Fiziologiyasi va gigiyenasi


M e’dalarda ovqat hazm ining yoshga oid xususiyatlari



Download 8,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/252
Sana29.04.2022
Hajmi8,61 Mb.
#594382
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   252
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi (Z.Rajamurodov va b.)-857

11. 3. M e’dalarda ovqat hazm ining yoshga oid xususiyatlari
M e'd a - ovqat hazmi nayining ancha kengaygan qismidir. U 2 / 
oziqani joylashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan egilgan xaltani es- 
latadi.
M e'd a qorin b o 'sh lig 'ida joylashgan bo'lib, uning katta qis- 
mi chap tom onda va kamroq qismi tananing o 'rta qismidan unga 
o'tgan bo'ladi. Osilgan m e'daning pastki chekkasi 
katta qiyshiq-
lik
, katta buklangan chekkasi esa 
kichik qiyshiqlik
deb yuritiladi. 
M e'dada kirish (kardial qismi), tubi (yoki fundal qismi) va chiqish 
(pilorik qismi) yoki privratnik qismlari farqlanadi. Privratnik o 'n
ikki barmoqli ichakka ochiladi.
M e'd a ichki tomondan shilliq parda bilan qoplangan bo'lib, juda 
k o'plab burmalar (qatlar) hosil qiladi. Shilliq po'stloqning qalin- 
ligida naychalar shaklidagi bezlar joylashadi. Bezlar m e'da shira- 
sini ishlab chiqaradi. M e'd a bezlari uch xili farqlanadi: 
bosh hu­
jayralar -
m e'd a shirasining fermentlarini ishlab chiqaradi, qopla- 
ma hujayralar - xlorid kislota va qo'shim cha hujayralar esa shilliq 
m odda ishlab chiqaradi.
Odam m e'dasining shirasi - kislotali reaksivaga ega bo'lgan 
rangsiz suyuqlikdir, u katta miqdorda xlorid kislota (0,5 % gacha) 
va shilimshiq modda saqlaydi. M e'daning shilliq qatlamidan ishlab 
chiqiladigan shilimshiq modda m e'dani mexanik va kimyoviy ja- 
rohatlanishdan saqlaydi.
M e’daga tushadigan bakteriyalar uchun xlorid kislota o'ldiruv- 
chi (bakteriotsidlik) xususiyatiga ega. xuddi shunday him oya funk-
n
о 1
www.ziyouz.com kutubxonasi


siyasini bajarish bilan tolali ovqatlarni yumshatadi, oqsillarning 
ko'pchishini chaqiradi, hazmlovchi ferment pepsinni faollashtirish 
xususiyatiga ega.
Voyaga yetgan odamlarda bir kecha-kunduzda 1,2-2.0 
1
shira 
ajraladi. M e'da shirasida ikki xildagi oqsillarni parchalovchi fer- 
mentlar pepsin va xim ozin saqlanadi. Pepsin m e’da bezlari bilan 
noaktiv holatda ishlab chiqiladi va xlorid kislota ta'sirida faolla- 
shadi. Pepsin oqsillarni albumoz va peptonlargacha parchalaydi. 
Ximozin yoki shirdon fermenti m e'dada sutning ivishini chaqiradi. 
Ximozin bolalarning m e'dasida ular sut bilan oziqlanganida topila- 
di. Katta bolalarda sutning ivishi m e'd a shirasidagi pepsin va xlorid 
kislota ta'sirida bajariladi. M e'da shirasida mavjud b o ig a n lipaza 
fermenti y o g ia rn i glitserin va y og' kislotalarigacha parchalaydi. 
M e'da lipazasi y o g ia r em ulsiyalanganida ta 'sir ko'rsatadi.
M e'dada oziqalar 4 soatdan 11 soatgacha saqlanadi va m e'da 
shirasi yordamida. asosan, kimyoviy jihatdan qayta ishlanadi. Bun- 
dan tashqari, m e'dalarda oziqalar mexanik jihatdan ham qayta ish­
lanadi. M e'da devori qatlamida juda kuchli muskulli qatlam mavjud 
b o iib , ular silliq muskullardan tashkil topgan. uzunasiga qiyshiq 
va avlanasiga joylashgandir. M e'da muskullarining qisqarishi oziq 
massalarining hazm shiralari bilan aralashishini ta'm inlaydi hamda 
m e'dadan ichakka o ‘tishini ta ’m in etadi.
Emadigan bolalarning m e'dasi ko'proq gorizontal holda jo y ­
lashgan b o iib , chap qobirg'alar ostini to 'lig ic h a egallaydi va faqat 
bola qachon tik turadigan va yuradigan b o ig a n id an keyingina an- 
chagina vertikal holatni oladi.
Yosh ulg'ayishi bilan m e'da o'zining shaklini ham o'zgartiradi.
15 yoshgacha b o ig a n bolalarda doirasimon, 2 -3 yoshgacha noksi- 
mon, yetti yoshdan boshlab voyaga yetgan odamlarning m e'dasini 
shaklini oladi.
Yosh ulg'ayishi bilan m e'daning sig'im i ham orta boradi. Agar 
yangi tug'ilgan bolalarda 30-35 ml ni tashkil qilsa, bir yoshga 
to ig a n id a bu hajm 10 marta ortadi va 300-350 ml ni tashkil etadi.
10-12 yoshga kelib m e'daning s ig im i 1,5 1 ga yetadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


M e’daning muskulli qatlami yosh bolalarda juda zaif rivojlangan 
b o ia d i, ayniqsa, m e'daning asosiy qismi - uning tubi zaif b o ia d i. 
M e’da tubidagi muskulli qatlamning yetarlicha rivojlanmaganligi 
va unga kiradigan qismning ancha katta bo'lishi emadigan bolalar­
da hiqichoq tutishiga yoki qusishning asosiy sababi bo'lib hisobla­
nadi.
Yangi tug'ilgan bolalarda m e'daning bezii epiteliyasi ju d a zaif 
tabaqalashgan bo'ladi, bosh hujayralar hali to 'lig 'ich a yetilmagan- 
ligi sababli xlorid kislota deyarli b o im ayd i. Bolalar m e’dasi bez 
hujayralarining differensiyasi, asosan. yetti yoshga kelib tugalla- 
nadi, lekin o'zining to ’liq rivojiga jinsiy vetilish davrining oxirida 
erishadi.
Yangi tug'ilgan bolalar m e'd a shirasining umumiy kislotaliligi 
unda mavjud bo'lgan sut kislotasi bilan bog'liq. Xlorid kislotaning 
sintezlanish funksiyasi 2,5 dan 4 yoshgacha bo'lgan davrda rivoj- 
lanadi. 4 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan davrda m e'da shirasining 
umumiy kislotaliligi o'rtacha 35,4 birlikni tashkil etadi, 7 yoshdan
12 yoshgacha bo 'lgan bolalarda bu ko’rsatkich 63 birlikka teng 
bo'ladi. M aktabgacha yoshdagi bolalar m e'da shirasidagi xlorid 
kislotaning nisbatini kam miqdorda saqlanishi uning bakteritsidlik 
xususiyatining pasayishiga olib keladi. bu esa bolalarning oshqo- 
zon-ichaklar kasalliklari bilan ko'proq kasallanishga moyil ekan- 
ligini aniq ko'rsatib beradi.
Yangi tu g 'ilg a n bolaning m e 'd a shirasining tarkibida pep­
sin, xim ozin, lipaza ferm entlari sut kislotasi va birikkan xlorid 
kislotalar saqlanadi, M e ’da shirasining past kislotaliligi tufayli 
uning tarkibidagi pepsin fermenti faqatgina sut tarkibiga kiruvchi 
oqsillarnigina parchalaydi. Sut ivituvchi ferment ximozinni faolligi 
bolalar hayotining birinchi vilining oxiriga kelib 256-521 birlik- 
kacha ortadi (bolaning birinchi oyidagi 16-32 birlikka nisbatan). 
Em adigan bolalar m e'da shirasidagi lipaza fermenti 25 % sut 
yog'larini parchalash xususiyatiga ega. Shuni qayd qilish kerakki, 
ona sutining yog'i faqatgina m e'da lipazasi bilan parchalamnaydi, 
balki buni parchalanishida ona sutining lipazasi ham ishtirok etadi. 
Shu sababli sun’iy oziqlantirilgan bolalarda ko'krak sutini emgan
www.ziyouz.com kutubxonasi


bolalarga nisbatan yog'larning parchalanishi doimiy ravishda an- 
cha sekin kechadi. Sigir sutining tarkibida lipaza ju d a kam. Bo- 
lalarning yoshi ortishi bilan lipazasining faolligi 10-12 birlikdan 
35-40 birlikkacha ortadi.
Iste'm ol qilingan ovqatlar turiga qarab m e’da shirasining 
miqdori, uning kislotaliligi va hazmlovchi kuchi (xuddi voyaga 
vetgan odam lardagiga o'xshash) ham o ‘zgaradi. Ona suti bilan 
oziqlanganda past kislotalilik va kuchsiz hazmlovchi xususiyatga 
ega bo'lgan m e’da shirasi ajraladi. Yosh ulg'ayishi bilan m e’da 
shirasi sekretsiyasining tiklanishi bilan avval go:shtga, so'ngra 
nonga yuqori kislotalilik shirasi ajralsa eng past kislotalilik xusu- 
siyatiga ega bo'lgan shira sutga ajraladi. M e’da shirasi ajralishi 
uchun albatta. m e’daga ovqatlar tushishi shart emas, ovqatlarning 
o g ’iz b o'shlig'ig a tushishining o ‘zi shira ajralishi uchun kifoya.
Bu bildirilgan fikrga ishonish uchun itlarni «yolg'ondakam » 
oziqlantirishni kuzatishni o'zi kifoya. Buning uchun hayvonga 
operatsiya vo 'li bilan m e'd a ichiga naychali fistula kiritiladi: ik- 
kinchi uchi esa hayvonning tana yuzasiga mahkamlanadi va tajri- 
ba bajarilmagan paytda tiqin bilan tiqib qoS'iladi. Shunday qilib, 
tayvorlangan hayvonning qizilo‘ngachi kesilib, uning uchlari kesil- 
gan jarohati terisiga tikiladi.
Operatsivadan keyin bir necha kun o ‘tgach, hayvonlar oziqla- 
na boshlaydi, lekin ovqatlar m e’daga tushmaydi. Shu bilan birga, 
m e'da fistulasidan toza m e’da shirasi ajraladi. Bu esa yolg'onda­
kam oziqlantirishdir. Yolg'ondakam oziqlantirish paytida m e’da 
shirasi og ‘iz bo‘shlig‘idagi ta 'm sezuvchi retseptorlarni qo‘z g ;a- 
lishiga javob tariqasida reflektor ravishda ajraladi. M e’da bezlari 
uchun sekretor nervlar bo‘lib adashgan nerv hisoblanadi.
M e'da shirasining ajralishini boshlanishi uchun, albatta, o g ‘iz 
bo"shlig‘idagi retseptorlarni ovqatlar bilan q o ’zg'atilishi shart 
emas. Ovqatlanishga tayyorgarlik k o ‘rish, taomlar haqida gap yu- 
ritish, uning hidi va k o ‘rinishi, ovqatlanish vaqti kislotali, ferment- 
larga boy bo'lgan m e’da shirasi ajralishini chaqiradi. Bu jarayon 
shartli reflektor holatda bajariladi. Shartli reflekslar tufayli, shira 
ovqatlanishdan bir muncha oldin ajrala boshlaydi. I. P. Pavlov bu
www.ziyouz.com kutubxonasi


shirani ishtaha voki zapal shirasi deb atadi. Ishtaha shirasi, m e'dani 
oziqalarni hazm lashga oldindan tayyorlaydi va lining normal ish- 
lashi uchun qulay sharoit varatadi.
Ovqat yeyish akti doimo oziqalarning ko'rinishi va hidi — rne'da 
bezlari uchun shartli q o 'zg'atuvchilar b o iib hisoblanadi. Shun- 
dan kevin og'iz b o 'sh lig 'ig a tushuvchi ovqatlar xuddi shartsiz 
q o 'z g ’atuvchi sifatida ta'sir ko'rsatadi va og'izdagi shilliq pardasi- 
dagi ta'm sezuvchi retseptoiiarni qo'zg'aydi. M e'da sekretsiyasi- 
ning bunday fazasi murakkab reflektor faza hisoblanadi va bu faza- 
da m e'da shirasi shartsiz va shartli reflekslar kompleksi hisobiga 
ajraladi.
Ovqat m e'daga tushganidan keyin. m e'da shirasi reflektor ra- 
vishda ajralishda davom etadi, bu esa m e'daning shilliq pardasini 
m exanik jihatdan qo'zg 'alish i hisobiga yuz beradi. Bu yerda ovqat 
hazm lanishida qon tarkibida aylanuvchi va m e'daning sekretsi- 
yasini gum oral v o i bilan qo'zg'atuvchi 
k i m y o v i y
m oddalar ham 
muhim rol o'ynaydi.
Bu borada go'sht sho'rvasi. qaynatilgan karam, baliqlar, qo'zi- 
qorinlar. sabzavotlar qaynatilgan suvlarda saqlanuvchi moddalar, 
ayniqsa. faoldir.
Bundan tashqari, xlorid kislota yoki hazmlanish mahsulotlari 
ta'siri ostida m e'daning shilliq pardasida maxsus gonnon - gastrin 
hosil bo'ladi va u qonga so'rilib. m e'daning bezlarini sekretsiyasini 
tezlashtiradi.
M e'da shirasining ajralishi turli ta'sirotchilar ta'siri ostida tor- 
mozlanishi mumkin. Buzilgan ovqatning ko'rinishi, uning yoqim- 
siz hidi, ko'ngilga o'tirm aydigan ahvol. ovqatlanish paytida qusish 
m e'da sekretsiyasini tormozlaydi. bu pavtda shiralam ing hazmlov- 
chi ta'siri kamayadi va oziqalar yomon o ’zlashtiriladi.
Sut emadigan bolalarning sut emishi to ’g'ri olib borilsa, ular- 
ning m e'dasi oziqalardan 3 -4 soatdan keyin bo'shaydi.
Katta miqdorda oqsil va yog' saqlovchi ovqatlar m e'dadan 4 ,5 - 
6,5 soatdan keyin chiqib ketadi.

Download 8,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish