Mavzu: Fuqarolik huquqida Fuqarolik huquqiy munosabatlar



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/24
Sana29.04.2022
Hajmi0,75 Mb.
#594642
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
ozbekiston respublikasida fuqarolik huquqiy munosabatlarining huquqiy asoslari

Xususiy tadbirkor fuqarolarning huquqiy maqomi 
Ma'lumki, tadbirkorlik faoliyatining subyekti jismoniy shaxslar ham bo`lishi 
mumkin. FKning tegishli normalarida, chunonchi, 18-moddaning talabiga ko`ra, 
fuqarolar mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo`lishlari dehqon va fermer 


35 
xo`jaligi tashkil etishlari, tadbirkorlik hamda qonunda ta'qiqlanmagan boshqa 
faoliyat bilan shug`ullanishlari, shuningdek, yollanma mehnat asosida faoliyat 
yuritishlari mumkinligi belgilanadi.
Umumiy qoida bo`yicha, fuqarolar 18 yoshga to`lib, to`liq muomala layoqatiga 
ega bo`lgach, xususiy tadbirkorlik bilan shug`ullanishga haqli. Biroq, FKning 28-
moddasiga asosan 16 yoshga to`lgan voyaga yetmagan shaxs mehnat shartnomasi 
bo`yicha ishlayotgan bo`lsa, yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud 
homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanayotgan 
bo`lsa, u to`la muomalaga layoqatli deb e'lon qilinishi mumkin. 
Voyaga yetmagan shaxsni to`la muomalaga layoqatli deb e'lon qilish 
(emansipatsiya) ota-onaning, farzandlikka oluvchilarning yoki homiyning roziligi 
bilan vasiylik va homiylik organining qaroriga muvofiq yoxud, bunday rozilik 
bo`lmagan taqdirda, sudning qarori bilan amalga oshiriladi. Ota-ona, farzandlikka 
oluvchilar va homiy emansipatsiya qilingan voyaga yetmaganning majburiyatlari 
bo`yicha, xususan, u yetkazgan zarar oqibatida kelib chiqqan majburiyatlar 
bo`yicha, tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq majburiyatlar bo`yicha javobgar 
bo`lmaydilar. Emansipatsiya qilingan voyaga yetmagan tadbirkorga nisbatan 
FKning 27-moddasi 1-2-bandi qo`llanilmaydi. 
Xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanmoqchi bo`lgan fuqaro tuman 
(shahar) hokimligiga zarur hujjatlar taqdim etgan holda ariza bilan murojaat qiladi. 
Agar tadbirkor maxsus ruxsatnoma talab etiladigan faoliyat turi bilan shug`ullanish 
istagini bildirsa, tegishli organlarning xulosasini ham taqdim etishi lozim. Yuridik 
shaxs bo`lmasdan o`z faoliyatini amalga oshiruvchi xususiy tadbirkor sifatida 
ro`yxatdan o`tkazilgan jismoniy shaxsga u albatta davlat ro`yxatidan 
o`tkazilganligi to`g`risida guvohnoma beriladi va tegishli hududiy soliq organida 
qayd etiladi. Shu paytdan boshlab fuqaro tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug`ullanishga haqli. Uning faoliyatiga nisbatan FKning tijorat tashkilotlari 
bo`lgan yuridik shaxslar faoliyatini tartibga soluvchi qoidalari qo`llaniladi. Davlat 
ro`yxatidan o`tmasdan turib xususiy tadbirkorlik bilan shug`ullanganlik uchun 
qonunlarda tegishli javobgarlik mavjud. 


36 
Yakka tadbirkor kreditorlarning u tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan 
bog`liq bo`lgan talablarini qanoatlantirishga qodir bo`lmasa, bunday tadbirkor 
belgilangan tartibda bankrot deb topilishi mumkin. Yakka tadbirkorni bankrot deb 
topish rasm-rusmlarini amalga oshirish jarayonida uning tadbirkorlik faoliyatini 
amalga oshirish bilan bog`liq bo`lmagan majburiyatlari bo`yicha kreditorlari ham 
o`z talablarini qo`yishga haqli. Mazkur kreditorlarning ushbu tartibda qo`yilgan 
talablari yakka tadbirkor bankrot deb topilganidan keyin ham o`z kuchini saqlab 
qoladi (FKning 26-moddasi). 
Xususiy tadbirkorga berilgan guvohnoma muddati tamom bo`lganida, qonunga 
nomuvofiq faoliyat yuritganda, jumladan, ruxsat olish asosida shug`ullanish lozim 
bo`lgan faoliyat bilan ruxsatsiz shug`ullanganda xususiy tadbirkorlik huquqi bekor 
bo`ladi. Xususiy tadbirkor o`z xohishiga ko`ra guvohnomada ko`rsatilgan 
muddatdan oldin ham tadbirkorlik faoliyatini to`xtatishga haqli. 
Bugungi kunda yakka tadbirkor fuqaro ham mustaqil, yuridik shaxs tuzib
faoliyat yuritish ham mustahkamlandi. Masalan, dehqon xo`jaligi
1
yoki xususiy 
notarial idoralar
2
shular jumlasidandir. 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish