Markaziy Osiyolik qomusiy mutafakkirlarning dunyo sivilizatsiyasida tutgan o‘rni. Reja. IX-XII asrlarda yurtimizda tashkil topgan, markazlashgan davlatlarning iqtisodiy va madaniy hayotiga ijobiy ta’siri


O‘rta Osiyolik allomalarning jahon fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi



Download 281,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana28.04.2022
Hajmi281,32 Kb.
#588551
1   2   3   4
Bog'liq
2.3-mavzu. Markaziy Osiyolik qomusiy mutafakkirlarning dunyo sivilizatsiyasida tutgan orni

O‘rta Osiyolik allomalarning jahon fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi. 
Musulmon uyg‘onish davrida ijod qilgan O‘rta Osiyolik mutaaffakkirlar YAqin va O‘rta 
Sharq mamlakatlarida ilm-fan va madaniyatning o‘ziga xos falsafasining ravnaq topishida kata rol 
o‘ynaganlar. Bu davrda O‘rta Osiyolik allomalar fanlarning turli tarmoqlarini rivojlantirishda o‘z 
asarlari bilan ishtirok etdilar. Bulardan biri Abu Abdullox Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy 
(783-850yy) dir.
Xalifa al-Ma’mun taklifi bilan Abu Abdullox Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy shayx ul 
baytul donish - “Donishmandlar uyi”ning boshlig‘i etib tayinlandi. 
Aynan xalifa Ma’munning Sharq olimlariga nisbatan chuqur hurmat bilan qaraganligi 
sababli O‘rta Osiyoning eng yirik olimlari Bog‘dodga jamlandi. 
Xuddi shu vaqtlarda arablar orasida “Ilm daraxtining asosiysi Makkada-yu, hosili Xurosonda 
pishadur” degan ajoyib maqol tarqalgan edi. Nemis olimi YU.Rushka IX-X asrlarda arab tilida 
yozilgan asarlar ro‘yxati bilan tanishib chiqib shunday xulosaga kelgan. “Deyarli barcha olimlar 
Xuroson, Movarounnahr va Farg‘onadan etishib chiqqan edilar. Ularning har birlari ismlari oxirida 
vatanlari nomini qo‘shib aytishni odat qilgan edilar”. Bog‘doddagi ilmiy markaz haqida akademik 
V.V.Bartold shunday fikr aytadi. “Ma’munning xizmatlari evaziga Bog‘dod o‘ziga musulmon 
olamida ma’lum bo‘lgan va qaysi burchagida bo‘lmasin eng kuchli adabiyotchi va olimlarni o‘z 
bag‘riga chaqirib oldi. Bunda O‘rta Osiyoning ulushi buyuk edi”. Shunday qilib, xalifa Ma’mun 
davrida Bog‘dodda kutubxonalar ochilib, g‘arb va Sharqning qadimgi dunyosi, merosi o‘rganila 
boshlangan edi. U “Bayt ul-hikma”da aytilgan koinot va er yuzidagi muammolarni bajarish uchun 
70-dan ortiq etuk olimlarni jalb etgan. Axmad al-Farg‘oniy ham bu topshiriqni bajarishga kirishib, 
er yuzi xaritasini tuzishda faol ishtirok etgan. Ushbu xarita “Ma’munning Dunyo xaritasi” nomi 
bilan yuritilib, 840 yillarda tugallangan. Lekin bu xarita saqlanib qolmagan bo‘lsa ham, Axmad 
al-Farg‘oniy asarlari orqali dunyo xalqlari mazkur xarita bilan tanishishga muyassar bo‘lganlar. 
Turonning jahonga mashhur olimlaridan biri Muhammad ibn Muso Xorazmiy bo‘lib, u 
taxminan 783 yilda tug‘ilgan va 850 yilda Bog‘dodda vafot etgan. 
Xorazmiy xalifa Ma’mun raxnamoligida islom Sharqining fanlar akademiyasi - “Bayt ul-
hikma” (“Donishmandlar uyi”)da ishladi. Bu ilm dargoxida u juda ko‘plab astronomik kuzatishlar 
olib bordi. Uning nomini tarixda abadiy qoldirgan asarlaridan biri - “Al-Jabr va-l muqobala”dir. 
Bu asar g‘arb va Sharq olimlariga algebra fani bo‘yicha dasturiy amal bo‘lib xizmat qildi. 
“Algoritm” va “Algebra” degan atamalar Xorazmiy nomi bilan bog‘liqdir. Al-Xorazmiyning 
arifmetikaga bag‘ishlangan bu kitobi XII asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilingan. O‘sha 
paytlarda ko‘chirilgan nusxasi hozir ham Kembrijda saqlanmoqda. Bu asar bir necha asrlar 
davomida Yevropa universitetlarida “Algoritm kitobi” nomi bilan mashhur bo‘lgan. Rim papasi 
Silvesto rim raqamlari o‘rniga Xorazmiy ishlab chiqqan arab raqamlarini Yevropada iste’molga 
kiritish to‘g‘risida farmon berdi.
Xorazmiy shuningdek “Kitob surat al-az” (“Er surati”) degan risola ham yozdi. Asarda 
Ptolomeyning “Geografiya” nomli kitobini butunlay qayta ishlab, Sharq mamlakatlari to‘g‘risida 
qimmatli ma’lumotlar berdi.
Bu kitobda Orol dengizining tasviri ham berilib, 637 ta muhim joylar, 209 ta tog‘ning 
geografik tafsiloti berilgandi. Olimning bu kitobi Sharqda geografiya fanining rivojlanishiga katta 
hissa qo‘shdi. Xorazmiy o‘zining matematika, geografiya, tarix, musiqa, astronomiya va boshqa 
fanlarga taalluqli asarlari bilan jahon fani taraqqiyotiga keng yo‘l ochib berdi. Jahon axlining 1983 
yili Muhammad Muso Xorazmiyning 1200 yilligini zo‘r tantana bilan nishonlaganligi buyuk 


vatandoshimizga ko‘rsatilgan cheksiz hurmatidir. Shunday qilib, buyuk alloma Muhammad Muso 
Xorazmiyning nodir asarlari, yaratgan ta’limoti, ijtimoiy-falsafiy qarashlari hozirgi avlod uchun 
bitmas-tuganmas xazina, mustaqilligimiz uchun xizmat qiladigan bebaho ma’naviy boylikdir. 
Ensiklopedist allomalardan yana biri al-Farg‘oniy taxminan 797 yilda Farg‘ona vodiysining 
Quva shahrida tug‘ilib, 861 yilda Qoxirada vafot etgan. Axmad Farg‘oniyning ilmiy faoliyati
Bog‘dod bilan, ulug‘ mutafakkir olim Muhammad Muso Xorazmiy rahbarligida faoliyat 
ko‘rsatgan “Bayt ul-hikma” bilan bog‘liqdir. U Bog‘dod va Damashqdagi rasadxonalar qurilishiga 
qatnashib Bog‘doddagi falakshunoslik maktabiga rahbarlik qiladi. Keyinroq, 861 yilda Misrda 
yashagan chog‘ida Nil daryosida joylashgan Ravz orolida suv satxini o‘lchaydigan nilometr 
asbobini takomillashtirdi. Bu asbob hozirgacha saqlanmoqda. Uning atrofidagi qurilmalarga granit 
toshlarga oyat, xadis so‘zlari bitilganini, tabiatga bo‘lgan muxabbat ramzi deb bilsa bo‘ladi.
O‘rta Osiyoda taraqqiy etgan islomiy fan va madaniyatning dastlabki atoqli vakillaridan biri 
olamshumul alloma Axmad ibn Muhammad Farg‘oniyni, arab dunyosida “Hisob” (matematik), 
Yevropada esa “Alfraganus” deb atashgan. Axmad al-Farg‘oniy 25 yoshida Xo‘jand orqali 
Samarqandga, so‘ng Buxoro orqali xalifa Ma’mun ibn Xorun ar-Rashid huzuriga borib ilm-fan 
xizmatida bo‘lgan. Uning nomini jahonga mashhur qilgann asari “Astronomiya negizlari” bo‘lib 
unda buyuk mutafakkir o‘zi yashagan davrdagi falakiyotga oid bilimlarni tartibga soldi va uni 
yangi xulosa va natijalar bilan boyitdi. “Astronomiya negizlari” asari Yevropada Kopernikkacha 
bo‘lgan falakiyot ilmidan asosiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qildi. Shuning uchun allomaning asarlari 
XII asrda lotin tiliga ikki marta va XIII asrda boshqa Yevropa tillariga tarjima etilgandan so‘ng 
uning lotinlashtirilgan nomi “Alfraganus” shaklida g‘arbda bir necha asr davomida keng tarqaldi. 
XVI asrdayoq Oydagi katerlardan biriga alloma nomi berildi. 
Allomaning ilm-fan va jahon ma’naviyatida tutgan o‘rni va roliga o‘rta asr Sharq tarixchilari 
Abul Faraj, al-Kiftiy ibn Nazimlarning asarlarida alohida to‘xtalib o‘tgan. Shuningdek, so‘nggi 
yillarda nashr etilgan ilm va madaniyat tarixiga bag‘ishlangan kitoblarda ham al-Farg‘oniy buyuk 
olim sifatida qayd etiladi. Shu xususda Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edilar: 
“Tariximiz necha-necha ming yilliklarga borib taqaladi. Gapning indollosini aytishimiz kerak: 
ayrim odamlar hali lungi tutib yurgan davrlarda bizning ota-bobolarimiz yulduzlar jadvalini 
tuzganlar”.
Abu Nasr Farobiy (873-950yy) nafaqat O‘rta Osiyo va Sharqning, balki butun dunyoning 
asrlar osha e’tirof etib, katta hurmatga sazovor bo‘lib kelayotgan buyuk mutafakkir va qomusiy 
olimi, mashhur faylasufidir. 
Sharq uyg‘onish davrining ulug‘ namoyondasi bo‘lgan Farobiy 873 yilda Aris daryosining 
Sirdaryoga quyiladigan joyidagi Forob qishlog‘ida tug‘ilgan. U dastlabki bilimni Forobda olgach, 
Toshkent, Samarqand, Buxoro va O‘rta Osiyoning boshqa o‘lkalarida taxsil oladi, lekin u o‘zining
bu erlarda ilmga e’tiyojini qondira olmaydi. Ilmga katta hayotiy e’tiyoj sezgan Farobiy jahon ilm 
markazlaridan biri Bog‘dodda qo‘nim topdi. Bu erda u tinmay o‘qib o‘rganadi, arab tili va 
adabiyotini mukammal egalladi, SHom, Misr o‘lkalarida o‘qidi, mudarrislik qildi.
Farobiy ilmning barcha sohalarida ijod qilib, buyuk asarlar yozdi. XII-XIII asrlarning yirik 
olimi Zahiriddin al-Bayhaqiy fikricha, islom o‘lkalari olimlari orasida unga teng keladigan odam 
dunyoga kelgan emas. 
Farobiy yirik faylasuf, tilshunos, mantiqchi, riyozatchigina emas, shu bilan birga, sotsiolog, 
tibbiyotchi, psixolog, musiqa ilmining nazariyotchisi va amaliyotchisi hamdir. “Falsafani 
o‘rganishda nimalarni bilish kerak?”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar”, “Mantiqqa kirish”, 
“SHe’r san’ati”, “SHoirlarning she’r yozish san’ati va qonunlari haqida”, “Ilmlarning kelib 


chiqishi to‘g‘risida”, “Aql to‘g‘risida”, “Inson a’zolari haqida risola”, “Fozil shahar odamlari 
qarashlari”, “Davlat haqida” kabi 160 dan ortiq qimmatli asarlar yozdi.
Qadimgi yunon falsafasini, xususan Aristotel asarlarini chuqur va mukammal bilish, tarjima 
qilish, ilmiy she’rlar yozish, targ‘ib tashviq ishlarida Farobiyga tenglashadigan donishmand 
bo‘lmagan. 
Farobiy jaxon fani taraqqiyotiga qo‘shgan bebaho hissasi bilan shu darajada katta shuxratga 
erishganki, uni hayotligidayoq, Aristoteldan keyingi yirik mutafakkir Muallim as-Soniy “Ikkinchi 
muallim”, “Sharqning Aristoteli” nomlari bilan atashdi.
Farobiy ilk o‘rta asr sharoitida aql va ilm tantanasi, ma’naviy ozodlik, inson takomili va 
adolatli jamiyat uchun kurashgan siymo edi. Shu o‘rinda Farobiyning ijtimoiy hayot, jamiyat, 
masalalaridagi muhim falsafiy qarashlari katta ahamiyatga egadir. U o‘zining “Fozil shahar 
odamlarining qarashlari” kitobida davlatni har tomonlama etuk, o‘zida eng yaxshi insoniy 
fazilatlarni namoyon qilgan kishilar yordamida boshqarish zarurligini qayd etadi. Shuningdek, u 
har tomonlama etuk, aholini ilmiy-ma’rifatga olib boruvchi ideal jamiyat haqidagi fikrni olg‘a 
suradi. Farobiy “Fozil shahar odamlarining qarashlari” kitobida davlatni boshqaruvchi hokim 
Olloxdan boshqa hech kimga bo‘ysunmasligi kerak, u tabiatan o‘n ikkita xislat fazilatni o‘zida 
mujassamlashtirgan bo‘lishi zarur deydi. Shu bilan birga uning fikricha shahar hokimi bilimli, 
ma’rifatga xavasli, taom eyishda, ichkilikda o‘zini tiya biladigan, haq va haqiqatni sevadigan, 
yomonlardan jirkanadigan kishi bo‘lishi lozim. 
Musulmon uyg‘onish davrining yana bir qomusiy olimi Abu Ali ibn Sinodir. Insoniyat Abu 
Ali ibn Sino (980-1037yy)ni jahon fanining ulug‘ arbobi, uyg‘onish davri madaniyatining yirik 
namoyondalaridan biri sifatida biladi.
Buyuk alloma ellik etti yil umr ko‘rgan bo‘lsa, buning 18 yilini ilm-taxsiliga sarf qildi. Shu 
yillar davomida to‘rt yuz ellikdan ortiq asarni yozdi. Uning bu asarlari ilm-fanning barcha 
sohalariga taalluqlidir. Ana shu asarlari bilan Ibn Sino O‘rta Osiyo xalqlari madaniyatini dunyo 
madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqdi. Shuning uchun uni “SHayx ur-rais” - “Olimlar olimi” 
deb atashgan edi.
Ibn Sino asarlarining 40 dan ko‘prog‘i tibbiyotga, 30 dan ortig‘i tabiiy fanlar va musiqaga 
oid bo‘lib, qolganlari falsafa, mantiq, ahloq, iloxiyot, ijtimoiy-siyosiy mavzularda edi. Bizga 160 
ga yaqin asari etib kelgan. “Kitob ush-shifo” (“SHifo kitobi”), “Donishnoma”, “Kitob ul-koinot” 
(“Koinot kitobi”) kabi ilmiy asarlari, 5 jildli “Kitob al-qonun fit-tib” (“Tib qonunlari kitobi”) ko‘p 
asrlar davomida tibbiyotdan asosiy dastur qilib kelindi, hozir ham birqancha dorilfununlarda 
o‘rganiladi. 
Shunday qilib, Ibn Sino o‘z asarlarida tabiat, jamiyat rivojlanish qonuniyatlari to‘g‘risida 
qimmatli xulosalar berib, kishi aqlini nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatdi. Tabiat sirlari va 
haqiqatni bilish mumkinligiga qattiq ishonadi. Shuning uchun ham olim odamlarni bir-biri bilan 
do‘st, inoq bo‘lib yashashga chorlaydi. Odamlar sofdil, samimiy do‘st bo‘lib yashasa, bir yoqadan 
bosh chiqarsa, har qanday mushg‘ulot oson bo‘lishiga qattiq ishonadi.
Xorazmlik buyuk olim Abu Rayxon Beruniy (973-1048yy) jahon fani va madaniyati 
taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shgan siymolardan hisoblanadi. 
Beruniy bilan G‘aznada yashagan mashhur tarixchi Abul Fayz Bayhaqiy (1077 yilda vafot 
etgan) olimga baho berib, bu odam ilmi adabda, narsalarning mohiyatini aniqlashda, xandasa va 
falsafada shu qadar bilimdon ediki, uning zamonida unga tenglashadigan hech kim yo‘q edi. XIII 
asrda yashagan yirik olim YOqut Xamaviy ta’biri bilan aytganda, zamona ilm va aqlda unga teng 
keladigan boshqa olimni ko‘rmadi. Beruniy 16 yoshidan astronomik kuzatishlar olib borganligi 
ma’lum. Ustozi xorazmlik atoqli olim Abu Nasr ibn Iroq al- Mansur (1035 yilda vafot etgan). 12 


ta asarini Beruniyga bag‘ishlagan. Dunyoda birinchi globus (diametri 5 m li yarim shar) yasagan. 
Beruniy Xorazmdagi “Ma’mun akademiyasi”ga rahbarlik qilib bir qancha shogirdlar chiqargan. 
Beruniy butun kuchi, hayoti, aql-idroki va tafakkurini ilm-fanga bag‘ishlagan allomalardan biri 
edi. Beruniyning ilmiy merosi 160 dan ortiq kitob va risoladan iborat. “Al-qonun al-Ma’sudiy”, 
“Xindiston”, “Geodeziya”, “Xronologiya”, “Minerologiya”, “Saydona” (“Dorivor o‘simliklar 
haqida kitob”) asarlarida insoniyat uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan g‘oyalarni o‘rtaga 
tashlagan. Ayniqsa, buyuk mutafakkir “qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Xindiston” 
kabi tarixiy asarlarida tabiat, jamiyat taraqqiyoti va uning istiqboli haqida fikr berib, unda 
mehnatning, ilm-fanning roli beqiyos ekanligini uqtirib o‘tadi. 
Beruniy jamiyat taraqqiyotini fan taraqqiyotida ko‘radi, ilm diniy va hududiy chegaralarga 
qaramay inson va jamiyatga xizmat qilishi kerak deb hisoblaydi. “Mening butun fikri-yodim, 
qalbim, bilimlarni targ‘ib qilishga qaratilgan, chunki men bilim orttirish lazzatidan baxramand 
bo‘ldim, buni men o‘zim uchun katta baxt deb hisoblayman”, -deb yozgan edi olim.
Biz yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, IX-XII acrlarda aniq va tabiiy fanlardan matematika, 
astronomiya, geodeziya, minerologiya, tibbiyot, botanika va boshqa soxalar ancha taraqqiy etdi.
Mashxur astronom va matematik olim Nasriddin Tusiy (Abu Ja’far Muxammad ibn 
Muxammad ibn Xasan, 1201-1274 yy.) fan taraqqiyotiga katta xissa qo‘shgan buyuk 
mutafakkirlardandir. Uning «Axlodi Nasriy», «Tajrid» kabi asarlari Sharqda keng tarqalgan 
bo‘lib, minerologiya, tibbiyot, fizika, mantiq, falsafa va boshqa soxalarga oid asarlar yaratib, 
ushbu fanlar rivojiga kata hissa qo‘shdi. 
IX-XII asrlarda O‘rta Osiyoda o‘rta asr tarixshunosligi rivoj topib, arab va fors tillarida bir 
qancha yirik tarixiy va geografik asarlar bitilgan. Bu borada Abu Bakr Narshaxiyning o‘rni alohida 
ahamiyat kasb etadi. U 899 yilda Buxoroda tug‘ilib, 959-960 yillarda vafot etgan. Undan meros 
tariqasida yagona asari “Buxoro tarixi” bugungacha etib kelgan. Uni 1128 yilda quvalik tarixchi 
Abu Nasr al-Kuboviy qisqartirib, voqealar bayonini davom ettirib fors tiliga tarjima qilgan. Bu 
tarjimaning qayta ko‘chirilgan va voqealari bayoni (1220 yillargacha etkazilgan nusxasi) bizgacha 
etib kelgan. “Buxoro tarixi” O‘rta Osiyoda islomgacha bo‘lgan diniy e’tiqod va urf-odatlar, islom 
dinining tarqalishi, Muqanna voqeasi haqida ma’lumot beruvchi asosiy manba hisoblanadi. Unda 
somoniylar davridagi voqealar, ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayot keng yoritilgan. Shunday qilib, 
Narshaxiy merosi xalqimizning ma’naviy boyligi sifatida avlodlarga xizmat qilib kelmoqda. 

Download 281,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish