Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturining



Download 11,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/33
Sana30.04.2022
Hajmi11,47 Mb.
#596618
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
Bog'liq
undp brochure uz

34
35
BMTTDNING 
MAZKUR SOHADA 
OLIB BORAYOTGAN 
FAOLIYATI 
MUQOBIL ENERGIYA 
MANBALARI VA 
OQILONA ISHLAB 
CHIQILGAN 
INSHOOT 
LOYIHALARI TIBBIY 
YORDAMNING 
SIFATINI 
YAXSHILASHGA, 
“ISSIQXONA 
GAZLARINI” 
QISQARTIRISH 
VA ENERGIYANI 
TEJASHGA 
YORDAM BERISHI 
MUMKINLIGINI 
ISBOTLAB 
KELMOQDA.
Hikoya: 
TOZA ENERGIYA SOG‘LIQNI SAQLASHGA 
YORDAM BERADI
O‘zbekistonning qishloq vrachlik punktlari aholiga yuqori sifatli xizmatlarini ko‘rsatishi 
uchun ularga ishonchli barqaror energiya ta’minoti zarur ekanligi sir emas. Shuni yaxshi 
anglagan BMTTD Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyatida to‘rtta qishloq 
vrachlik punktini quyosh energiyasini hosil qiluvchi panellar va elektr ta’minoti o‘chib 
qolgan vaqtlarda ishga tushadigan generatorlar bilan jihozlab berdi. Mazkur tashabbus 
tufayli tibbiy tahlillar o‘z vaqtida amalga oshirilishi, barcha uskunalar sterillangan bo‘lishi, 
dori-darmon, vaksinalar kerakli haroratda saqlanishi ta’minlandi. 
Ijtimoiy inshootlar ichida doimiy haroratni saqlab turish uchun – ayniqsa ob-havo so‘vib 
ketishi yoki isib ketishi mavsumlarida – BMTTD mazkur inshootlarning yangi loyihalarini 
taklif etdi. Mazkur loyihalarda suvni quyosh energiyasi orqali isitish tizimi, eshik, oyna va 
patiklarning issiqlik izolyatsiyasi yaxshilanishi ko‘zda tutilgan. 
BMTTDning mazkur sohada olib borayotgan faoliyati muqobil energiya manbalari va 
oqilona ishlab chiqilgan inshoot loyihalari tibbiy yordamning sifatini yaxshilashga, “is
-
siqxona gazlarini” qisqartirish va energiyani tejashga yordam berishi mumkinligini isbot
-
lab kelmoqda.


36
37
Asosiy mavzu:
SUD TIZIMI TAKOMILLASHMOQDA
Sud tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar ishlari 
bo‘yicha sudlarning ochiqligi, oshkoraligini ta’minlash 
O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqur
-
lashtirish va fuqarolik jamiyatini shakillantirishga qara
-
tilgan chora-tadbirlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri 
desak xato bo‘lmaydi.
Respublika bosqichma-bosqich sudlarni ixtisoslashti
-
rish va shikoyat sudi orqali sudlarni ular uchun ik-
kinchi darajali bo‘lgan vazifalardan ozod etish kabi 
islohotlarni amalga oshiraboshladi.Shunga qaramas
-
dan, sud jarayonini yanada ochiq, oshkora, shaffof va 
samarali bo‘lishini ta’minlash borasida qilinishi lozim 
bo‘lgan ishlar talay.Sud ishlarini ko‘rib chiqish jarayo
-
nini tezlashtirish maqsadida BMTTD fuqarolik ishlari 
bo‘yicha sudlarning faoliyatini o‘rganib chiqishga qa
-
ratilgan tashabbusini amalga oshirib, mazkur tashab
-
bus natijalari asosida bu sudlar ichida joriy etilgan 
tartib-taomillarni takomillashtirish bo‘yicha o‘z takli
-
flarini berdi.
BMTTD O‘zbekistonning sud tizimiga zamonaviy ax
-
borot va kommunikatsiya texnologiyalarni tadbiq qil-
ishga, interaktiv sud xizmatlari va eletron hujjat almash
-
inuvi tizimini joriy etishga qaratilgan keng ko‘lamdagi 
ishlarini boshlab yuborgan. Jumladan, 2013 yilda BM
-
TTD O‘zbekiston Hukumati va milliy mutaxassislar bi
-
lan birgalikda tajriba tariqasida “E-SUD” elektron sud
-
lov tizimini joriy etib, Toshkent viloyatining sud tizimi 
fuqarolar uchun yanada qulay bo‘lishini ta’minladi. 
“E-SUD” tizimi fuqarolardan arz va shikoyatlarni qabul 
qilish, ularni ko‘rib chiqish, ularga javob berish kabi sud 
jarayonlarini bir necha karra tezlashtirib, kamxarajat 
qilishga yordam beradi. Mazkur tizimdan foydalanish 
uchun unda elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tib, tegishli 
blanklarni to‘ldirishning o‘zi kifoya. Shu tarzda beril
-
gan arz va shikoyatlar sudlar tomonidan ko‘rib chiqilib, 
ular yuzasidan qabul qilingan qarorlarni ham elektron 
tarzda olish mumkin. Qolaversa, tizimda barcha sud 
tartib-taomillari bo‘yicha to‘liq ma’lumot olish mumkin.
Hozirda “E-SUD” tizimi fuqarolar ishlari bo‘yicha Zan
-
giota tumanlararo sudida joriy etilgan bo‘lib, mazkur 
tizim orqali jami 55610 arizalar qabul qilingan, va bu 
ko‘rsatkich har yili o‘sib borishi kutilmoqda. Mazkur 
elektron sudlov tizimining joriy etilishi natijasida endi
-
likda fuqarolar sudga kelib-ketishi zaruriyati kamayib, 
sudyalarning ish yuki ham sezilarli darajada qisqardi. 
Shuningdek, BMTTD Zangiota tumanlararo sudiga 
kelib tushuvchi arizalarni tartiblashtirish va tizimlashti
-
rishga ham yordam berdi. Natijada “E-SUD” tizimining 
Toshkent shahridagi uchta tumanlararo sudiga tadbiq 
etilishi rejalashtirilgan.
“E-SUD” tizimini tajriba tariqasida hayotga tadbiq 
qilinishining natijasida axborot va kommunikatsiya 
texnologiyalarni barcha sohalarda joriy etish mil
-
liy dasturi yanada takomillashib, endilikda “E-SUD” 
tizimi O‘zbekistonning barcha 75 ta fuqarolar ish
-
lari bo‘yicha sudlarida joriy etilishi ko‘zda tutilgan. 
Qolaversa, O‘zbekiston hukumati viloyat sudlari va 
Oliy sudda ham “E-SUD” tizimini joriy etishni re
-
jalashtirgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Markaziy Osiyo-
da “E-SUD” tizimini joriy etgan ilk mamlakat hisoblana
-
di. MDH miqyosida Rossiya Federatsiyasi va Ukraina 
ham o‘zlarining elektron sudlov tizimini amalga tadbiq 
qilmoqda.



Download 11,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish