Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan. Ma’ruzalar matnining



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/231
Sana30.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#596281
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   231
Bog'liq
Umumiy farmokologiya Ma\'ruza matni-конвертирован

Ammiak eritmasi 
(Solutio ammonii caustici)-nashatir spirt shisha ballonlarda 
yoki tiqini yaxshilab bekitiladigan shishachalarda va ampulalarda 1 ml dan chiqariladi. 
Yuqori nafas yo‘llari retseptorlarini qo‘zg‘atib, nafas markazini reflektor yaxshilaydi. 
Behushlik holatida nafasni qo‘zg‘atish uchun qo‘llaniladi. Buning uchun nashatir spirtga 
ho‘llangan paxta bo‘lakchasini burun teshiklariga yaqinlashtiriladi. Ba’zan alkogoldan 
zaharlanishda 100 ml suvga 5-10 tomchidan qo‘zg‘atuvchi vosita sifatida ichishga 
tayinlanadi. 
Xirurgiya amalivotida jarrox qo‘lini Spasokukotskiy va Kochergiv metodi 
bo‘yicha yuvish uchun ishlatiladi (nashatir spirt mikrobga qarshi ta’sir ko‘rsatadi). 


Rp.: Sol. Ammonii Caustic! 50 ml 
D.S.Hushdan kctishda nashatir spirtga ho‘llangan paxtani burunga 
yaqinlashtirilsin. 
Tozalangan terpentin moyi 
(Oleum Terebinthinae rectificatum). Sinonimi: 
skipidar. Flakonlarda 50 ml dan va 20% li malham ko‘rinishida chiqariladi. 
Teriga osonlikcha kirib, sezuvchan nerv oxidarini ta’sirlantiradi. 
20 % li malham va 40-50 % li linimentlar ko‘rinishida surtish uchun sirtga, 
shuningdek skipidar vannalar holida (balneologiyada) qo‘llaniladi, jigar va buyrak 
kasalliklarida ishlatib bo‘lmaydi. 
Rp.: Ol.Terebinthinae rectificati 20 ml 
D. S. Bir stakan qaynab turgan suvga 10-15 tomchidan ingalyatsiyalar 
uchun. 
Gorchichniklar 
(Charta Sinapis) yog‘sizlantirilgan qora xantal unidan 
tayyorlangan kukun surtilgan qog‘oz varaqlaridan iborat. Ularni iliq (laxminan 40° C) 
suvda ho‘Ilanadi. Bunda iliq suvda (sovuq yoki issiq suvda emas) fermentativ reaksiya 
natijasida ta’sir qiladigan modda - achishtiruvchi xossasini vujudga keltiradigan xantal 
efir moyi hosil bo‘ladi. 
Nafas organlari kasalliklarida, stenokardiyada (yurak sohasiga), mushaklar va 
nervlar yallig‘langanda qo‘llaniladi. 
Gorchichniklar teriga 5-15 minut achishish sezgisi paydo bo‘lgunicha va teri 
yuzasi qip-qizarguncha qo‘yiladi. 
Kamfora 
(Camphora). Kukun qilib maydalangan kamfora, moydagi 20 % li 
eritmasi 1-2 ml dan solingan ampulalar, o‘rovida 10 dona; sirtga ishlatish uchun 30 ml 
dan flakonlarda chiqariladigan 10% li kamfora moyi (Oleum camphoratum ad usum 
externum); 80 va 40 ml dan chiqariladigan kamfora spirt (Spiritus camphoratum). 
O‘tkir va surunkali yurak yetishmovchiligi, gipotonia, kollaps, infeksion 
kasalliklar, pnevmonia, yiringli plevritda, narkotiklar bilan, uxlatadigan dorilar bilan 
zaharlanishda qon aylanishining izdan chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik va bunga davo qilish 
uchun ham qo‘llaniladi. 
Moydagi 20 % li eritmasi 1-5 ml dan teri ostiga yuboriladi; maydalangan kamfora 
0,1-0,2 g dan ichiladi. Revmatizm, artritlar va boshqalarda 10 % li kamfora moyi 
ko‘dnishida sirtga iylash uchun; kamfora spirt (1 qism kamfora, 7 qism etil spirt va 1 
qism suv) badanga iylash va yotoq yaralarning oldini olish uchun ishlatiladi, 
Nojo‘ya ta’siri: preparat tomirlar yo‘liga tushib qolib moy emboliyalari paydo 
bo‘lishi mumkin. Ba’zan badanga eshakcm, skarlatinasimon toshma toshishi, odam 
besaronjomlanib, alahlashi, talvasaga tushishi mumkin. 
Ishlatishga yo‘l qo‘ymaydigan moneliklari. O‘tkir endokarditlarda, yirik tomirlar 
anevrizmasida bu preparat ehtiyotlik bilan ishlatiladi. 
Kapsin 
(Capsinum). Flakonlarda 50 ml dan chiqariladi. 
Radikulitlarda, nevtitlar, miozitlar, armtlarda badan sirtiga iylash uchun 
qo‘llaniladi. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish