4. Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. – Т., 1987.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.
Ko`Chirma gap haqida ma‘lumot bering.
2.
O`zlashtirma gapning o`ziga xos xususiyatlari.
3.
Ko`Chirma gapda tinish belgilarining ishlatilishi.
16-ma’ruza. Murakkab sintaktik butunliklar.
Reja:
1. Murakkab sintaktik butunliklar.
2. Gapning kirish va kiritma kengaytiruvchilari.
3. Matn.
Gap undalma bilan ham kengayishi mumkin. Undalma gap tarkibidagi
II shaxs
kishilik olmoshi bo`lgan so`zshakl ma‘nosini muayyanlashtiruvchi unsur bo`lib, u
mantiqan so`z kengaytiruvchisi maqomida bo`ladi. Biroq u kengayayotgan so`z bilan
bog`langanda, grammatik aloqaga ega emas. Undalma mazmunan bog`langan
so`zshakl nutq yo`naltirilgan shaxs yoki narsa predmetni ifodalaydi.
Undalma
vazifasida, odatda, bosh kelishikdagi ot, ba‘zan otlashgan so`zshakllar keladi.
Demak, undalma gap lisoniy strukturasiga bevosita daxldor bo`lmagan, gap
tarkibidagi ifodalangan yoki ifodalanmagan ikkinchi shaxs olmoshining so`z
kengaytiruvchisi hisoblanadi. Ajratilgan bo`lak ajralmish bo`lak bilan mazmunangina
munosabatga
kirishganligi kabi, undalma ham nutq yo`naltirilgan shaxs,
predmet
bilan mazmuniy bog`lanishga ega bo`ladi.
Undalma kengaytirgan olmosh so`zshakl gapning barcha bo`laklari, bo`lakning
kengaytiruvchilari,
qolaversa, bo`lak bo`laklarining kengaytiruvchilari bo`lishi
mumkin.
Kesim: Do`stim, ishonganim sizsiz.
Ega: Oybek, (sen) maktabga kechikyapsan.
Hol: Salim, sen tufayli murodimga yetdim.
Aniqlovchi: Gulbadan, sening muhabbating dilingda pinhon.
To`ldiruvchi: qarchig`ay changalim, senga yo`l bo`lsin.
Undalma qo`llanganda u kengaytirgan so`z tushib qolishi ham mumkin. 1.Ey
SHarqning bo`stoni, dilimga payvand! 2.Kel, ey Furqat, suxanni muxtasar qil.
So`zlovchining
nutqi qaratilgan shaxs, predmetni ifodalovchi so`zshakl gap
tarkibida yo`q va uni tiklab ham bo`lmasligi mumkin: 1.Hay qizlar, mana bo`ldi pora-
pora paranji. 2. Yigitcha, mashina jo`nayapti. Ammo baribir, undalma ifodalanmagan
ikkinchi shaxs olmoshi mazmunining muayyanlashtiruvchisi ekanligi ma‘lum bo`lib
turadi.
Undalma vazifasida qo`llanadigan so`zlar:
1.Ot: Xola, bemahalda nima qilib yuribsiz?
2.Otlashgan so`zlar: 1.Ko`rganlar, gapiring. 2. Tentagim, nima deysan? 3.
Birinchi, men ikkinchi!
Undalma kengayishi ham mumkin: 1. Yaxshi yigit, sevganingdan ayrilma. 2. Oq
ilon, oppoq ilon, oydinda yotganing qaniq
Undalma uyushishi ham mumkin. Bunda nutq turli narsalarga qaratiladi.
Daraxtlar, bo`stonlar, sizdan so`rayman.
Undalma gapning barcha o`rinlarida kela oladi.
Gap boshida kelganda uni
ochadi, oxirida esa yopadi: 1. Aziz do`stim, omonmisan?- 2.Omonmisan, aziz
do`stim.
Undalma mustaqil gap sifatida ham bo`lishi mumkin: 1. Opa!
Sen ham odam
edingmi? 2.Bola qichqirdi: «Dada!»
Do'stlaringiz bilan baham: