55-b
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi:
Mustaqilikka erishganimizdan boshlab mamlakatimiz
hayotida tub o’zgarishlar yuz berdi. O`z mustaqilligini qo`lga kiritgan O`zbekiston
Respublikasi milliy davlatchiligini barpo qilish bilan bir qatorda xalqaro maydonda
ham o`zining barqaror tashqi va ichki siyosati, buyuk va qadimiy tarixi,
takrorlanmas ma`naviy merosi va milliy qadriyatlari bilan dovrug` tarata boshladi.
Garchi mustabid sho`rolar hukmronligi davrida O`zbekiston tarixi fani to`laqonli
tadqiqotini amalga oshira olmagan bo`lsada, o`zining boy tarixiy merosini ko`z
qorachig`idek asrab keldi. Bu tarix sahifalari xalqimizning boy o`tmishini
bizgacha yetkazib bera olgan qo`lyozma asarlarimiz va xalqimizning xotirasi
edi. Ma`naviy hayotning ajralmas qismi bo`lgan tarixga yangicha ko`z bilan,
xolisona, ilmiy jihatdan hech bir mafkuraviy aqidasiz yondashish imkoniyati bo`ldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek,
,,xalqimizning ana shunday boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy merosini har
tomonlama o’rganish, jahon afkor ommasiga keng tanishtirish”
1
bugungi kunda
tarixchilar oldida turgan vazifadir.
,,Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o`lkaning, davlatimiz hududining xolis va
haqqoniy tarixini tiklash, milliy o`zlikni anglash, ta`bir joiz bo`lsa, milliy iftixorni
tiklash va o`stirish jarayonida g`oyat muhim o`rin tutadi”, - deb ta`kidlagan edi
O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov
2
.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev uchrashuvlardan birida,
dunyoga dovrug' solgan Sohibqiron Amir Temur haqida gapirib, shuncha buyuk
ishlarni bobomizning bir o'zlari qilmagandurlar, yonlarida kimlar bor edi, ularni
ham bilishimiz kerak, degan edilar. Juda o'rinli fikr. Bu fikrga baholi qudrat javob
berishni o'z burchimiz deb bildik. Sohibqiron Amir Temurning yonida hamsaf va
unga muxolif sifatida kurashgan sarkardalarning son-sanog'i yo'q. Lekin ko'zga
ko'ringan sarkardalar haqida mashhur tarixchilar G'iyosiddin Alining “Hindiston
g'azovoti kundaligi”, Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” va Sharafiddin Ali
Yazdiyning “Zafarnoma” nomli kitoblarida ozmi-ko'pmi ma'lumotlar keltirilgan.
Bevosita sarkardalar mavzusiga o'tishdan oldin, umuman, janglarda kuragi yerga
tegmagan Sohibqiron zakovatini, Turon saltanatining harbiy salohiyatini anglamoq
uchun Amir Temur zukkolik bilan barpo etgan, boshqargan, dunyoda yengilish nima
bilmagan g'olib va muzaffar Turon lashkari tartibotini ko'rib chiqish maqsadga
muvofiqdir.
1. Mirziyoyev.Sh.M. Milliy taraqqiyotimizning qattiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. T.:
O’zbekiston,2017.-B.468.
2. O’zbekiston Respublikasi Birirnchi Prezidenti Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari.-T.: O`zbekiston,1997.-b.140.
Do'stlaringiz bilan baham: |