294
Konni ishlatishni nazorat qilish samarasi asosan sanoat − tajriba va konchilik
tadqiqotlarining hajmi va ularni muntazam ravishda bajarilishiga bog’liq. Bunday
tadqiqotlar natijasida neftning yer qa’ridan to’liq chiqarib olinishiga ta’sir etadigan
turli omillar aniqlanadi. Bularga quduqlar to’rining zichligining uyumning neft
beraolishligiga va neft olish sur’atiga ta’siri, gidrodinamika metodlari bilan yer
qa’rining chuqur qismlarida tadqiqotlar o’tkazish, turli
konchilik tadqiqotlarini
(quduq debitini o’lchash, quduqning qabul qilaolishligi, suvlanganligi va h.k.)
amalga oshirish, neft va suvning kimyoviy tarkibini tahlil qilish, radiometrik
tadqiqotlar o’tkazish, sarf o’lchagich va miqdor o’lchagichlar yordamida qatlamning
ishlatilganlik darajasini aniqlash va b. tadqiqotlar mansub.
Konda o’tkaziladigan geofizik tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega. Bular
yordamida turli texnik mustahkamlash (quvurlar birikmasi
ortida suyuqliklar
harakatlanishi kuzatilganda, mustahkamlash quvurlari birikmasi buzilganda,
sementning ko’tarilgan balandligini aniqlashda va sh.o’.) va geologik-kon masalalari
(ayniqsa bir va har xil tarkibli qatlamlarga suv bostirishni nazorat qilish masalasi) hal
etiladi.
Qatlamlarga suv bostirish tadqiqotlari majmuasining asosini impulsli neytron
metodlari tashkil qiladi. Mazkur metodlarning qo’llanishi qatlamlarga suv
bostirishning o’ziga xos xususiyatlarini belgilash, uyumni
ishlatishni nazorat qilish
imkoniyatini yaratadi va suvlangan qatlamlarni samarali izolyatsiyalashni
ta’minlaydi.
Konni ishlatishning jadal sistemalaridan foydalanishda suv bostirishning
o’choqsimon va maydoniy xillarini qo’llash samarali bo’lib, uni nazorat qilishda
rang, izotop va b. qo’shilgan suyuqliklar ishlatiladi. Bajarilgan ishlarning natijalari
neft konlari geologiyasining bir qator masalalarini hal qilishda va uyumlarni
ishlatishning nazorat etishda qayd etilgan metodlarning
imkoniyatlari kattaligidan
darak beradi.
Mazkur metodlar ishlatish ob’ektidagi qatlamlar oralig’idagi haydash va
ishlatish quduqlari oralig’idagi bog’liqliklarni, shuningdek, gidrodinamik
bog’liqliklarni baholash imkonini beradi. Bundan tashqari ular yordamida quduqqa
haydalayotgan suvning anomal tezlikda harakatlanayotgan uchastkalarini, qatlamning
foydali qalinligini aniqlash, turg’un zonalar va suv bostirilgan zonalarda tegilmagan
neft qoldiqlarini topish hamda qatlamlarning to’g’ri taqqoslanganligini va uyumning
bostirilgan suv bilan qamrab olinganligini baholash mumkin bo’ladi.
Shunday qilib, kon-geofizik tadqiqotlarning radiometrik va boshqa metodlaridan
olingan ma’lumotlar konda bajarilgan geologik tadqiqotlardan olingan ma’lumotlar
bilan birgalikda suv-neft tutash yuzasining holatini aniqlashga va neftlilik
chegaralarini
muntazam kuzatib borishga, suyuqlikni qatlamdagi harakatlanish
yo’nalishini va tezligini aniqlashga imkon beradi. SHuningdek, mazkur metodlar
yordamida uyumning ishlatilmayotgan qatlamlari va uchastkalari va neftlilik
chegarasi ortiga neftni oqib kelishi belgilanadi. Uyumni ishlatishning turli
bosqichlarida uning suv bostirilgan uchastkalarining
hajmi va neft beraolishlik
koeffitsientini aniqlashga imkon beradigan bir qator parametrlar belgilanadi hamda
quduqni texnik holati va uni suvlanganligi bilan bog’liq turli masalalar hal etiladi.
Qayd etilgan metodlardan atroflicha foydalanib, yer qa’ridan neftni samarali va to’liq