Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida 1-modda. Ushbu Qonunda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar


 -modda. Davlat boshqaruvi organining ko‘rsatmasi ustidan shikoyat qilish



Download 180,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/21
Sana30.04.2022
Hajmi180,72 Kb.
#596040
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
221-I-сон 26.04.1996. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida

27 -modda. Davlat boshqaruvi organining ko‘rsatmasi ustidan shikoyat qilish
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) davlat boshqaruvi organining ko‘rsatmasi ustidan
bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga
shikoyat qilishga haqli.
Davlat boshqaruvi organining ko‘rsatmasi ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi
organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi sudga shikoyat qilish huquqini istisno
etmaydi.
Davlat boshqaruvi organining ko‘rsatmasi ustidan sudga shikoyat qilinishi uning ijro
etilishini sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar to‘xtatib turadi, bundan
favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘iga boshqa haqiqiy xavf
yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatmalar mustasno.
(27 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
28-modda. Moliyaviy xizmatlar sohasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish
Moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadigan ijrochi o‘zining tugatilishi yoki bankrot bo‘lishi ehtimolini
nazarda tutgan holda iste’molchining talablarini qondirish maqsadida o‘z javobgarligini sug‘urta
qildirishi shart.
Moliyaviy xizmatlar ijrochisi iste’molchiga yetkazilgan zarar uchun o‘zining javobgarligi
to‘g‘risida sug‘urta shartnomasi borligi haqida iste’molchiga axborot berishi shart.
Oldingi
 
tahrirga
 
qarang.
28 -modda. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) axborot tizimlaridan foydalangan holda
realizatsiya qilishda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) namunalar va (yoki) ularning tavsi

bo‘yicha axborot tizimlaridan
1
1
1
221-I-
сон
26.04.1996. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida
https://lex.uz/docs/-4704
15 of 17
4/23/2022, 9:35 AM


foydalangan holda realizatsiya qilinishi mumkin.
Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvo

q tovarlarni
(ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) iste’molchiga
shartnoma tuzilguniga qadar davlat tilida yoki tara

arning kelishuviga ko‘ra boshqa tilda
quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishi kerak:
sotuvchining (ijrochining) nomi, uning manzili va shikoyatlarni qabul qilish tartibi;
ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) to‘liq nomi va joylashgan eri (yuridik
manzili), import qilinadigan tovarlar uchun esa ishlab chiqaruvchining hamda import
qiluvchining nomi va joylashgan eri (yuridik manzili);
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) asosiy iste’mol xususiyatlari va o‘ziga xos
xususiyatlari;
litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning QR-kodi (matritsali shtrix kodi);
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) narxi, yetkazib berish narxi va to‘lov shartlari;
ishlab chiqaruvchining (bajaruvchining) ka

llik majburiyatlari, tovarni ta’mirlash shartlari,
shuningdek uni saqlash bilan bog‘liq xizmatlar;
shartnomani bajarishning boshqa shartlari;
agar davriy ravishda tovarlarni yetkazib berish, xizmatlar ko‘rsatish yoki ishlarni bajarish
nazarda tutilgan bo‘lsa, shartnomaning eng kam amal qilish muddati;
tegishli shartnomani tuzish uchun takli

arni qabul qilish muddati;
shartnomani bekor qilish tartibi.
Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuzilgan shartnoma bekor qilinganda, sotuvchi
(ijrochi) iste’molchiga tovarni qaytarib berish amalga oshiriladigan joy to‘g‘risida xabar berishi
kerak.
Tovarni namuna va (yoki) uning tavsi

bo‘yicha realizatsiya qilish chog‘ida sotuvchi (ijrochi)
namunaga va (yoki) tavsifga muvo

q bo‘lgan tovarni taqdim etishi, shuningdek iste’molchiga
tovarni qabul qilib olishida uning butligini, yaroqliligini va iste’mol xususiyatlari to‘liq
saqlanganligini tekshirish imkoniyatini berishi shart. Agar tovar namunaga va (yoki) tavsifga
muvo

q bo‘lmasa, sotuvchi (ijrochi) iste’molchini bu haqda oldindan xabardor qilishi kerak. Tovar
namunaga va (yoki) tavsifga muvo

q bo‘lmagan hollarda, iste’molchi uni almashtirishni yoki pul
summasini qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
Tovarni qaytarib berish bilan bog‘liq barcha xarajatlar sotuvchining (ijrochining) zimmasida
bo‘ladi.
Iste’molchining aybisiz yetkazilgan shikastlantirishlar, shuningdek tovarni ko‘zdan kechirish
va uni tekshirib ko‘rish maqsadida qadog‘ini ochish sababli tovar qiymatining pasayishi
iste’molchini shartnomani bekor qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Agar shartnoma bekor qilinganidan keyin iste’molchi to‘lagan pul summasi shartnomada
belgilangan muddat ichida unga sotuvchi tomonidan qaytarilmasa, sotuvchi iste’molchiga
shartnomada belgilangan muddatlardan ortiq har bir kechiktirilgan kun uchun qaytarilishi lozim
bo‘lgan pul summasining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to‘laydi. Bunda neustoykaning
(penyaning) miqdori qaytarilishi lozim bo‘lgan pul summasidan oshib ketishi mumkin emas.
Neustoykaning (penyaning) to‘langanligi sotuvchini shartnoma bekor qilinishi munosabati bilan
yuzaga keladigan majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.
(28 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli 
Qonuniga
 asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son — 2022-yil 19-
apreldan kuchga kiradi)

Download 180,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish