Markaziy Osiyolik qomusiy mutafakkirlarning dunyo sivilizatsiyasida tutgan o‘rni. Reja. IX-XII asrlarda yurtimizda tashkil topgan, markazlashgan davlatlarning iqtisodiy va madaniy hayotiga ijobiy ta’siri



Download 281,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana28.04.2022
Hajmi281,32 Kb.
#588551
  1   2   3   4
Bog'liq
2.3-mavzu. Markaziy Osiyolik qomusiy mutafakkirlarning dunyo sivilizatsiyasida tutgan orni



Markaziy Osiyolik qomusiy mutafakkirlarning dunyo
sivilizatsiyasida tutgan o‘rni. 
Reja. 
IX-XII asrlarda yurtimizda tashkil topgan, markazlashgan davlatlarning iqtisodiy va 
madaniy hayotiga ijobiy ta’siri. 
 O‘rta Osiyolik allomalarning jahon fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi. 
 Xorazm Ma’mun Akademiyasining tashkil topishi va uning ilmiy faoliyati. 
 Turkiy adabiyot, islom huquqshunosligi va so‘fiylik 
Tayanch iboralar: 
hadis, kalom, fiqh, tafsir, muhaddis, aqida, musnad, Sihoh as-sitta, Al-
jome as-sahih, Somoniylar, Qoraxoniylar, Gʻaznaviylar, Beruniy, Nosir Xisrav, Ahmad Yugnakiy, 
tasavvuf, tariqat, Ahmad Yassaviy, Mahmud Zamaxshariy, Imom al-Moturidiy. 
IX-XII, XIV-XV asrlarda Markaziy Osiyoda ilm-fan va madaniyat, falsafa, tarix fani 
rivojlanish pallasiga kirdi. Bu taraqqiyot uzoq davom etdi. O‘lkamizda yuz bergan ilm-fan, 
madaniyat va san’at sohalaridagi o‘zgarishlarning asosiy hislatlaridan biri insonparvarlik g‘oyasini 
doimo ustun bo‘lganligidir. Xo‘sh, bu insonparvar, boy ma’naviy g‘oya ijodkorlari kimlar, ular 
jaxon tarixida qanday o‘rin tutadilar? Bu haqda Prezidentimiz I.A.Karimov qator asarlarida, 
shuningdek, M.Xayrullaevning O‘rta Osiyoda ilk uyg‘onish davri madaniyati, Fan, 1994, 
F.Sulaymonovaning Sharq va g‘arb, O‘zbekiston, 1997, J.To‘lanovning Qadriyatlar falsafasi,
O‘zbekiston, 1998, shuningdek, Buyuk siymolar, allomalar, Meros, 1995,1996 to‘plamlarida boy 
ma’lumotlar keltirilgan. Bu nashrlarda nafaqat al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, Farobiy, Beruniy va Ibn 
Sinolarning ko‘p qirrali faoliyatlari hususida, ularning yuzlab izdoshlari va shogirdlari haqida 
ham qimmatli ma’lumotlar berildi. 
Movarounnahrda islom dinining tarqalishi yaqin Sharqda arab xalifaligining shakllanishi va 
rivoji bilan uzviy bog‘liqdir. Bu xalifalik islom bayrog‘i ostida asta-sekin Arabiston chegarasidan 
chiqib, O‘rta Sharq tomon yurish boshlab, u erdagi mamlakatlarni bosib ola boshladi. Bu jarayon 
islomni tarqatish bilan uzviy bog‘liq holda olib borildi. 
Arablar Movarounnahrda o‘rnatilgan siyosiy hokimiyatni mustahkamlash, uning 
barqarorligini ta’minlash uchun islom dinining targ‘iboti va uni erli aholi o‘rtasida, ijtiomiy 
tabaqalaridan qat’iy nazar, kengroq yoyishga alohida ahamiyat berdilar. Ular erli aholining 
ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutgan otashparastlik, moniy, budda kabi dinlarni xurofiy soxta 
dinlar deb e’lon qiladilar. 
Islom dinini qabul qilib, musulmon bo‘lgan maxalliy axoli vakillari dastlabki yillarda xiroj 
va jizya soliqlaridan ozod etilib, ancha-muncha imtiyozlar beriladi. Shu bilan birga
Movarounnaxrda musulmonchilikning mahalliy odat, udumlar bilan uyg‘unlashuvi ro‘y berdi. 
Keskin kurashlar, qarshiliklarga qaramay erli xalq bosqinchilarga qaram bo‘lib qoldi. Buyuk 
olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048yy) va tarixshunos Abu Bakr Narshaxiy (899-959yy) 
tafsiricha bosqinchilar erli xalqlarga ham moddiy, ham ma’naviy jihatdan katta zarar keltirdi-erli 
hokimiyat tugatildi, shaharlar qadimgi madaniyat yodgorliklari, mavjud yozuvlar yo‘q qilindi, 
kitoblar yondirilib yuborildi, san’at namunalari barbod bo‘ldi. 
Bu davrda Movarounnahr va Xurosonda sodir bo‘lgan murakkab siyosiy vaziyatning tadrijiy 
rivoji va u bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar mamlakat 
aholisining madaniy hayotiga ham ta’sir etdi. Movarounnahrda arab tilining davlat va fan tili 
sifatida joriy etilishi bilan uni o‘zlashtirishga bo‘lgan intilish ham ortdi. Ayniqsa, mahalliy 
zodagonlar arab tilini xalifalik ma’murlari bilan yaqinlashish, mamlakatda o‘z siyosiy mavqelarini 
tiklab, uni mustahkamlashning garovi deb bildilar va uni o‘zlashtirishga astoydil kirishdilar. 


Natijada ko‘p vaqt o‘tmay Movarounnahrda arab tili va yozuvini o‘z ona tillaridek o‘zlashtirib 
olgan bilimdonlar paydo bo‘ldi. Bu vaqtda arablar orasida hokimiyatni boshqarishga yaroqli 
bilimdon ma’murlar juda oz bo‘lgan. CHegaralari tobora kengayib borayotgan Abbosiylar (750-
1258yy) xalifaligi uchun ikki tilni biluvchilar juda zarur edi. Dastlabki ma’lumotlarni o‘z ona 
yurtlari Movarounnahr, Xorazm va Xurosondagi madrasalarda olgan O‘rta Osiyolik olimlar 
xalifalikning markaziy shaharlari: Bag‘dod, Damashq, Qoxira, Kufa va Basraga borib bilimlarini 
oshirdilar va asarlarini o‘sha davrda ilm tiliga aylantirilgan arab tilida yozishga majbur bo‘ldilar. 
Shunday qilib, arab tili va falsafasining rivojlanishi, islom dinining keng yoyilishi vositasida 
O‘rta Osiyoga antik dunyoning progressiv qarashlari kirib keldi. 
Xalqning mustaqillik uchun kurashi natijasida IX asrning oxirlarida O‘rta Osiyoda erli 
Samoniylar (865-999yy.) davlati vujudga keldi, bu - arab xalifaligiga qaramlikdan qutulish, 
mustaqillikni qo‘lga kiritish edi. Uch-to‘rt asr davomida Samoniylardan tashqari yana 
Qoraxoniylar (999-1141yy.), G‘aznaviylar (962-1186yy.), Xorazmshoxlar (Anushteginiylar 
sulolasi 1076-1221 yy.) davlatlari vujudga keldi. 
Samoniylar davrida qudratli markazlashgan davlatning vujudga kelishi natijasida 
Movarounnahr va Xurosonda ma’lum barqarorlik qaror topdi. Bu xolat mamlakat iqtisodiy va 
madaniy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. 
Samoniylar sulolasining ko‘pgina namoyondalari adabiyotga, ilm-fanga, me’morchilikka 
homiylik qildilar. 
Xuddi shu davrda ulkanlashib borayotgan Arab xalifaligi uchun ham ilm, ilm axli suv va 
havodek zarur edi. Davlatni boshqarishda abbosiy xalifalar ma’muriyati ko‘plab bilimdon 
siymolarga muhtoj edi. O‘rta Osiyolik ko‘pgina tolibi ilmlar xalifalikning markaziy shaharlari-
Damashq, Qoxira, Bag‘dod, Kufa va Basrga borib ilm oldilar va arab tilida ijod qildilar. Bu davrda 
ayniqsa Bog‘dod shahri Sharqning yirik ilm va madaniyat markazi edi. 
Al-Mansur sulolasidan bo‘lmish beshinchi xalifa Xorun ar-Rashid (786-809yy) davrida 
xalifalik rivojlanib, poytaxt Bog‘dod yanada kengaydi. Ayniqsa Xorun ar-Rashidning fors 
xotinidan bo‘lgan o‘g‘li Abdullox al-Ma’mun 813 yilda Bog‘dod xalifasi deb e’lon qilingandan 
keyin Bog‘dodga alohida ahamiyat beradi. 
Al-Ma’mun (813-833yy) tarixda davlat arbobi sifatidagina emas, balki ilmu fanning 
hamiysi sifatida shuxrat qozondi. U Marvga kelgan paytida saroyga Xuroson va 
Movarounnahrning eng buyuk olimlarni to‘play boshlaydi. So‘ngra ularni Bog‘dodga olib keladi. 
Al-Ma’mun bilan birga Bog‘dodga kelgan olimlar fan tarixida “al- Marviza” ya’ni “Marvliklar” 
nomini olgan edi. Lekin shungacha Bag‘dodda olimlar bo‘lmagan deyish noto‘g‘ri. Ummaviylar 
(661-750yy.) davrida Damashqqa ko‘plab tarjimonlar yig‘ilib, tabobatga oid kitoblarni yunon va 
suryon tillaridan tarjima qildira boshlangan edi. Keyinchalik bu tarjimonlar Bog‘dodga keltirilgan. 
Xalifa al-Ma’mun Bag‘dodga kelgach, “marvlik” va “damashqlik” olimlarni yirik va yagona 
ilmiy muassasa - “Bayt ul- hikma”, ya’ni “Bilimlar uyi” yoki “donishmandlik uyi”ga birlashtirdi. 
Keynchalik bu muassasani Yevropalik olimlar “al-Ma’mun akademiyasi” deb ataydilar. 
Al-Ma’mun “Bayt ul-hikmat”ning faoliyatiga katta ahamiyat beradi. Avvalo, u Bog‘dodning 
nasroniylar yashaydigan SHamossiya mahallasida astronomik kuzatishlarni yo‘lga qo‘yadi. 
Bog‘dod tekis erda joylashgani uchun hududida rasadxona qurish befoyda edi. Shuning uchun 
xristian cherkovidan foydalanadi. Bu ishga xalifa al-Ma’mun bilan Marvdan kelgan olimlar 
orasida Muhammad al-Xorazmiylar mutasaddilik qiladi, yosh A’mad al-Farg‘oniy (797-865 yy.) 
ham ularga yordam beradi.
O‘sha davrda “Bayt ul-hikmat”ning eng yirik kutubxonasi mavjud bo‘lib, unga 
vatandoshimiz Muhammad al-Xorazmiy mudirlik qilardi. Kutubxonada 400 ming jild xind, yunon, 


suryoniy, arabiy, forsiy tillarda yozilgan qo‘lyozma kitoblar saqlanardi. Al-Xorazmiy o‘sha 
kitoblardan foydalanib, sind-xind usuli bilan “Ziji al-Xorazmiy” nomli astronomik asarini yozgan. 

Download 281,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish