1-Mavzu: Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/28
Sana29.04.2022
Hajmi0,52 Mb.
#590741
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
1-mavzu (1)

Mifologik dunyoqarash.
«Mif» tushunchasi yunoncha mythos so‘zidan kelib 
chiqqan bo‘lib, afsona, rivoyat degan ma’noni anglatadi. 
Mif

turli xalqlarning 
dunyoning kelib chiqishi, tabiat hodisalari, fantastik mavjudotlar, xudolar va 
qahramonlarning ishlari haqidagi tasavvurini ifodalovchi muayyan tarzda tizimga 
solingan dunyoqarashdir.
Mifda bilimlar, diniy e’tiqodlar, ma’naviy madaniyatning turli elementlari, san’at, 
ijtimoiy hayot kurtaklari birlashgan bo‘lib, shu tariqa ibtidoiy odamlar 
dunyoqarashi ma’lum darajada tartibga kelgan, ularning dunyo haqidagi qarashlari 
esa muayyan tizimga solingan. Mazkur tizimga solishning muhim shakllari epos, 
ertaklar, afsonalar, rivoyatlar bo‘lib, miflar avvalo ular orqali ifodalanadi. Shu 
tariqa to‘plangan bilimlar va tajriba keyingi avlodlarga o‘tishi ham ta’minlanadi.
Mifologik dunyoqarashning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu oddiy 
rivoyat, biron-bir voqea haqidagi hikoya emas, balki og‘zaki «muqaddas» 
matnning arxaik ongdagi voqea-hodisalarga, insonga va u yashayotgan dunyoga 
ta’sir ko‘rsatuvchi muayyan borliq sifatidagi in’ikosidir
. Mif, insoniyat tarixining 
ilk bosqichlarida, odamlar xulq-atvori va o‘zaro munosabatlarini tartibga solish 
funksiyasini bajargan, chunki unda axloqiy qarashlar, insonning borliqqa estetik 
munosabati o‘z ifodasini topgan. Mifologiyaga shu narsa xoski, unda hamma narsa 
bir, yaxlit, ajralmasdir; tabiat narsalari va hodisalari inson bilan ayni bir 
qonunlarga muvofiq yashaydi, inson bilan bir xil sezgilar, istaklar, mayllarga ega 
bo‘ladi.


Shunday
 
qilib, mif kimningdir uydirmasi yoki «o‘tmish sarqiti» emas, balki 
shunday bir o‘ziga xos tilki, inson uning yordamida qadim zamonlardanoq dunyoni 
tavsiflagan, o‘zining o‘sib borayotgan tarqoq bilimlarini umumlashtirgan, talqin 
qilgan, tasniflagan va muayyan tizimga solgan.
Mifda ota, oqsoqol hukmi va qaror topgan an’analar muhim rol o‘ynaydi. Rivoyat 
va uning mazmuniga nisbatan bunday munosabat zamirida e’tiqod, borliqni 
bevosita, emotsional idrok etish yotadi.
Mifologik dunyoqarash dunyoni yaxlit 
tushunish bo‘lib, unda shubhaga o‘rin yo‘qdir
.
Mifologiya (miflar majmui sifatida) qadimgi odamlar dunyoqarashi bilangina 
uzviy bog‘liq emas. Oddiy ongda yashaydigan din, falsafa, siyosat, san’atda aniq-
ravshan yoki pardalangan ko‘rinishda mavjud bo‘lgan miflar bugungi kunda ham 
(kim uchundir ko‘proq, kim uchundir kamroq darajada) odamlar hayoti va ijodida 
faol rol o‘ynab, har qanday inson dunyoqarashining tarkibiy qismi bo‘lib 
qolmoqda. Jamiyatning axborotlashuvi jadal sur’atlarda o‘sib borayotgan sharoitda 
mif televidenie, radio, vaqtli matbuot, hozirgi saylov texnologiyalari vositasida 
ba’zan ijtimoiy ong bilan manipulyasiya qilish, oldindan belgilangan jamoatchilik 
fikrini shakllantirish vositasi sifatida qo‘llanilmoqda.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish