A. A. Xashimov, M. M. Mirxaydarov elektr yuritma


 - rasm. Ventilyator elektr yuritmasi sxemasi



Download 5,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/181
Sana29.04.2022
Hajmi5,79 Mb.
#591875
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   181
Bog'liq
2 5199554044955202142(1)

1.1 - rasm. Ventilyator elektr yuritmasi sxemasi 
Elektr yuritmalarga oid ba‗zi bir misollarni va ularning vazifalarini ko‗rib 
chiqamiz 1.1- rasmda xonani shamollatish uchun mo‗ljallangan ventilyator elektr 
yuritmasining elektr sxemasi ko‗rsatilgan. Ventilyator parragini aylantirish uchun 
kerak bo‗lgan mexanik energiyani elektr energiya orqali hosil qilish uchun 
asinxron motordan (M) foydalaniladi. Biroq elektr yuritmaning tarkibi faqat motor 
bilan cheklanib qolmaydi. Ventilyator ishlashi uchun motorni yoqish va o‗chirish 
talab qilinadi. Boshqarishni bu vazifasi magnitli yuritgich KM va boshqaruv 


18 
tugmalari orqali amalga oshiriladi. SV1 «Yo‗q» tugmasini bosganimizda magnitli 
yuritgich KM cholg‗ami tarmoqdan energiya olib yuritgichning asosiy kuch 
kontaktalarini ishga tushirish orqali motorni elektr energiyasi tarmog‗iga ulaydi. 
O‗zining normal ochiq (n.o.) blok kontakti bilan (KM) yuritgich «Yo‗q» tugmasini 
shuntlaydi va tugma qo‗yib yuborilganda ham bu blok-kontakt yopiq holatda qolib 
motorga elektr energiyasini otishini ta‗minlab beradi. Motorni o‗chirish magnitli 
yuritgich KM cholgamiga berilayotgan energiya ta‗minotini uzuvchi SB2 «O‗ch» 
tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi.
1.1 - rasmda ko‗rsatilgan boshqaruv sxemasi 2 xil ko‗rinishdagi himoyaga 
ham ega: a) tok o‗tkazuvchi simlar va motor stator cho‗lgamlarini qisqa tutashuv 
tokidan himoyalash, bunda himoya maxsus maksimal uzgichli QF avtomatik 
o‗chirgich orqali amalga oshiriladi.
b) motorni o‗ta yuklanishdan himoyalash magnitli yuritgichga o‗rnatilgan 
(KK) issiqlik relelari orqali amalga oshiriladi.
Ikkinchi misol sifatida liftlarning elektr yuritmasini ko‗rib chiqamiz. Lift – 
bu yo‗lovchilarni vertikal yo‗nalishda xarakatlantiruvchi avtomatlashtirilgan 
elektrmexanik qurilmadir. Yo‗lovchi liftga kirib unga kerakli bo‗lgan qavat 
tugmasini bosganida lift kabinasi va shaxtasining eshiklari avtomatik tarzda 
yopiladi. Lift kabinasi kerakli yo‗nalishda harakatga keladi, va kerakli qavatda 
to‗xtaydi, bu vaqtda lift kabinasi va shaxtasi eshiklari avtomatik tarzda ochiladi. 
Elektrmexanik tizimning elektr motori reduktor orqali po‗lat arqonlar o‗rnatilgan 
shkivlarni aylantirib elektr energiyasini mexanik energiyasiga aylantirish yo‗li 
bilan mexanik tizimni harakatga keltiradi. Ikkinchi elektrmexanik tizim eshiklarni 
ochib-yopish mexanizmidir. Bu tizim elektr motor va kinematik mexanik 
qismlardan iborat bo‗ladi.
Liftni boshqarish tizimi eshiklarni boshqarish, kabina harakati yo‗nalishini 
tanlash, ravon yurgazish, ma‗lum tezliklardagi harakatni ta‗minlash, tormoz berish 
va kabinani aniq to‗xtatish kabi vazifalarni bajaradi. Kabinani aniq to‗xtatish va 
yo‗lovchilarni kabinadagi qulayliklarini ta‘minlash uchun harakat tezligini ma‗lum
qonuniyat bo‗yicha rostlash kerak bo‗ladi. Buning uchun harakat tezligi 1,4 m/s 


19 
gacha bo‗lgan liftlarda ikki tezlikli asinxron motorlar, tezkor xarakatlanadigan 
liftlarda esa tezligi ravon rostlanadigan elektr yuritmalar qo‗llaniladi. Liftni 
boshqarish tizimi harakatni boshqarishdan tashqari yolovchilar xavfsizligini va 
nosozliklarsiz ishlashni ta‗minlab beruvchi hamda kabina holatini aniqlab beruvchi 
kerakli himoya va blokirovkalarni ham o‗z tarkibiga oladi. 
Uchinchi misol sifatida ko‗p funksiyali avtomatik maishiy kir yuvish 
mashinasining elektrmexanik tizimini ko‗rib chiqamiz. Mashina quyidagi 
elektrmexanik qurilmalardan iborat: barabanni aylantiruvchi ko‗p tezlikli 
elektrmotor; elektrnasos, elektrik klapanlar; dasturli boshqarish apparatlari. 
O‗rnatilgan dasturga ko‗ra mashina kir yuvish, chayqash va uni siqish, suvni 
quyish va to‗kish operatsiyalarini bajaradi. Turli elektrik va mexanik elementlar 
ishlashi dasturli boshqarish tuzilmasi bilan funksional bog‗langan. Alohida 
elementning ishini alohida ajratilmaydi, chunki ular texnologik jarayonni 
ta‗minlash uchun yagona avtomatik elektrmexanik tizimni tashkil qiladi. Bunda 
elektrmexanik tizimi tarkibiga texnologik jarayonni bajarish uchun kerak 
bo‗ladigan 
elektr 
energiyani 
mexanik 
energiyaga 
aylantirib 
beradigan 
elektrmotorlar va bu jarayonni boshqarish uchun boshqaruv tuzilmalari kiradi.
Energiyani tejash texnologiyalarini yaratishda asosiy vazifalardan biri elektr 
yuritma zimmasiga tushadi. Ko‗pchilik texnologik jarayonlar katta elektr energiya 
sarfi bilan bog‗liqdir, lekin har doim ham bu sarflar tog‗ridan-tog‗ri ishlab 
chiqarish samaradorligi bilan bog‗liq bo‗lavermaydi.
Issiqlik ta‗minoti va suv ta‗minoti tizimlari bunga misol bo‗la oladi. 
Istemolchiga issiq yoki sovuq suvni yetkazib beruvchi nasos qurilmalari avvallari 
rostlanmaydigan elektr yuritma bilan jixozlanar edi. Bunda nasoslarning 
unumdorligi (quvvati) rostlanmas edi yoki quvurlardagi drossellar (klapanlar) 
orqali rostlanar edi. Vaholanki kerakli unumdorlik sutka va yil davomida doim 
ozgarib turadi. Quvurlardagi drossellar orqali rostlashni avtomatik tarzda amalga 
oshirib bo‗lmaydi va u samarasiz energiya isrofi bilan bog‗liq bo‗ladi. 


20 
Oxirgi yillarda nasos elektr yuritmalari asinxron motorlarini tezligini 
rostlashning texnik vositalari paydo bo‗lishi bilan birga issiqlik va suv ta‗minoti 
tizimida ham rostlanuvchi elektryuritmalar qo‗llanila boshlandi. 
Nasosning rostlanuvchi elektr yuritmasi ikki vazifani bajaradi: elektr 
energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi va qurilmaning ishlash 
jarayonini boshqaradi. Bunda suvning bosimi va sarfini kerakli darajada ushlab 
turishga e‗tibor beriladi. Bu tizim elektr energiyasini 30% gacha, suvni 25% gacha, 
issiqlikni 10% gacha tejash imkonini beradi. Ko‗rib chiqilgan misol shuni 
ko‗rsatadiki, mexanizm ishchi organi tezligini rostlash imkoniyatini ta‗minlovchi 
elektr yuritma texnologik jarayonlarni optimal olib borish uchun keng 
imkoniyatlarga ega, xususan elektr energiyasini tejamli ishlatishni ta‗minlaydi.
Mashina ishchi organi tezligini rostlash ko‗pchilik mashina va mexanizmlar 
ishlashining asosiy shartlaridan biri bo‗lib qoladi. 
Shu xususda mexanik kurak turidagi tog‗ ekskavatori mexanizmlari elektr 
yuritmasini ishlashi bilan tanishib chiqamiz (1.2 - rasm). 

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish