Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan. Ma’ruzalar matnining


Me’da shirasi sekretsiyasi oshganda qo‘llanadigan vositalar



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/231
Sana30.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#596281
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   231
Bog'liq
Umumiy farmokologiya Ma\'ruza matni-конвертирован

 
Me’da shirasi sekretsiyasi oshganda qo‘llanadigan vositalar.
Me’da shirasining oshgan sekretsiyasi unda xlorid kislota miqdorining oshib 
ketishiga olib keladi va me’da shilliq pardasiningyallig‘lanishi (gastrit), pilorusning 
spastik qisqarishlari va me’da hamda o‘n ikki barmoq ichakda yaralar hosil bo‘lishi bilan 
o‘tadi. 
Xlorid kislotani neytrallaydigan dori moddalari a n t a t s i d vositalar deyiladi. 
Ularga ishqorlar - natriy gidrokarbonat, magniy oksid kiradi. 
Antatsid preparatlarning ta’siri uzoqqa cho‘zilmay, hammasi bo‘lib bir necha 
soatga boradi. Odatda me’da bezlari sekretsiyasi oshgan bemorlarga davo qilish uchun 
antatsid vositalar xolinoblokatorlar (atropin sulfat, belladonna ekstrakti, pirilen) bilan 
birga qo‘llaniladi ular o‘z navbatida shira ajralishini pasaytiradi va kislotalikning 
kamayishiga imkon beradi. 
Natriy gidrokarbonat (Natrii hydrocarbonas). Kukun va tabletkalarda 0,5 g dan, 
ampulalarda 20 va 50 ml dan 3% va 5% li eritmalar ko‘rinishida chiqariladi. 
Natriy gidrokarbonatni ovqatgacha qabul qilish hazm bezlari aktivligi pasayishiga, 
ovqatdan key in qabul qilish esa me’da shirasi xlorid kislotasining tez neytrallanishiga 
olib keladi. Biroq natriy gidrokarbonatdan takror foydalanish tavsiya etilmaydi, chunki u 
xlorid kislota bilan o‘zaro ta’sirga kirishganda sekretsiyani ikkinchi marta 
kuchaytiradigan karbonat kislota hosil bo‘ladi. Bu noxush ta’sirni bartaraf etish uchun 
natriy gidrokarbonat xolinoblokada qilinadigan va o‘rab oladigan moddalar bilan birga 
tayinlanadi. 
Ichishga bir qabulga 0,5-1 g dan ovqatdan 30-60 min oldin yoki undan 1 -1z2 soat 
o‘tgach tayinlanadi. 
Natriy gidrokarbonat organizmda ishqoriy reaksiya vujudga keltiradi, shuning 
uchun qandli diabctda, reanimatsiya davrida, operatsiyalar vaqtida va boshqa hollarda 
rivojlanayotgan aisidozga (qayta oksidlanishga) qarshi kurashish uchun tayinlanadi. 
Magniy oksid (Magnesii oxydum). Kukunda chiqariladi. 
Natriy gidrokarbonaldan farqli ravishda me’da shirasidagi xlorid kislotani 
karbonal kislota hosil qilmay neytralizatsiya qiladi va bu ikkilamchi gipersekrctsiya 
qo‘zg‘atmaydi. Ncytrallaydigan ta’siri bo‘yicha natriy gidrokarbonatdan ustunlik qiladi. 
Jig‘ildon qaynashi bilan o‘tadigan me’da shirasi kislotaligi oshganda, kislotalardan 
zaharlanishda va yengil surgi dori sifatida qo‘llaniladi. 
Ichishga 0,25; 0,5 va 1 g dan tayinlanadi. 
Alyuminiy gidroksid (Aluminii hydroxydum). Kukunda chiqariladi. Me’da va o‘n 
ikki barmoq ichakning yara kasalligida, giperatsid gastrit, ovqatdan zaharlanishda
buyrak yetishmovchiligida bo‘Iadigan giperfosfatemiyada qo‘llaniladi. Preparatni 
giperfosfatemiyada tayinlash fosfatlar bilan erimaydigan alyuminiy gidroksid birikmasi 


hosil qilishiga asoslangan bo‘lib, bu ularning me’da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini 
qiyinlashtiradi. 
Ichishga suspenziyada 1-2 choy qoshiqdan kuniga 4-6 marta tayinlanadi. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish