E. M. Colocassides College of Tourism & Hotel Management, Doctor of Science in



Download 32,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/402
Sana30.04.2022
Hajmi32,47 Mb.
#595351
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   402
Bog'liq
Science and Education Volume 2 Issue 12 (2)

Al-Xorazmiy. 
IX-X asr musiqa madaniyati tarixida O’rta Osiyodan chiqqan 
buyuk qomuschi olim Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf al-Kotib al-
Xorazmiyning “Mafotihul-ulum” (“Ilmlar kaliti”)
*
ni musiqaga bag’ishlangan qismi 
ham alohida o’rin tutadi. Xorazmiyning bu asari O’rta Osiyo xalqlari fan va 
madaniyati tarixini yoritishda muhim manbalardan biridir. Xususan, bu qomusning 
musiqaga doir qismida o’sha zamonlarda mavjud musiqa cholg’ulari to’liq 
tavsiflanadi va ularning har biri haqida mufassal ma’lumot beriladi.
Musiqa ilmi matematika fanlarining biri sifatida qaralgan edi. Bunga sabab, 
musiqani tashkil etgan tovushlar bir-biriga nisbatan ma’lum nisbatda bo’lib, 
matematikadagi ba’zi qonun-qoidalar vositasi bilan tushuntirilar edi. Dastlab, 
intervallarni tashkil etadigan tovushlar baland-pastligi darajasi torning uzun-qisqaligi 
bilan o’lchangan. Bunda tor qismlari geometriya yo’li bilan aniqlanib, uning ma’lum 
bo’laklaridan turli intervallar chiqarib olinadi. Masalan, ikkini birga nisbati (ya’ni 
ochiq torning yarmidan hosil etiladigan tovush uning o’ziga nisbatan) oktava 
davrajasidagi intervalni tashkil etadi va matematikada 2:1 tarzida ifoda etiladi. Xuddi 
shu ma’noda torning 9 bo’lagining 8 bo’lagiga nisbati - katta sekundani, uning 4:3 
nisbati - kvartani, 3:2 nisbati - kvintani, 8:3 - undetsimani, 3:1 duodetsimani, 
4:1 - kvintdetsimani tashkil etadi. Intervallarning turlari juda ko’p bo’lib, ularning 
tashkil etgan tovushlar nisbati matematika qoidalari asosida tushuntirilar edi.
Shuni alohida aytish kerakki, sharq nota yozuv namunalarini ixtiro etdi va ularda 
maqom va boshqa tarzda yaratilgan kuylarni yozib qoldirdi. 
Mahmud SHeroziy o’zining uzoq yillar davomida olib borgan ilmiy izlanishlari 
natijasida “Durratut-toj...” (“Toj durlari...”) qomusiy asarini yozdi
***
. Bu asar fors 
tilida yozilgan dastlabki ishlardan bo’lib, shu sababli tili ham juda murakkabdir. 
*
Бу асарнинг таржимаси, танқидий матни ва шарҳи Берлинда босилиб чиққан. К.Makhmoud El.Hefny, Ibn Sinu’s 
Musiklehze, Berlin, 1930. 
**
Бу асар Ҳайдаробод (1891), Теҳрон (1936 ва 1951 йилларда) Литографияда босилиб чиққан. Унинг рус тилига 
таржимаси ҳам мавжуд. Абу Али ибн Сино, Донишнома, Сталинобод, 1958. 
***
“Ишорат китоби” француз тилига икки марта - Форже (XIX аср 90-йилларида), А.М. Гуашон (1951 й.)лар 
томонидан таржима этилган. Кейинги таржима илмий характердадир: Ibn Sina, Ye Livre des directives et 
remarques, Paris – Bayrouth, 1951. 
*
Бу асарнинг асл нусхаси Лейденда босилган: Liber Mafatih al-olum expicans vocabula scientiarum. Autore Abu 
Abdullah Mohammad ibn Yusuf al-Katib al-Khowarazmi, Leiden, 1895. 
***
Унинг энг яхши нусхаси ЎзР ФАШИ кутубхонасида сақланади. Қўлёзма инв.№816. Қўлёзма жуда яхши 
сақланган, унга аниқ чизмалар берилган. Асар муаллифининг ҳаёт вақтида кўчирилган. Қалин Самарқанд 
қоғозига қора сиёҳ билан; баъзи ерлари ва белгилари қизил сиёҳда ёзилган. Насхи сулс хатида Имод бин Али 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
593


Bu asarning musiqaga bag’ishlangan qismi “Dar ilmi musiqiy” (“Musiqiy ilmi 
haqida”) - deb atalib, muqaddima, beshta maqola va xotima qismlaridan iborat
****

Rus nazariy musiqashunosligi o’ziga xos ijodiy yo’nalish sifatida XIX asr oxiri 
XX asr boslarida shakllandi. Rus nazariy musiqashunoslik maktabining shakllanishi, 
rus professional musiqasi hamda folklori, shuningdek G’arbiy Yevropada yaratilgan 
musiqiy nazariy ishlarni o’rganish asosida yuzaga keldi. XVIII asrda G’arbiy 
Yevropa musiqasi Rossiyada tarqalishni boshlaganida musiqa leksikoniga major va 
minor iboralari kirib kela boshlaydi. 1830 yilda nashr etilgan Iogann Leopold 
Fuksning (1785-1853) "Musiqa yozish uchun amaliy qo'llanma" (1, p.584-585) kitobi 
nemis tilidan tarjima qilinganidan keyin Rossiyada lad va tonallik iboralari qo’llanila 
boshladi. 1837 yilda Plyushar “Ensiklopedik lug’ati” ning to’qqizinchi tomi nashrdan 
chiqdi. Unda V.F. Odoyevskiyning “Yetakchi ton” nomli maqolasi joylashtirildi. 
Bunda u bu tovushni turli tillarda nomlanishini kiritgan: Leitton, Unterhalbeton, 
Subsemitonium, Note sensible. Muallif yetakchi tonni musiqiy tepalikdagi yettinchi 
nota deb hisoblaydi va unga shunday ta’rif beradi: Yetakchi tonning xususiyati 
shundaki, u bizning quloqlarimiz uchun tabiiy bo’lgan tovushlar ketma - ketligiga 
asoslangan tonikani his qilishga yoki unga oilb kelishga yordam beradi. Lad va 
tonallik bo’yicha izlanishlarni I.S.Taneev o’zining «Qat’iy xatning xarakatchan 
kontrapunkti” («Подвижной контрапункт строгого письма») asarida, shuningdek 
N.N.Amani o’z ishlarida davom ettiradilar.
Natija:
- Bo’lajak musiqa o’qituvchilarini kasbga tayyorlashda musiqiy - nazariy 
fanlarni o’qitish texnologiyalari mavzusiga doir ilmiy - uslubiy manbalar o’rganildi; 
- Bo’lajak musiqa o’qituvchilarini kasbga tayyorlashda musiqiy - nazariy 
fanlarni o’qitish texnologiyalarini aks ettirgan “Musiqa o’qituvchisi modeli” 
takomillashtirildi
- Musiqiy - nazariy fanlarni o’qitish uchun mos metodika ishlab chiqildi; 
- Tadqiqotning aniqlovchi va yakunlovchi bosqichlarida eksperimental ishlarni 
tahlil qilish va aniqlangan ilmiy natijalar asosida xulosa tayyorlandi. 
 
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati:
nazariy ahamiyati - erishilgan nazariy va ilmiy - uslubiy natijalar hamda 
tushunchalardan fan dasturlari, o’quv qo’llanmalar tuzishda foydalanish imkoni 
yaratiladi;
Қайсаравий кўчирган. Кўчирилган йили 1309, қоғоз бичими 28х30. Мусиқага бағишланган 31 варақ (1688-
198б)ни ташкил этади. 
****
Асар ушбу сатрлар муаллифи томонидан рус тилига таржима этилган ва илмий шарх берилган. Таржима 
қўлёзмаси ЎзБА СИТИ кутубхонасида сақланади. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
594


amaliy ahamiyati - erishilgan ilmiy - uslubiy natijalardan bo’lajak musiqa 
o’qituvchilari bilan tashkil etiladigan o’quv mashg’ulotlarida foydalanish imkoni 
yaratiladi.

Xulosa:
Shunday qilib, shubhasiz, mukammallikka erishgan qat'iy uslubdagi 
polifoniyaning mazmunli, uzoq vaqt rivojlangan, eng xilma-xil ijodiy yo'nalishlarga 
ta’sir ko’rsatgan va G'arbiy Yevropa mamlakatlarining son-sanoqsiz oqimlariga 
yoyilish davri yakuniga yetdi. Palestrina ijodida u klassikaning cho’qqisiga yetdi. 
Orlando Lasso san’atida polifoniya yangi ko’rinish, yangi tematizm, yangi janr 
kenglik, milliy aloqalarni kasb etdi. Iogann Sebastyan Bax, Georg Fridrix Gendel 
ijodida esa rivojlanish cho’qqisiga chiqdi. 
Qadimiy madaniyat o’choqlaridan biri bo’lgan O’rta Osiyo xalqlari jahon fani 
va madaniyati xazinasiga salmoqli hissa qo’shganlar. Ular musiqa madaniyati 
sohasida ham juda boy qadimiy merosga ega. O’rta Osiyo xalqlarining musiqa 
madaniyati tarixiga doir qadimiy yozma manbalar va arxeolog olimlar tomonidan 
topilgan yodgorliklar buning dalili bo’lib xizmat etadi hamda bu xalqlarning 
qadimdan boshlab yuksak madaniyat egalari bo’lganligini tasdiqlaydi. Lekin arab 
istilosi davrida (VII - IX asrlar) boshqa madaniy yodgorliklar qatorida musiqaga doir 
yozma manbalar ham kuydirilib, yo’qotib yuborilgan. Shuning uchun O’rta Osiyo 
xalqlarining so’nggi ming yillik madaniyati tarixiga oid yozma manbalargina 
bizgacha yetib kelgan. 
IX asrning ikkinchi yarmida Movaraunnahr hamda Xurosonda ozodlik 
kurashlari va xalq qo’zg’olonlari natijasida arab xukmronligiga barxam berildi va 
mahalliy Tohiriylar, keyinroq esa Somoniylar davlati barpo etildi. Bu davrda 
madaniyat va san’at rivojlandi. Aynan shu davrda O’rta Osiyodan chiqqan qator 
olimlar o’zlarining ilmiy asarlari bilan jahonga mashhur bo’ldilar. Fanning boshqa 
sohalarida ham o’lmas ilmiy asarlar yaratgan buyuk olimlar Abu Nasr Forobiy, Ibn 
Sino, Xorazmiy va ularning davomchilari musiqa nazariyasi (“Ilmi musiqiy”) 
bo’yicha ham ilmiy asarlar yaratdilar hamda Sharq musiqa fani taraqqiyoti tarixida 
butun bir davr ochib berdilar. Bu olimlarning faoliyati Sharq xalqlarida qo’llanilgan 
musiqa nazariyasining yuzaga kelishida hal etuvchi ahamiyat kasb etadi. 

Download 32,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish