boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Jumayeva Iroda Nizomiddinovna
Telefoni: 93 661-87-25
Annotatsiya:
ushbu maqolada o‘quvchilarga ta’lim berishni samarali tashkil etish, ularning
xarakterlarini o‘rganish va tarbiyalash bo‘yicha qo‘llanadigan usullar, darslarda integratsion yon-
dashish haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
ona vatan, “sinkveyn”, fasllar, yarimta qovun.
Ta’lim islohotlarining hozirgi bosqichida vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishida ilg‘or
tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish, ommalashtirish va amaliyotga tadbiq etish muhim
ahamiyatga ega.
Tabiiyki o‘z ishining ustasi, bilimdoni bo‘lgan yuqori samarali pedagogik texnologiyalarni
dars jarayonida qo‘llayotgan, individual o‘z ish uslubiga ega, mas’uliyatli mutaxassislar olib
borayotgan ishlar ta’lim samaradorligini boyitish, rivojlantirish va yangiliklar bilan ravnaq
topishida muhim rol o‘ynaydi. quyida o‘z tajribamda sinagan qiziqarli usullarni taqdim
etmoqchiman.
“o‘quvchingiz qaysi faslda tug‘ilgan?” usuli. dars davomida o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan
yangi pedagogik texnologiyalar ularning xarakterini osonlik bilan bilib olishga yordam beradi.
Bunda bizlarga o‘quvchilar qaysi faslda tug‘ilganliklarini bilsak bo‘ldi. insonning tug‘ilgan kuni
nafaqat uning xarakteriga, balki o‘qishiga, qobiliyati va sog‘lig‘iga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatarkan.
shunga ko‘ra bolalarning o‘zlashtirishi, qiziqishi, qobiliyatlari kabi xususiyatlar qaysi faslda
tug‘ilganligiga ham bog‘liq ekan. o‘qituvchi o‘quvchi-yoshlar bilan ish olib borishda ushbu
qarashlarni ham inobatga olsalar ayni muddao bo‘lardi.
qish-a’lochilar tug‘iladigan vaqt. qishning sovuq kunlarida tug‘ilganlarga hayotning
dastlabki onlari qiyin kechadi. chunki ular quyosh nurini kam olishadi va toza havoda ko‘p
bo‘lmaydilar. onalari ham ba’zi darmon dorilardan bebaxra qolishada. Biroq qishda tug‘ilgan
bolalar tengdoshlaridan ko‘ra yaxshiroq o‘qisharkan. ulardan ko‘proq shifokorlar, huquqshunos
va harbiylar etishib chiqar ekan.
Bahor. uzun bo‘ylilar va tortinchoqlar mavsumi. havo isib quyosh nurlarini socha boshlaydi
va tabiatda jonlanish paydo bo‘ladi. Bu insonlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bahorda
tug‘ilganlar tengdoshlaridan ko‘ra novcharoq bo‘lishadi. ularning tabiati og‘ir tortinchoq bo‘ladi.
Tortinchoqlikni enga olganlari esa mansab borasida yaxshi natijalarga erishishi mumkin ekan.
ko‘plab ijodkor shaxslar: olimlar, yozuvchilar, aktyorlar, rassomlar bahorda dunyoga kelgan.
yoz. sog‘lom va omadli kishilar davri. Bu faslda issiq havo ham, darmondorilar ham yetarli
bo‘ladi. olimlarning aniqlashicha, yozda tug‘ilganlarning aksari omadli bo‘lar ekan. ular
kelajakka ishonch bilan qarovchi, kirishimli, o‘zlariga yuqori baho beradigan insonlardir. ularga
ish, mansab va oilaviy tomondan baxt kulib boqadi. ko‘pincha ulardan siyosatchi chiqadi.
kuz. uzoq umr ko‘ruvchilar fasli. yilning bu faslida ham turli darmondorilar etarli bo‘ladi.
Biroq yog‘inli kunlarining yaqinlashishi tufayli tushkunlik kayfiyatini keltirib chiqarishi mumkin.
olimlarning aniqlashicha, “kuzlik”lar mehnatkash bo‘lishar ekan. ulardan faylasuf ham,
o‘qituvchi ham, fermer ham chiqishi mumkin. ammo kuchli jarroh yoki sinovchi-o‘quvchilar
chiqishi dargumon. ulardan tezkorlik bir zumda aniq qarorga kelish qobiliyati etishmaydi. kuzda
chapayqaylar ko‘p tug‘ilarkan. ma’lumki, unday kishilarda ijodiy salohiyat yuqori bo‘ladi.
qiziqarli masala va matematik topshiriqlar.
yarimta qovun qani? dehqon bozorga qovun olib keldi.Birinchi kelgan xaridorga hamma
qovunlarning yarimini va yana yarimta, ikkinchi xaridorga qolgan qobunlarning yarmini va yana
yarimta, uchinchi xaridorga qolgan qovunlarning yarmini va yana yarimta berdi.shundan so‘ng
o‘ziga hech vaqo qolmadi.
savol: dehqon bozorga nechta qovun olib kelgan?
Javob: 7 ta
76
Do'stlaringiz bilan baham: |