma’mura Gulimboy qizi
Annototsiya.
ushbu maqolada o‘zbek tilidan sinfdan tashqari ishlari orqali o‘quvchilar
bilimini nazorat qilish usullari so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar
.o‘quvchi, nazorat, mustaqil, to‘g‘ri talaffuz, imlo, ifodali o‘qish
o‘quvchilar bilimini nazorat qilishda sinfdan tashqari ishlar ham muhim ahamiyat kasb
etadi. chunki sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olishini ta’minlovchi
asosiy omildir. sinfdan tashqari mashg‘ulotlarga berilgan topshiriqlar ham nazorat usullarining
bir ko‘rinishi hisoblanadi. Biz mazkur maqolada sinfdan tashqari mashg‘ulotlar orqali o‘quvchi
bilimini rivojlantirish va uni nazorat qilish masalalari xususida to‘xtaldik. sinfdan tashqari ishlar
boshlang‘ich sinflar uchun, shuningdek, tayanch sinflar uchun tashkil qilinishi mumkin.
Boshlang‘ich sinflarda o‘zbek tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish usullari.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun tavsiya qilinayotgan tadbirlar mavzuining asosiy maqsadi,
mazmuni asosan o‘zbekcha to‘g‘ri talaffuz, imlo va ifodali o‘qish yuzasidan o‘quvchilar
egallagan bilim va malakalarni takomillashtirish masalalariga qaratiladi. ayni maqsadda quyidagi
mavzularni tavsiya qilamiz:
1. «kimning nutqi ifodali?» ruknida eng yaxshi talaffuz uchun sinflar va yaqin maktablar
o‘rtasida tanlovlar tashkil qilish.
2. Tanish va notanish matndan ifodali o‘qish mashg‘ulotlari tashkil etish. Bunday
mashg‘ulotlar boshlang‘ich ta’limni bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan bir
daqiqada 70-100 so‘z tezligida o‘qish (dTs. 252) kabi minimal talabni bajarishning tajribada
sinalgan omillaridan biridir.
3. «savodxonlikning siri nimada?» ruknida o‘zbek-qoraqalpoq yoki o‘zbek-qozoq tillarida
«unli tovushlar bahslashadi», «undosh tovushlar bahslashadi», «qo‘shimchalar bahslashadi»
kabi mavzularda muloqot, munozara kechalari o‘tkazish: ota-ata; bas-bosh: kel-bel: tosh-bosh va
shu kabilar. Bu tadbirda didaktik tamoyilga amal qilish lozim: amir nima-yu amr nima? afzal
nima-yu abzal nima? me’yorida murakkablasha boradi. Bu rukn yozuv, yozma nutqqa qo‘yilgan
talablarni bajarishda samarador usuldir. (dTs. 254)
4. she’rxonlar bellashuvi - mushoira. Bu dTs da boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun
me’yor sifatida ta’kidlangan 20-25 ta she’rni yoddan ayta bilish, 12-15 ta matnni sinfdan tashqari
o‘qishga da’vat qiluvchi (dTs. 254) o‘yin-musobaqa xarakteridagi eng samarador omildir.
5. mohir maqolchilar bellashuvi. Buni tanlagan, ya’ni bahs obyekti bo‘lmish mavzu doirasi-
dagina tashkil qilgan ma’qul: a) «do‘stlik» mavzusi bellashudi. i guruh vakili aytadi: do‘stinga
qo‘shiq ayt, mehringni qo‘shib ayt. ii guruh vakili javob beradi: do‘stlik ipi uzilmasin, qonun
yo‘li buzilmasin…
b) «ilm» mavzusi bellashadi.
v) «odob» mavzusi bellashadi kabilar.
Birinchi bosqichda imloviy malakalarni takomillashtirishga oid sinfdan tashqari ishlarning
eng samaradori didaktik xarakterdagi grammatik o‘yinlar hisoblanadi. zero, grammatik o‘yin
o‘quvchining til sezgirligi-yu didi va nihoyat, iqtidori, ijodini namoyish qiluvchi asosiy omildir.
Tajribada sinalgan, ijobiy natija berib kelayotgan, o‘quvchilarni til o‘rganishga qziqtiradigan
didaktik xarakterdagi grammatik o‘yinlar (mavzulari turlari)ga ba’zi bir namunalar:
1. o‘rganilayotgan til va ona tili (o‘zb-qq, o‘zb-qozoq, o‘zb-turkman) alifbosi tartibida
o‘ngdan chapga, chapdan o‘ngga bir xil o‘qiladigan so‘zlarga misollar keltiring va ma’nosini
sharhlang. ularning har ikki tildagi shaklini xattaxtada yozib ko‘rsatib, fonetik farqlarini
tushuntiramiz. misollar: aka, amma, arra…non, …tut…qochoq.
mazkur o‘yindan tubandagi uch maqsad nazarda tutilmoqda: o‘quvchida so‘zga zaruriyat
hissini orttirish, o‘sha so‘zlarning ikki tildagi lug‘aviy ma’nosini o‘rgatish, nihoyat, ularning har
ikki tildagi imlosini o‘rgatish fikrimizcha, so‘zga chanqoq o‘quvchining ehtiyojini qondirishda
didaktik xarakterdagi grammatik o‘yin topshiriqlari eng samarador lisoniy-didaktik omildir.
100
Do'stlaringiz bilan baham: |