foydalangan holda realizatsiya qilinishi mumkin.
Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvo
fi
q tovarlarni
(ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) iste’molchiga
shartnoma tuzilguniga qadar davlat tilida yoki tara
fl
arning kelishuviga ko‘ra boshqa tilda
quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishi kerak:
sotuvchining (ijrochining) nomi, uning manzili va shikoyatlarni qabul qilish tartibi;
ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) to‘liq nomi va joylashgan eri (yuridik
manzili), import qilinadigan tovarlar uchun esa ishlab chiqaruvchining hamda import
qiluvchining nomi va joylashgan eri (yuridik manzili);
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) asosiy iste’mol xususiyatlari va o‘ziga xos
xususiyatlari;
litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning QR-kodi (matritsali shtrix kodi);
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) narxi, yetkazib berish narxi va to‘lov shartlari;
ishlab chiqaruvchining (bajaruvchining) ka
fi
llik majburiyatlari, tovarni ta’mirlash shartlari,
shuningdek uni saqlash bilan bog‘liq xizmatlar;
shartnomani bajarishning boshqa shartlari;
agar davriy ravishda tovarlarni yetkazib berish, xizmatlar ko‘rsatish yoki ishlarni bajarish
nazarda tutilgan bo‘lsa, shartnomaning eng kam amal qilish muddati;
tegishli shartnomani tuzish uchun takli
fl
arni qabul qilish muddati;
shartnomani bekor qilish tartibi.
Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuzilgan shartnoma bekor qilinganda, sotuvchi
(ijrochi) iste’molchiga tovarni qaytarib berish amalga oshiriladigan joy to‘g‘risida xabar berishi
kerak.
Tovarni namuna va (yoki) uning tavsi
fi
bo‘yicha realizatsiya qilish chog‘ida sotuvchi (ijrochi)
namunaga va (yoki) tavsifga muvo
fi
q bo‘lgan tovarni taqdim etishi, shuningdek iste’molchiga
tovarni qabul qilib olishida uning butligini, yaroqliligini va iste’mol xususiyatlari to‘liq
saqlanganligini tekshirish imkoniyatini berishi shart. Agar tovar namunaga va (yoki) tavsifga
muvo
fi
q bo‘lmasa, sotuvchi (ijrochi) iste’molchini bu haqda oldindan xabardor qilishi kerak. Tovar
namunaga va (yoki) tavsifga muvo
fi
q bo‘lmagan hollarda, iste’molchi uni almashtirishni yoki pul
summasini qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
Tovarni qaytarib berish bilan bog‘liq barcha xarajatlar sotuvchining (ijrochining) zimmasida
bo‘ladi.
Iste’molchining aybisiz yetkazilgan shikastlantirishlar, shuningdek tovarni ko‘zdan kechirish
va uni tekshirib ko‘rish maqsadida qadog‘ini ochish sababli tovar qiymatining pasayishi
iste’molchini shartnomani bekor qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Agar shartnoma bekor qilinganidan keyin iste’molchi to‘lagan pul summasi shartnomada
belgilangan muddat ichida unga sotuvchi tomonidan qaytarilmasa, sotuvchi iste’molchiga
shartnomada belgilangan muddatlardan ortiq har bir kechiktirilgan kun uchun qaytarilishi lozim
bo‘lgan pul summasining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to‘laydi. Bunda neustoykaning
(penyaning) miqdori qaytarilishi lozim bo‘lgan pul summasidan oshib ketishi mumkin emas.
Neustoykaning (penyaning) to‘langanligi sotuvchini shartnoma bekor qilinishi munosabati bilan
yuzaga keladigan majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.
(28 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son — 2022-yil 19-
apreldan kuchga kiradi)
Do'stlaringiz bilan baham: