e-qaror.gov.uz
23.04.2022
5
tug‘ruqda yordam ko‘rsatish, onalik va bolalikni muhofaza qilish
muassasalari hamda onalar va bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi sog‘liqni
saqlash birlamchi bo‘g‘ini muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada
mustahkamlash choralarini ko‘rish;
aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash, oilaviy poliklinika va oilaviy
shifokorlik punktilari, tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini yaxshilash bo‘yicha
olib borilayotgan tadbirlarni tizimli ravishda davom ettirish, aholini maqsadli va
manzilli patronaj xizmati bilan to‘liq qamrab olish;
tumandagi markaziy poliklinika, oilaviy poliklinika va oilaviy shifokorlik
punktilarida ayollarni ommaviy tarzda ultratovush tekshiruvidan o‘tkazish
bo‘yicha mas’ul soha mutaxassislarni o‘rnatilgan tartibda tayinlash topshirilsin.
3. Tuman tibbiyot birlashmasi (Sh.Rajabov), tuman mahalla va oilani qo‘llab-
quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-tuman hokimining xotin-
qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Halimova, tuman xalq ta’limi bo‘limi
(Sh.Husenov), tumandagi texnikum, kollej va kasb-xunar hunar maktablari
direktorlari va manfaatdor nodavlat notijorat tashkilotlariga:
oila, onalik va bolalikni ijtimoiy himoyalash hamda xotin-qizlar hayoti va
turmush tarzi bo‘yicha salbiy ko‘rsatkichlari oshgan mahallalarda mavjud holatni
bartaraf etish choralarini ko‘rish;
yashash joylarida, mahallalarda va ta’lim muassasalarida tug‘ma va irsiy
kasalliklarning oldini olish, sog‘lom oilani shakllantirish, ona va bola sog‘ligini
muhofaza qilish, erta va keksa yoshdagi ayollar tug‘ruqlarining oldini olish
masalalarida jamoatchilikning rolini oshirish masalalari bo‘yicha tushuntirish va
profilaktika ishlarini muntazam o‘tkazib borish;
“Aholini maqsadli patronaj bilan qamrab olish, ularda tibbiy madaniyatni
shakllantirish hamda oila va ta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib
etish borasida”gi qo‘shma qarori asosida tumanda amalga oshirilayotgan ishlarni
muntazam ravishda keng muhokama qilish topshirilsin.
4. Tuman hokimining o‘rinbosari-tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash
bo‘limi (M.Halimov), tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi
boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-tuman hokimining xotin-qizlar masalalari
bo‘yicha maslahatchisi Sh.Halimovaga:
aholi, eng avvalo yoshlar orasida tibbiyot birlashmasi xamda birlamchi
Do'stlaringiz bilan baham: |