413
bo’lmaydi, chunki kiritilayotgan yangi parametrlarni aniqlash katta qiyinchiliklarga
olib keladi.
Shunday formulalardan bittasida oldin ko’rsatilganlardan tashqari yana quyidagi
parametrlardan foydalanilganligini misol tariqasida ko’rsatish mumkin: g’ovaklarni
siqiluvchanlik koeffitsienti, bog’langan suvning siqiluvchanlik koeffitsienti, suvga
to’yinganlik koeffitsienti, neftning siqiluvchanlik koeffitsienti. Ushbu parametrlar
qiymatini aniq topish ancha qiyin. Demak, formulaga bu parametrlarni kiritish
qo’shimcha xatolarga olib keladi. Shu sababli neft zaxiralarini hisoblashda (18.29)
formuladan qo’shimcha murakkab parametrlarni kiritmasdan foydalanish mumkin.
Chiqarilgan tenglamalardan ayniqsa chekka suvlari siljimaydigan qatlamlar
uchun neft zaxiralarini hisoblashda foydalanish qulay hisoblanadi. Suvlarning siljishi
kuzatilsa, qatlamga kirgan suv mikdorini (W) aniqlash zarur.
Qatlamga kirib kelayotgan suv hajmini aniqlashning turli metodlari mavjud.
Ularning eng oddiysi, neftlilikning boshlang’ich va hozirgi chegaralari ma’lum
bo’lganda va hisoblash sanasiga uyumni ishlatish boshlangandan beri suvlangan
maydon o’lchamini aniqlashga asoslangan metod hisoblanadi.
Bu holda
W=Fhm
0,8 ,
(18.33)
bunda F
suv bostirilgan maydon, m
2
; h
maydonning suvlangan qismining
foydali o’rtacha qatlam qalinligi, m; m
ochiq g’ovaklilik koeffitsienti;
neftga
to’yinganlik koeffitsienti; 0,8
neftni chiqarib olish koeffitsienti (zamonaviy
texnologiya bilan qazib olishda neft zaxirasining 0,2 qismi zaminda qoladi, deb
taxmin qilinadi).
R.Vudst va M.Masket qatlamga kirgan suv hajmini hisoblash uchun to’rtta
tenglama tuzdilar: zaxiralar miqdori, qatlamdagi erkin gaz va neft miqdorining o’zaro
nisbati, qatlamga kirgan suv (noma’lum qiymat sifatida) miqdori.
Qatlamga kirgan suvlarni hisoblashda A.F.Van Everdingen va V.Xerst (1949)lar
taklif etgan metod eng qoniqarli natijalar beradi. Lekin bu metod hajm metodi
formulasidagi ayrim parametrlar qiymatini bilishni taqazo etadi. Masalan, neftning
boshlang’ich balans zaxiralari va h.k.lar.
Qatlamga kirgan suvni aniqlashda (18.33) tenglamasidan foydalanish osonroq,
uni echish uchun neft zaxiralari (Q
0
) hajm metodi bilan aniqlanadi, dinamik
parametrlar
r, r
0
, b
1
, b
0
, b, V
p
, V
0
lar esa tuzilgan izobara xaritalari yordamida
hisoblangan o’rtacha qatlam bosimi bo’yicha aniqlanadi. W
i
va g
i
V
r
parametrlari shu
holda nolga tenglashtiriladi. Qatlamga kirgan suv miqdorini yanada aniqroq
hisoblash uchun bunday hisoblashlarni ko’p marotaba qaytarish lozim.
Shuni ta’kidlash lozimki, uyumni ishlatishning dastlabki bosqichida moddiy
balans metodidan foydalanish yaramaydi, chunki hamma parametrlar shu sababli
qatlam ozmi-ko’pmi etarli darajada depressiya hosil bo’lgandan (biror bir miqdorda
neft yoki gaz qazib chiqarilgandan) so’nggina parametrlarning o’zgarish
dinamikasini o’rganish uchun kuzatuv ishlari olib borish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: