69
depozitlarning boshqa turlari (akkreditivlar bo„yicha, mud-
datsiz, foizsiz depozitlar) bo„yicha hisobvaraqlar;
ssuda hisobvaraqlari.
Yuqorida sanab o„tilgan barcha hisobvaraqlarni ochish uchun bank
va mijoz o„rtasida bank hisobvarag„i shartnomasi tuziladi. Shartnomada
shartnoma nomeri, uni tuzish sanasi, mazmuni,
tomonlarning huquq va
majburiyatlari, bank tomonidan ko„rsatilayotgan xizmatlar uchun to„la-
nishi lozim bo„lgan haq miqdori va uni to„lash usuli, shartnoma muddati,
uni bekor qilish yoki o„zgartirish tartibi, tomonlarning javob-garligi va
boshqa qo„shimcha shartlar ko„rsatiladi. Shuningdek, shartnomada bank
va mijozning manzilgohi hamda rekvizitlari ko„rsatilishi lozim.
Talab qilinguncha saqlanadigan depozit
hisobvaraqlari mulkchilik
shaklidan qat‟iy nazar, jismoniy va yuridik shaxslarga ochiladi. Xusu-
san, qishloq xo„jaligi korxonalari va savdo tashkilotlarining o„z mab-
lag„larini saqlash va joriy operatsiyalarni bajarishi uchun mo„ljallangan
maxsus hisobvaraqlari ham shular jumlasidandir.
Budjet muassasalariga respublika va mahalliy budjet hisobidan ajrati-
ladigan mablag„larni keltirish hamda shu mablag„lardan foydalanish uchun
ularga talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari ochiladi.
Ilgari xo„jalik hisobida turuvchi korxonalarga ochiladigan hisobva-
raqlar hisob-kitob hisobvarag„i deyilar edi. Bank tizimi faoliyatining ja-
hon standartlariga o„tkazilishi munosabati bilan juda ko„plab o„zgarish-
lar kiritildi. Masalan, korxona va tashkilotlarning operatsiyalari o„tkazi-
ladigan hisob-kitob hisobvaraqlari “talab qilinguncha saqlanadigan de-
pozit” hisobvaraqlari deb nomlandi. Bu hisobvaraqlarni
nomerlash tar-
tibi ham o„zgardi. Mijozlar hisob-kitob va kassa xizmatlaridan foydala-
nish uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar. Har bir mijozga
milliy va xorijiy valutada talab qilinguncha saqlanadigan asosiy depozit
hisobvaraq faqat bitta bankda ochiladi. Agar korxona chet el investitsiya-
lari ishtirokida O„zbekiston Respublikasida tashkil etilgan bo„lsa, ular o„z
xoxishlariga ko„ra bitta yoki turli banklarda hisobvaraq ochishlari mumkin.
Mijozlarga zarurat bo„lgan
taqdirda, bir yo„la bir necha bankda
milliy valutada mablag„larni hisobga olib borish uchun talab qilinguncha
saqlanadigan ikkilamchi depozit hisobvarag„ini ochish mumkin. Ish haqi va
unga tenglashtirilgan barcha to„lovlar asosiy
depozit hisobvaraqlari or-
qali to„lanishi shart. Ikkilamchi hisobvaraqlardagi mablag„lar keyinchalik
talab qilinguncha saqlanadigan asosiy depozit hisobvarag„iga o„tkaziladi.
70
Aniq maqsadlarga foydalanish uchun
respublika va mahalliy
budjetlar hisobidan mablag„ oladigan har bir xo„jalik yurituvchi subyekt-
ga alohida maqsadlar uchun talab qilinguncha saqlanadigan depozit
hisobvaraqlar ochiladi. Aniq maqsadlar uchun
budjetdan berilgan mab-
lag„larning boshqa depozitlarga qo„yilishi taqiqlanadi.
Ochilgan hisobvaraq bo„yicha bajariladigan operatsiya turlari kor-
xona Nizomida ko„zda tutilgan faoliyat turiga mos kelishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: