Bunday muhit, bunday holat hokim bo‘lgan jamiyat shuning uchun ham kuchli va
mahkamlanib boradiki, u erdagi qonunlar, tartiblar, vaziyat o‘sha erdagi insonlarning, o‘sha
jamiyat a’zolarining manfaatlariga to‘g‘ri bo‘lib bu odatlar bora-bora o‘sha insonlarning tabiatiga
aylanadilar.
SHunday xayoliy jamiyat haqidaga orzu va ideal tasvirini Hazrat Navoiyning boshqa
asarlarida ham uchrab turadi. CHunonchi:
Shunday olam istagimki, ahli olam bo‘lmasin,—
Undayu ham olam ahli zulmidan g‘am bo‘lmasin.
Unda na kunduzda mazlumlar ko‘zida seli qatl,
Hech g‘aribning kiymishi tunlarda motam bo‘lmasin.
1
Alisher Navoiy bunday xayoliy, jamiyat g‘oyasi bilan yurakdan shod edi, u bu shirin
xayoldan huzurlanar edi. Lekin shu bilan birlikda bu orzu, xayol uning qalbini tirnar, unga azob
berar edi. Bu o‘sha vaqtlardagi hokim sharoitlarda qonuniy narsa edi. Lekin shunga qaramasdan
Navoiy kelajakda bu “muammo”ning hal bo‘lishiga,— orzuning ushalishiga va idealning amalga
oshishiga ishonar edi.
Navoiy
fikricha, podshoh xalqning ham odil otasi, ham sodiq o‘g‘lidir. U xalqini,
uning molini, mulkini, baxtini, osudaligini daxlsiz narsa deb saqlaydi, ularni bo‘rilardan
qo‘riydigan posbon bo‘ladi. Podshoh mamlakatning, xalq bog‘larining g‘amxo‘r bog‘bonidir.
U, o‘zining butun xarakatlarida ilmu adolat prinsiplariga asoslanadi, shularning tantanasini
tamin etish uchun intiladi, u o‘zining butun harakatlarida birinchi navbatda xalqning
manfaatlarini ko‘zlashlikni nazarda tutadi.
Podshoh
davlatni, hokimiyatni o‘ziiing shaxsiy nafslarini, xirslarini ta’min etish vositasi
deb tushunmaydi. Davlatga, xokimiyatga u, xalq muassasasi, mamlakat korgohi, o‘ziga esa, uni
idora etish uchun shu xalq tarafidan qo‘yilgan rahbar, boshqaruvchi sifatida qaraydi. Demak,
podshoh davlatga, hokimiyatga o‘zining
xususiy mulki deb qaramasdan, uni mamlakatda adolat,
tinchlik o‘rnatish, saqlash, xalqning istaklarini, orzularini amalga oshirish quroli deb tushunadi.
Podshoh, uning rahbarligidagi davlat mamlakatda adolat o‘rnatishga, xalq orasida
maorifni yoyishga, ilm, madaniyat nurlari bilan mamlakatni, xalq hayotini yoritishga intiladi,
zulmat va jaholatni yo‘qotish yo‘lida urinadi.
Navoiy podshohlarga, umuman hokimlarga shunday yo‘l-yo‘riq va maslahatlar beradi,
ularga shunday dasturini tuzib beradi:
Xaloyiqqa ko‘rma, qilib benavo
O‘zinga ravo ko‘rmaganni ravo!..
Yoki
Qozi daf’ig‘a solibon elga ranj,
G‘alatdur tama’ aylamoq molu ganj...
8
.
Navoiy podshoh bilan xalq orasida mana shunday birlikning bo‘lishini orzu qildi, ularning
orasida mana shunday hamdamlik va munosabatni istadi. Hazrat
podshohning yaxshi yoki
yomonligini ko‘p jihatdan xalqning “qo‘li” va “Ko‘zi” bilan o‘lchaydi, shohning yaxshi yo
yomonligini uning xalqqa, xalqning manfaatlariga munosabatiga ko‘ra belgilaydi. SHuningdek,
alloma mamlakatning, jamiyatning yaxshilanishida, hokimlarning aqlli, insofli, tadbirli, odil
bo‘lishida, mamlakatning gullashida, xalqning xushbaxt bo‘lishida olim hamda ilmlarning
rolini, ahamiyatini juda yuksaklikka ko‘taradi va aytadiki, agar hokimlar haqiqiy hayotiy fanlar
bilan shug‘ullansalar, qurollansalar yaxshini yomondan ajrata oladilar, zararlilarni bilib ularni
yo‘qotadilar, ularning o‘rniga
xalq uchun, mamlakat uchun, davlat uchun foydalilarni
o‘rnatadilar, yomonga yo‘l qo‘ymaydilar, yaxshini hurmatlaydilar.
1
Шоир Васфий таржимаси. (девони “Фоний”дан).
8
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами –Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти,
2011. 839-841-бетлар.
Alisher Navoiy axloqiy fazilatlarning qarama – qarshisi bo‘lgan tuban illatlar –
munofiqlik, yolg‘onchilik, sotqinlik, ochko‘zlik, xudbinlik kabilarni qoralaydi. Chunonchi,
“Yolg‘onchi - kishi emas, yolg‘on aytmoq mardlar ishi emas. Yolg‘on so‘z deguvchini beobro‘
qilar, chunki u gavharni oddiy toshdek xor qilar”
9
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, buyuk mutafakkir allomalarimiz
merosidavlat xizmatidagi xodimlarni komillik sari etaklovchi mayoq bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: