Informatika va AT fanini o‘qitishda masofadan o‘qitish
texnologiyasidan foydalanish
Bugungi kunda, о‘quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning an’anaviy va
noan’anaviy shakllarini qо‘llash, о‘qitishga zamonaviy yondashuvlar asosida
shiddat bilan о‘zgarib borayotgan jamiyat talablariga mos ravishda ta’lim sifatini
oshirish talab etilmoqda.
Tarixdan bilamizki, XX asr boshlarida aksariyat davlatlarda maktab
ta’limining maqsadlari odamlarni savodga о‘rgatish bо‘lgan va mazkur davrning
birinchi yarmida yuz bergan, misol uchun, birinchi va ikkinchi jahon urushi, tabiat
katalizmlari va ommaviy kasalliklar ta’lim sohasi taraqqiyotiga salbiy ta’sir qilgan.
XXI asrda maktab ta’limi maqsadlari о‘zgarib, о‘quvchilarda savodxonlik,
kompetensiyalar va shaxsiy sifatlar/fazilatlarni shakllantirish hamda rivojlantirish
ustuvorlik kasb etmoqda.
Masofaviy ta’lim texnologiyalari о‘ziga xos afzalliklarga ega. О‘quvchiga
qulay sharoit va muhitda ta’lim olish, mustaqil dars qilish vaqti va yо‘nalishini
tanlash (videodarslarni takror kо‘rish mumkin) imkonini beradi.
Masalan, u kun bо‘yi turli fanlarni yoki bittasini, masalan, informatika va
axborot texnologiyalari fanini о‘rganishi, darslikdagi ma’lumotlarni о‘qishi, biror
mavzu bо‘yicha video taqdimotlarni tomosha qilishi, topshiriqlarni bajarishi, hatto
kichik tajriba yoki tajribalar о‘tkazish, tajriba orqali о‘qigan bilimlarini о‘rganish
(uy-rо‘zg‘orda kimyoviy jarayonlarni kuzatish) bilan shug‘ullanishi mumkin.
Dars qilishda ota-ona oila a’zolari kо‘magidan foydalanish, о‘zini erkin (notо‘g‘ri
javob berib yoki vazifani notо‘g‘ri bajarib qо‘yish xavotiri bо‘lmaydi) his qilishi
mumkin.
Maktabda bola о‘z faoliyatini baholashiga о‘rgangan, ya’ni u har doim uning
natijalarini baholashini kutadi (о‘qituvchidan maqtov, tengdoshlarning olqishi
kabi).
Bunday
fikrlash
tarzini
shakllantirish
jarayonida
bola
о‘z
muvaffaqiyatsizliklarini mag‘lubiyat deb biladi, agar vazifani bajara olmasa yoki
dars mavzusini yaxshi tushunmasa, savodsiz kо‘rinishdan qо‘rqadi. Natijada, bola
о‘qishga qiziqmay qо‘yadi, u о‘qishni faqat yaxshi baho olish, о‘qituvchi va ota-
onasi talabiga javob berish deb qabul qiladi.
Turli ta’lim resurslaridan onlayn va mustaqil foydalanishda о‘zi uchun zarur
sur’atni tanlaydi yoki ota-onasi bolaning shaxsiy xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda amalga oshiradi.
Masalan, о‘quv materialini о‘zlashtirish uchun kо‘p vaqt talab qiladigan
sekin harakatlanadigan bolalar maktabda umuman hech narsa qila olmasliklari
mumkin, ammo masofaviy ta’lim/maktabda ular tо‘liq namoyon bо‘ladi. Axir, bu
yerda hech kim ularni baholamaydi, darsning tez tugashidan qо‘rqib, darslikdan
yoki partadoshidan kо‘chirishga hojat qolmaydi.
О‘rta ta’lim bо‘yicha о‘quv dasturi barcha maktablar uchun bir xil bо‘lishiga
qaramay, masofaviy о‘qitish ancha kam vaqt talab etadi.
Maktabda dars belgilangan vaqt davom etadi (siz bilganingizdek, 45 daqiqa),
agar о‘quvchi darsni о‘rgangan bо‘lsa va topshiriqni belgilangan muddatdan oldin
bajargan bо‘lsa ham, u qо‘ng‘iroqni kutishga majbur bо‘ladi. Shuningdek, agar biz
maktabga borish va aksincha (ayniqsa maktab uzoqda bо‘lsa) maktabdan qaytish
uchun ketadigan vaqtni uyda boshqa mashg‘ulotlarga sarflash mumkin.
О‘quvchi mustaqil ta’lim olishda о‘zini о‘zi boshqarish va о‘zini tarbiyalash
kо‘nikmalari rivojlanadi, bunday muvaffaqiyat nafaqat maktab davrida, balki
keyingi kasbiy faoliyatida va hayot tarziga ijobiy ta’sir qiladi.
О‘zini tartibga solish qobiliyati nafaqat о‘qish va ishlashda, balki kelajakda
oilada, bolalarni tarbiyalashda, sevimli mashg‘ulotlarida, dо‘stlar va tanishlar bilan
muloqotda ham zarurdir.
Masofaviy ta’lim jarayoni ishtirokchilarining AKT foydalanish kо‘nikmalari
rivojlanadi, axborot makoni, ijtimoiy tarmoqlarda ishlash madaniyati oshadi.
Masofaviy mustaqil ta’lim maktab ta’limiga mutloq muqobil emas, balki
tо‘ldiruvchi sifatida samarali bо‘la oladi va ayrim kamchiliklardan ham holi emas.
Jumladan, ota-ona tomonidan berilgan kо‘mak о‘qituvchi kо‘magidek professional
bо‘lmasligi mumkin (ammo, masofaviy ta’limda shaxsiy omil muhim emas,
о‘qituvchi bilan internetda aloqa о‘rnatishi mumkin).
О‘quvchining tengdoshlari bilan jonli muloqotda bо‘lishi, ya’ni
ijtimoiylashuv imkoniyatlari cheklanib qoladi. Maktab о‘quvchilari uchun
masofadan о‘qitishning asosiy kamchiligi, shubhasiz, jamiyatning a’zosi sifatida
bolaning shaxsiyati shakllanadigan ijtimoiy muhitning yо‘qligi. Shu sababli,
kelajakda,
jamoada
ishlashda
qiyinchiliklar bо‘lishi, raqobat muhitida
harakat qilish va mavjud sharoitlarga
moslashish
qobiliyati
yetishmasligi
mumkin.
Shuningdek, masofaviy ta’limda
ota-ona bolaning ijobiy va salbiy
hissiyotlari,
о‘rganishni istamasligi,
diqqatni jamlay olmaslik, mavzuni
tushunmaslik,
yomon
kayfiyat,
psixologik manipulyatsiyalar, masalan
"kо‘zlarim kompyuterdan og‘riyapti", "men toza havodan nafas olmoqchiman",
"siz qanday qilib tushuntirishni bilmayapsiz", " Men charchadim va uxlashni
xohlayman " kabi holatlari kuzatilishi mumkin.
Ota-onalarning о‘zlari ham turli emotsional holatlarni boshidan kechiradi.
Farzandlarining ta’lim-tarbiyaviy ehtiyojlari, yutuqlari, kuchli va zaif tomonlari
haqida bilib oladi.
Ular ayrim paytlarda kuchsizlikdan umidsizlikka tushish va muvaffaqiyatdan
xursand bо‘lish, zarur bо‘lsa tasalli berish, hayotiy tajribasi asosida dars berish,
tushuntirish, bardoshli bо‘lish, qoyil qolish kabi psixologik holatlarni boshidan
kechiradi. Bularsiz, afsuski, bolani о‘qitish texnik harakat bо‘lib qoladi, ya’ni
tarbiyaviy ahamiyati yо‘qoladi.
Masofaviy ta’lim jarayonida ota-onalar nazorati oqilona bо‘lishi, bolani
majburlamaslik va unga bosim о‘tkazmaslik kerak (oddiy dangasalik va itoatsizlik
bundan mustasno). Uning fe’l-atvori xususiyatlarini hisobga olish (ya’ni psixolog
bо‘lish kerak), mustaqil ishlashga odatlantirish, u uchun vazifalarni bajarmaslik,
aksincha, unga о‘z kashfiyotlarini qilish va undan zavqlanish imkoniyatini
beradigan eng zarur narsalarga yordam berish lozim.
Maktab о‘quvchilari uchun masofadan о‘qitish usullarining о‘ziga xosligi,
innovatsionligi va dolzarbligini ta’kidlaydigan bir qator jihatlar mavjud, ayniqsa
karantin davrida:
о‘quv jarayonining о‘qituvchi va о‘quvchining bevosita о‘zaro muloqotini
talab qilmaydi;
asosan axborot almashinuvining elektron vositalari (videodarslar, elektron
resurslar, о‘quv filmlari, virtual laboratoriyalar va b.) qо‘llaniladi;
muntazam interfaol ta’lim olish, epizodik emas va о‘quv faoliyati natijalari
samaradorligi uchun katta mas’uliyat о‘quvchilar va ularning ota-onalariga
yuklatiladi.
Hozirda, masofadan о‘qitish zarur chora sifatida qabul qilindi, ammo kelajakda
u turli yoshdagi о‘quvchilar uchun qulay, rivojlantiruvchi va mustaqil masofaviy
ta’lim olishning qо‘shimcha shakli bо‘lib qolishi shubhasiz.
Xulosa qilinganda, masofaviy ta’lim quyidagi hollarda samarali natija beradi:
nogiron bolalar uchun;
ayrim ilg‘or maktablarda ta’lim olishni istaganlar, ammo hududning uzoqligi
sababli yuqori malakali pedagogik yordamdan foydalanish imkoniyatiga ega
bо‘lmaganlar;
qо‘shimcha ta’lim olish;
ta’lim faoliyatining individual sur’atlariga mos ravishda iqtidorli bolalar
bilan ishlash;
kasallik va sabablar tufayli vaqtincha uyda ta’lim olish ehtiyoji mavjud
bolalar uchun.
О‘z о‘rnida, masofaviy ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish о‘qituvchi va ta’lim
mutaxassislariga ham bir qator zamonaviy talablarni qо‘yadi:
о‘z ustida mustaqil ishlash orqali kompetentlikni oshirishning eskicha
yondashuvidan yangi, innovatsion yechimlariga о‘tish;
о‘qituvchi
о‘zining
elektron
kutubxonasini
shakllantirishi,
ya’ni raqamli axborot ta’lim
resruslarini
tо‘plash,
saqlash,
yangilash
va
о‘quvchilariga
yetkazishga о‘rganish;
kompyuter texnikasi, mahalliy
tarmoq va internetga ulanish va
ishlash imkoniyatlarini yaratish;
didaktik, metodik va elektron
ta’lim resurslardan (rasmiy ta’lim portallari va vebsaytlar) samarali foydalanish;
ota onalar. hamkorlar va hamkasblar bilan elektron tarmoqdagi hamkorlikni yо‘lga
qо‘yish kо‘nikmalariga ega bо‘lishlari zarur.
Shuningdek, ayni paytda, о‘qituvchilarning AKT sohasidagi bilim va
kompetensiyalarini
rivojlantirish
uchun
qulay
sharoit
yaratish,
ularda
mediasavodxonlik va mediamadaniyatni oshirish zarurati oshmoqda.
О‘quv-tarbiya jarayonini о‘quv-metodik ta’minlash (virtual laboratoriya ishlari,
ta’lim dasturlari, о‘quv-uslubiy materiallar va h.k.).
Xulosa о‘rnida aytish mumkinki, masofaviy ta’lim muhiti zamonaviy
axborot, telekommunikatsiya va vebtexnologiyalar imkoniyatlariga kо‘ra rang-
barangligi, kontentning barcha yoshdagi iste’molchilarga moslashtirilganligi bilan
о‘ziga jalb etadi. Natijada, о‘quvchilarga karantin sharoitida mustaqil ta’lim
olishga kо‘maklashish, elektron ta’lim resurslaridan samarali foydalanish, ularga
yangiliklarni tezkor ravishda yetkazish imkonini berishi jarayon ishtirokchilarida
qiziqishni kuchaytiradi. Foydalanishning oson va oddiyligi, yoshidan qat’i nazar
barcha о‘quvchilar va ota-onalarga masofadan turib yordam berish imkonini
ta’minlaydi.
Masofaviy ta`limda foydalaniladigan ilovalar
Do'stlaringiz bilan baham: |