Mavzuning tarixshunosligi:
1987 yil 22 martda Parijda «Temuriylar davri tarixi
va san’atini o’rganish Fransuz-O’zbek madaniy hamkorligi Uyushmasi tuzildi. Bu
uyushmaning asoschilari va rahbarlari professor L. Keren va doimo o’zbekona
liboslar kiyib yuradigan Frederik Bopartyus-Bressan xonimdir.Uyushma Amir
Temur va temuriylar davri tarixi va madaniyatini targ’ib qilish borasida dunyoda
birinchi tuzilgan tashkilotdir. Uning asosiy maqsadi Amir Temur va temuriylar
madaniyati va san’ati, Buyuk Ipak yo’lining muhim qismi, Sharq va G’arb
madaniyatlarining chorraxasi bo’lmish Markaziy Osiyo tarixi va uning jahon
sivilizatsiyasiga qo’shgan ulkan xissasi bilan keng Fransuz ommasini tanishtirishdan
iborat.Bu boradagi amaliy harakat sifatida 1989 yildan beri Uyushma o’zining
«Temuriylar» nomli davriy nashrinnng 15 ta sonini chop etdi. Bu jurnallarda Amir
Temur va temuriylar davri tarixi, madaniyati va san’ati to’g’risida qimmatli maqola
va ma’lumotlar bosilgan (maqolalar ro’yhati ushbu risolaning ilovasida keltiriladi).
. Amir Temur tarixi manbalari Yevropa olimlari nazdida. L. Kerenni ta’kidlashicha
Temurbek shaxsi va «Tuzuklariga» kelganda eng mashqqati ularni o’sha davr
ruhida o’rganishdir. Temur tarjimai xoli yana shu bilan maroqliki, u noyob, o’ta
qobiliyatli, harbiy, boshqaruv, san’at va siyosat kabi turli jabxalarda faoliyat
ko’rsatgan shaxs. Agar uning nasliy kamtarinligini va o’sha Movarounnaxrdagi taxt
uchun shiddatli ko’rashlar davrida xukmdorlikni qo’lga kiritishda qanchalik kuch
sarflaganini olib qaraydigan bo’lsak o’zining barcha rejalarini amalga oshirishdagi
zafarlari mo’jizali ko’rinadi. Bunda o’tmishdagi voqea va shaxslar xayotidan
namunalar keltirish va qayyoslashga asoslanuvchi tarixchilar e’tiborini tortadigan
alohida bir holat bor.
Temurbek beqiyos, uning miqyosi yuq. Biz Soxibqironning tarixiga doir
Ashyoviy tomonlarni turli mamlakat solnomachilari tuzgan hujjatlar tufayli
bilsakda, uning xukmdorligi, bashorat qobiliyati, zukkoligi va kuchli irodasi bilan
do’st va muxolif kishilar hamda voqealarni idora qilish qo-biliyati sirligicha qoladi.
Ayni uning idora qilish qo-biliyati XV asrdan beri tarixchilarni chalgitib, uning
hukmdorligi va muzaffarligi jumboqlariga yechim topulmagan tarjimai xol
mualliflarini bezdirib kelmoqda. Xatto yirik Fransuz tarixchisi Rene Grussening
«Sahro Sohibqironi» nomli yirik asarida Temur xaqida mantiqsiz jumlalar
uchraydiki, ular Temur shaxsini asoslashda tarixchilar oldida turgan govlarni
eslatadi. Bulardan asosiylari «Zafarnoma» nomi bilan mashhur tarixiy
solnomalardir. Bu muhim manbalar o’sha davrdagi kishilar, mamlakatlar, voqealar,
janglar, urf-odatlar va xokazolar haqidagi qimmatbaho ma’lumotlarga juda boy.
Lekin ular Temur avlodlariga xushomad ma’nosidagi qasidalardir. Birinchisi
Nizomiddin Shomiyning «Zafarnomasi» Temur zamonasida bitilgan, lekin
Temurning o’zi tomonidan rad etilgan asar.
Do'stlaringiz bilan baham: |