168
(6.1) dan kelib chiqqan hola tezlikni rostlashning ikki xil usuli bor: stator
elektrmagnit maydoni aylanish tezligini rostlash bilan, va ω
0
o‗zgarmas bo‗lganda
motor sirpanishini rostlash bilan.
Satator maydoning aylanish tezligi ikki parametrga ko‗ra aniqlanadi:
stator chulg‗amiga beriladigan
kuchlanish chastotasi f
1
bilan va motor qutb
juftliklari soni P
n
bilan (3.3 ga qarang). Shunga mos ravishda motor tezligini
rostlashning ham ikki xil usuli mavjud: chastota o‗zgartirgichlarini
motor statori
zanjiriga kiritib iste‘mol kuchlanishi chastotasini o‗zgartirish bilan, hamda motor
qutb juftliklari sonini o‗zgartirish bilan.
Qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlar stator maydoni aylanish tezligi
o‗zgarmas bo‗lganda motor sirpanishini rostlash stator kuchlanishi qiymatini uning
chastotasini o‗zgartirmagan holda o‗zgartirish yo‗li bilan amalga oshiriladi. Faza
rotorli asinxron motorlar uchun bundan tashqari yana ikkita usuli mavjud: rotor
zanjiriga qo‗shimcha qarshilik kiritish (reostatli rostlash) va
rotor zanjiriga chastota
o‗zgartirgichlarini kiritib, uning yordamida qo‗shimcha rostlanuvchi E.YU.K. hosil
qilish yo‗li bilan (asinxronli ventili kaskad va ikki hil manbali motor).
Hozirgi paytda kuch o‗zgartirgichlarining rivojlanishi bilan yarim
o‗tkazgichli chastota o‗zgartirgichlarining turli xillari yaratilgan va ishlab
chiqarilmoqda. Bu esa motorlar tezligini chastotali rostlash usuli mavqeini oshirib
yubordi va rostlanadigan elektr yuritmalarda ular juda keng miqyosida qo‗llanib
kelinmoqda. Bu tizimning asosiy afzalliklari quyidagilardir:
- rostlashning silliqligi va mexanik xarakteristikalar bikirligining yuqoriligi,
bu esa tezlikni rostlashni keng masshtabda qo‗llash imkonini beradi;
- rostlashning tejamliligi, bu hususiyat motor
kichik qiymatli ablolyut
sirpanish bilan ishlashi hisobiga motordagi yo‗qotishlar nominaldan oshmasligi
bilan izohlanadi.
Chastotali rostlashning kamchiligi o‗zgartirgichning murakkabligi va
qimmatligidir (ayniqsa katta quvvatli yuritmalar uchun).
Tezlikni qutb juftliklari o‗zgartirish yo‗li bilan rostlash bir nechta (2’4)
ishchi tezliklar qiymatini hosil qilish imkonini beradi. Lekin bu usulda bir
169
tezlikdan – ikkinchi tezlikka o‗tishi jarayonlarini shakllantirish
va tezlikni silliq
rostlash imkoni yo‗q. Shuning uchun bu usul faqat alohida hollarda ishlatiladi va
rostlanadigan elektr yuritma uchun asos sifatida ko‗rilmaydi.
Asinxron divigatel tezligini chastotasi doimiy bo‗lgan iste‘mol kuchlanishini
o‗zgartirish yo‗li bilan rostlash 3 – bobda ko‗rib chiqilgan edi. Unda ko‗rilgani
bo‗yicha qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorlar tezligini rostlashning bunday
usuli juda ham cheklangan edi. Buning sababi esa bunday rostlashda sirpanish
energiyasining yo‗qotilishi va motorning qizib ketishi edi. Bunday rostlashdagi
mexanik xarakteristikalar sifatli rostlash imkonini bermaydi.
Rostlash diapazoni
1,5’1; yana ham kengroq rostlash esa faqat qisqa vaqt uchun mumkin. Yuqoridagi
berilgan baxolarga ko‗ra, motor tezligini iste‘mol kuchlanishini o‗zgartirish bilan
rostlash faqatgina rostlanmaydigan elektr yuritmalarni silliq yurgazishda yoki
qisqa vaqtga tezlikni kamaytirishda qo‗llaniladi. Ba‘zan bu usul bilan nasoslar va
ventilyatorlar tezliklari rostlanadi (15 kV gacha) biroq bunda ham berilgan
quvvatni oshirishga to‗g‗ri keladi.
Faza rotorli asinxron motorlar uchun tezlikni rostlash motor rotor zanjiriga
ta‘sir qilish yo‗li bilan amalga oshiriladi. Rotor zanjiriga qo‗shimcha
qarshilik
kiritilganda sirpanish energiyasi motorda tarqalib ketmasdan qo‗shimcha
qarshilikka yo‗naltiriladi. Rostlashning bu usuli tejamsiz hisoblanadi. Rele -
kontaktorli sxemalar ishlatilganda tezlikni silliq rostlash imkoni yo‗qotiladi.
Hozirgi paytda rotor zanjiriga qo‗shimcha qarshilik kiritish bilan tezlikni rostlash
asosan faza rotorli asinxron motorlarni yurgazishda qo‗llaniladi. Reostat –
kontaktorli boshqaruvchi elektr yuritmalar rostlanadigan yuritmalar sifatida
ko‗rilmaydi.
Asinxron motor sirpanishini o‗zgarishiga asoslangan barcha tezlikni rostlash
usullari rotor zanjirida sirpanish energiyasi bilan bog‗liqdir.
Yuqorida ko‗rib chiqilgan usullarda bu energiya rotor chulg‗amining
qizishiga va rotor qarshiliklariga sarflanadi. Shunday rostlanuvchi elektr yuritmalar
borki, ularda sirpanish energiyasi qarshiliklarda yo‗qotilmaydi, balki iste‘mol
manbasiga
qaytariladi, bu esa bunday rostlash tizimlarini tejamliga aylantiradi.
170
Shunday rostlanadigan yuritma tizimlariga asinxron ventili kaskadlar va ikki xil
ta‘minotli motorlar kiradi. Asinxron yuritmaning kaskadli sxemasining asosiy
xususiyati rostlash diapazoning cheklanganligi, ya‘ni 2’1 dan kata emas. Bu
diapazonda kaskadli sxemalar tezlikni silliq va tejamli rostlash imkonini beradi.
Elektr yuritmaning bunday tizimlari baquvvat turbomexanizmlari uchun ma‘qul
deb bilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: