e-qaror.gov.uz
23.04.2022
6
tibbiyot muassalari xamkorligida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
hamkorligida, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda sog‘lom oilani
shakllantirish, o‘smirlar, ayniqsa o‘smir qizlar reproduktiv salomatligini
mustahkamlash, ona va bola salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha keng targ‘ibot
va tushuntirish ishlarini tashkil etish;
aholiga sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish, ommaviy sportni yanada
rivojlantirish, tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali
jamoat salomatligini mustahkamlash hamda tumanda tashkil etilgan “Maxallabay”
yondashuvi bo‘yicha har bir mahalla fuqarolar yig‘inlarida tibbiy brigadalar
faoliyatini nazoratga olish vaziflari yuklatilsin.
5. Xalq deputatlari tuman Kengashining ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat,
sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda yoshlar
siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya
raislari o‘z yig‘ilishlarida, tumanda reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va
bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko‘lamini yanada
kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni komissiya yig‘ilishlarida
tanqidiy muhokama etib borsinlar.
6. Tuman hokimligi axborot xizmati (Sh.Sharopov), “Vobkent hayoti” tuman
gazetasi tahririyati (O‘.Istatov), tuman tibbiyot birlashmasi (Sh.Rajabov)ga tuman
mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-
tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Halimova,
tuman xalq ta’limi bo‘limi (Sh.Husenov), tumandagi texnikum, kollej va kasb-
xunar hunar maktablari direktorlari va manfaatdor nodavlat notijorat tashkilotlari
bilan birgalikda:
tumanda reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga
ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirish
yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli hamda ushbu sohadagi mavjud
muammolar doirasida olib borilayotgan ishlarni:
aholi orasida tug‘ma va irsiy kasalliklarga chalingan bolalar tug‘ilishi,
qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar o‘tkazilishining oldini olish bo‘yicha keng
tushuntirish ishlarini olib borish, shuningdek, sog‘lom oilani shakllantirish, milliy
ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni targ‘ib etishda jamoat tashkilotlari va keng
jamoatchilikning mas’uliyatini oshirishga qaratilgan turkum maqolalar tayyorlash
hamda olib borilayotgan ishlarni muntazam ravishda tuman mahalliy ommaviy
e-qaror.gov.uz
23.04.2022
7
axborot vositasi va ijtimoiy tarmoqlari orqali keng yoritib borish tavsiya etilsin.
7. Mazkur qaror ijrosining nazorati xalq deputatlari tuman Kengashining
Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha
doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi
F.Umarov
Do'stlaringiz bilan baham: |