1-Mavzu: Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja


kompensatorlik funksiyasi



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/28
Sana29.04.2022
Hajmi0,52 Mb.
#590741
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
1-mavzu (1)

kompensatorlik funksiyasi
etishmayotgan axborot, diqqat-e’tibor, g‘amxo‘rlik 
o‘rnini to‘ldiradi, hayot ma’nosi, istiqbollar va shu kabilarning yo‘qligini 


sezdirmaydi, ya’ni insonning kundalik hayotda qondirilmagan ehtiyojlari o‘rnini 
to‘ldiradi.
Dinning asosiy ildizlari.
Din qonuniy hodisa sifatida vujudga kelgan bo‘lib, u 
insonning g‘ayritabiiy narsalar va hodisalarga bo‘lgan e’tiqodini to‘yintiruvchi 
chuqur ildizlarga egadir. 
Dinning psixologik ildizi
avvalo inson tabiatida mavjud bo‘lib, u inson 
intellektining rivojlanish darajasi va tanqidiy fikrlash qobiliyatidan qat’iy nazar, 
nafaqat tushunish, anglash, balki e’tiqod qilish istagi va hattoki ehtiyojining 
hamisha namoyon bo‘lishidir.
Dinning gnoseologik ildizlari
oqilona bilim nuqtai nazaridan dunyo o‘z rang-
barangligida insonga cheksiz murakkab bo‘lib tuyulishida namoyon bo‘ladi. 
Forobiy fikricha “Din nazariy va amaliy qonunlar tuzilgan paytdagina odamlar 
e’tiqodi, ta’limi tarbiyasi yo‘llari ishlab chiqilgandagina paydo bo‘ladi va 
mustahkamlanadi. Ana shunday din tufayli omma baxt saodat uchun etarli bilim 
olishi mumkin”.
1
Odamzot o‘zini qurshagan borliqni faqat qisman anglab etadi. 
Ayni shu sababli olam inson uchun sirlar va mo‘‘jizalarga to‘ladir. Odamzot o‘zi 
e’tiqod qiladigan ko‘p narsalarni faqat aqlga tayanib isbotlashga ham, rad etishga 
ham qodir bo‘lmaganidek, yuqorida zikr etilgan sirlar va mo‘‘jizalarga javob 
topishga ham (balki hozircha) qodir emas. Psixologlar qayd etganidek, «o‘ta 
mushkul vazifa aqlni o‘tmaslashtiradi», inson echimsiz muammolar qarshisida 
o‘zini ojiz his qiladi va aql dalillarini uydirma, g‘ayritabiiy narsalar bilan osongina 
to‘ldiradi.
Dinning ijtimoiy ildizlari
jamiyatda doimo mavjud bo‘lgan tengsizlik, qashshoqlik 
va adolatsizlikni, odamlar qancha urinmasin o‘zgartira yoki enga olmaganligi bilan 
bog‘liq. Adolatsizlik va foniy dunyoning nomukammalligi tuyg‘usi chorasizlik va 
umidsizlikni yuzaga keltiradi, so‘nggi zikr etilgan tuyg‘ular osongina u dunyoda 
hayotning mavjudligiga bo‘lgan ishonchga aylanadi. Vaholanki, har qanday din 
haqiqiy hayot u dunyodadir, deb o‘rgatadi. Muammolar, qiyinchiliklarga duch 
kelgan va real hayotda o‘ziga tayanch topa olmagan inson g‘ayritabiiy kuchlarga 
umid bog‘lab, narigi dunyoga murojaat etadi. Ularga e’tiqod qilib, odamzot taskin 
va tasalli topadi va oxir-oqibatda taqdirga tan beradi.
Dinnning siyosiy ildizlari
turli siyosiy kuchlarning dindan o‘z mayda-chuyda 
manfaatlarida foydalanish imkoniyati va shu tariqa uni bevosita yoki bilvosita 
qo‘llab-quvvatlashi orqali, uning jamiyatdagi roli va ta’sirini kuchaytirishida 
namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda din va siyosat o‘rtasida ham uzviy va doimiy aloqa 
mavjud.
Dinning yashovchanligi shu darajada mustahkamki, hatto hozirgi zamon fanining 
muhim yutuqlari ham uning negiziga putur etkaza olgani yo‘q, ilmiy bilimning 
o‘sishi esa hatto olimlar orasida ham dindorlar va Xudoga ishonmaydiganlarning 
foiz nisbatini deyarli o‘zgartirmaydi. Masalan, tabiatshunoslik insoniyatga dunyoni 
bilish borasida cheksiz imkoniyatlar yaratayotgani keng e’tirof etilgan 1916 yilda 
Jeyms Lyuba o‘z tadqiqotlarida AQSh olimlarining 40% Xudoga ishonishini 
asoslagan. 90-yillarning oxirida amerikalik tarixchilar E.Larson va I.Uitxem 
1
Ал –Форобий. Фозил одамлар шаҳри. -Т.: Шарқ, 1999 –Б.93-94. 


tomonidan o‘tkazilgan yangi tadqiqot natijalari bundan ham ko‘proq shov-shuvga 
sabab bo‘ldi. Ular XX asrda amalga oshirilgan buyuk kashfiyotlar va fan yutuqlari 
ta’sirida olimlar dunyoqarashi qay darajada o‘zgarganini aniqlashga qaror qildilar. 
Shu bois ularning AQShda tasodifiy tanlangan ijtimoiy fanlar namoyandalari va 
tabiatshunoslik vakillari orasida o‘tkazgan so‘rovi olimlarning 40% avvalgidek 
Xudoga va narigi dunyoda hayot mavjudligiga ishonishini ko‘rsatdi. Bunda 
Xudoga ishonmaydiganlar va ateistlar (Xudoning borligini inkor etuvchilar) soni 
ham deyarli o‘zgargani yo‘q va bugungi kunda, avvalgidek, taxminan 45 va 15% 
ni tashkil etadi.
Davr, mamlakatlar va qit’alardan qat’iy nazar, diniy dunyoqarashning 
yashovchanligi haqidagi umumiy xulosa O‘zbekistonda ham mavjud. XX asrda 
qariyb 80 yil dinni «fosh qilish» uchun mavjud barcha dalillardan foydalangan 
kurashchan ateizm sharoitida yashagan O‘zbekistonliklar orasida mamlakat 
aholisining uchdan ikki qismi o‘zini dindor deb hisoblagan.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish