5-Ma’ruza Neft tarkibidagi qo‘shimcha mahsulotlar Reja


Smolasimon-asfaltenli moddalar, mineral tuzlar va mikroelementlar. Neft va



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana29.04.2022
Hajmi0,58 Mb.
#593641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-Mavzu

Smolasimon-asfaltenli moddalar, mineral tuzlar va mikroelementlar. Neft va 
neft mahsulotlari asosidagi nozik organik sintezlar
 
Smolasimon-asfaltenli birikmalar. 
Smolalar – qattiq amorf moddalardan 
tuzilgan bo‘lib, neftda erigan holda suyuq suyuqlik shaklida uchraydi, rangi to‘q 
jigarrang. Zichligi birdan yuqori. Ular 4-6 halqali birikmalar bo‘lib, 2-4 tasi 
aromatik halqadan iborat.
Asfaltenlar – neftlardan maxsus erituvchilar, masalan, C5-C8 alkanlar bilan 
eritib olinadi. Ular qattiq amorf birikmalar bo‘lib, 200 -300 °Cda oquvchan suyuq 
holatda o‘tadi. 290 -300 °Cga borganda tarkibidan gazlar va suyuq moddalari 
ajralib chiqib, qolgan qismi qattiq kokssimon ko‘rinishni oladi. 
Asfaltenlarning molekulasi bir – biri bilan birikkan aromatik va 
sikloalkanlardan iborat bo‘lib, ularning yonlarida alkil radikallari bor, murakkab 
organik birikmadir. Shularning ichida azot, kislorod va oltingugurtli birikmalar 
ham bor. 
Asfaltenlar nisbatan kimyoviy faol birikmalardir. Ular oksidlanadi, sulfat 
kislotasi bilan, nitrat kislotasi bilan, galogenlar bilan reaksiyaga kirishadi. 
S
S
S
benztiofen
dibenztiofen
naftotiofen


Asfaltenlar yorug‘da uzoq vaqt saqlansa havodagi kislorod bilan oksidlanib, 
tuzilishi o‘zgargan holda zichligi ortadi va karbenlarga aylanadi. Karbenlar benzol 
va xloroformda erimaydilar. 
Asfaltenlar erituvchilar ishtirokida oksidlovchi moddalar (azot kislotasi, 
KMnO4, H2O2, O3, va havo kislorodi) tasirida oksidlanadilar. Hosil bo‘lgan 
mahsulot asosan kislotalardan iborat. 
Asfaltenlarni yuqori haroratda qayta ishlansa, yuqori sifatli koks olinadi. 
Asfaltenlarni moylar va smolalar bilan aralashmasini - asfalt deb ataladi. 
Asfalt qadim zamondan kishilarga malum edi. Asfalt bilan binolarni devorlarini 
zaxdan saqlaganlar, qadimgi Misrda esa bitum bilan jasadlarni balzamlaganlar. 
Smolasimon – asfalten birikmalarni bizga malum bo‘lgan birorta 
uglevodorodlar qatoriga kirita olmaymiz. Sababi ularni tuzilishi juda murakkab 
bo‘lib yuqori molekulali moddalarni aralashmasidir. Tarkibida oltingugurt, 
kislorod, azot va boshqa bir necha metallarni birikmalari bor. 
Smolasimon – asfalten moddalar neftlarda har xil miqdorda uchraydi. Bazi 
neftlarda, masalan, qozoqiston neftida va O‘zbekistondagi Uchqizil neftida 10% 
gacha bor. Bazi neftlarda 50% gacha bo‘ladi. 
Hozirgi vaqtda neftni qayta ishlash zavodlarida neftdan 3 - 6% bitum olinadi. 
Bitumlar uch xil ishlab chiqariladi: a) yo‘llarga yotqizishga (yumshoq); b) qurilish 
ishlari uchun (qattiq) va maxsus bitumlar (ikkovini aralashmasi). 
Neftni qoldiq fraksiyalaridan asfaltenlarni ajratib olingandan keyin qolgan 
modda deasfaltizatlar deyiladi. Uni ham qayta ishlab yyengil haroratda qaynovchi 
neft mahsulotlari yoki har xil surkov moylari olish mumkin. 


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish