muhim masalalarni to‘g‘ri tushuntirish va baholashga ojizlik qiladi. Buning uchun olamni ilmiy
taxlil qilish va bilish zarur.
Falsafiy dunyoqarash. Bu tushunchaning mazmuni insonning olamga, voqea va xodisalarga,
o‘zgalarga va ularning faoliyatiga, o‘z umri va uning mazmuni kabi ko‘pdan-ko‘p tushunchalarga
munosabati ularni anglashi, tushunishi, qadrlashida namoyon bo‘ladi.
Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar
va ijtimoiy tarbiya ta’sirida shakllanadi hamda rivojlanadi. Fanda
ijtimoiy borliqning barcha
jihatlari aks etadi.
Dunyoqarashning shakllanishida his-tuyg‘u, aql-idrok va tafakkur ham muhim o‘rin tutishi
tabiiy. Uning shakllanishi kishilarning hissiy kechinma va kayfiyatlariga bog‘liq bo‘lib, inson
kayfiyatida, uning hayot sharoitlari, ijtimoiy ahvoli, milliy xususiyati, madaniy saviyasi, shaxsiy
taqdiri va hokozolarda aks etadi.
Muayyan davr dunyoqarashi zamon ruhi, ijtimoiy kuchlarning kayfiyati, intilishlarida ham
o‘z ifodasini topadi. Masalan, bu omillar bugungi O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashga
o‘lkan ta’sir ko‘rsatmoqda.
Falsafiy dunyoqarashning tarixiy shakllari insoniyat taraqqiyotining qonuniy natijasi bo‘lib,
jamiyat rivojlanishining mezoni sifatida namoyon bo‘lgan, taraqqiyotning dastlabki bosqichlarida
kishilarning tabiatga, o‘zlarining ijtimoiy hayotga bo‘lgan munosabati turli rivoyat va afsonalarda
o‘z ifodasini topgan. Ular shu tariqa mifologik dunyoqarashni shakllantirgan. YOvuzlik va ezgulik
o‘rtasidagi kurashda yaxshilikning tantana qilishi mifologik dunyoqarashining gumanistik
mazmunidan dalolat beradi.
Xususan, o‘zbek xalqi sivilizatsiyasi jarayonida yaratilgan rivoyat, afsona va boshqa
janrlardagi og‘zaki ijod namunalari millatimiz tarixida qanday qiyofaga ega bo‘lganligini hanuz
ko‘rsatib turadi. Ular bugungi kunda jahon ahlini hayratga solmoqda. Masalan, kadimiy merosimiz
namunasi- «Avesto»da yaxshilik ramzi Axuramazda va yomonlik timsoli - Axriman o‘rtasida
kurash tarixi misolida oxir-oqibatda ezgulik baribir g‘alaba qozonadi, ya’ni yorug‘lik
zulmat
ustidan g‘alaba qiladi, degan g‘oya asosiy o‘rinni egallaydi, hayotbaxsh g‘oyalar ilgari suriladi.
Bu g‘oya ta’sirida milodiy 216-274 yillarda yashagan Moniy ibn Fatak o‘z ta’limotini keltirib
chiqardi.
Falsafiy dunyoqarashning asosiy yo‘nalishlari. Dunyoqarash tizimi va unga xos mustaqil
yo‘nalishlarning xar birini falsafiy mulohazaning oydinlashgan shakli sifatida ko‘rish mumkin.
Falsafiy dunyoqarash, sodda qilib aytadigan bo‘lsak, insonning olam, odam va borliqqa
munosabatini ifodalovchi bilimlar tizimidir, Unga inson borlig‘ining moxiyati nuqtai nazaridan
yondashiladigan bo‘lsa, moddiy yoki ma’naviy jihatdan nechog‘lik mukammallashtirilganiga
qarab, uning tarkibida materialistik va idealistik dunyoqarash yo‘nalishlari mavjudligini ko‘ramiz.
Agar borliq va uning xossalariga mavjudlik bog‘liqligi o‘zgarish
va taraqqiyot nuqtai
nazaridan bildirilgan munosabatlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, uning tarkibida metafizik,
sofitik kabi qator dunyoqarashlar mavjudligini ko‘ramiz. Bular sof nazariy-falsafiy masalalar
bo‘lib, ular to‘g‘risida «Olam va odam» «Dunyoni falsafiy tushunish» bilimlarida maxsus to‘xtalib
o‘tamiz.
Falsafiy dunyoqarash borliq haqidagi ilmiy qarashlar o‘z-o‘zicha shakllangan (mexaniq)
yig‘indi emas, balki ularning umumiy qonuniyatlari asosidagi yaxlit tizimdir. Falsafiy
dunyoqarash tarkibiga quyidagilar kiradi:
•
turli dunyoqarash shakllarining o‘zaro aloqadorligining kuchayishi;
•
muayyan dunyoqarash shakllanish va rivojlanish jarayonida insonga munosabatlar
ahamiyatining ortib borishi;
•
milliy dunyoqarashning umuminsoniy dunyoqarash shakli va uning tarkibiy qismi sifatida
yuzaga kelishi.
Falsafiy dunyoqarashning bu umumiy tamoyillari har qanday
aniq duyoqarash shakllari
uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shu bilan birga, uning yana quyidagi tamoyillari ham mavjud:
ilmiylik;
tarixiylik;
mantiqiylik;
universallik;
maqsadlilik;
g‘oyaviylik;
nazariy va amaliyotning birligi.
1.
Falsafiy dunyoqarash ilmiydir. Chunki u narsa va hodisalar darajasidagina emas, balki
nazariy ong darajasida ham ifodalanadi. Har qanday falsafiy dunyoqarash shakli ob’ektiv olamdagi
narsa va hodisalarni, konkret munosabatlarni aks ettiradi.
2.
Falsafiy dunyoqarashning tarixiylik tamoyili jamiyatning o‘tmishi dunyoqarashlar
tarixidan iboratligini va uzluksiz rivojlanishini ifodalaydi.
3.
Falsafiy dunyoqarashning mantiqiy izchillik tamoyili har qanday dunyoqarash shakli va
darajasining mantiqiy birikmalar orqali ifodalanishi bilan izohlanadi. Agar mantiqiylik buzilsa,
dunyoqarashning tashqi olamni xolis, ilmiy aniq-ravshan va izchil aks ettirilishiga putur etadi.
4.
Falsafiy dunyoqarashning universalligi boshqa dunyoqarash
shakllarining mazmunini
tashkil qilish bilan sifatlanadi, ya’ni har qanday dunyoqarash shakli o‘ziga xos falsafiy xususiyatni
takomillashtirib boradi.
5.
Falsafiy dunyoqarash maqsadga muvofiq bo‘lib, inson manfaatlariga mos keladi. Chunki
inson muayyan maqsad, orzu-umidlar bilan yashaydi, ularni o‘z dunyoqarashida aks ettiradi.
6.
Falsafiy
dunyoqarashning g‘oyaviylik tamoyili, uning asosida muayyan falsafiy
dunyoqarash, milliy mustaqillik, o‘zlikni anglash, millat kelajagini belgilaydigan istiqlol
g‘oyasiga tayanish bilan xarakterlidir. Falsafiy dunyoqarash shu g‘oyani e’tiqodga aylantirish va
uni amalga oshirish uchun xizmat qilishidadir.
7.
Falsafiy dunyoqarashning eng muhim tamoyillaridan yana biri nazariya va amaliyot
birligidir. Dunyoqarashning nazariya sifatida mavjudligi ijtimoiy amaliyot
tajribalarining ijodiy
umumlashmasidan iboratligidir.
Bashariyat milodiy XX asr bilan xayrlashib, uchinchi ming yillikka qadam qo‘ydi. Insoniyat
bugungi kunga kelib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida o‘lkan yutuqlarga erisha boshladi.
Fan va texnika, madaniyat va maorif beqiyos rivojlanib bormoqda. Odamzod o‘zining aql-
zakovati va mehnati bilan yanada ko‘proq yangiliklar yaratmoqda. Dunyoning ko‘plab yangi sir-
asrori kashf etilmoqda.
Avvalo, falsafa o‘zi nima, degan masalaga to‘xtalib o‘taylik. U insoniyat tarixidagi eng
qadimiy bilimlar majmuidir. Falsafiy mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga xos
fazilatlaridandir, demak, uning o‘zi kabi qadimiydir. U olam va uning yashashi,
rivojlanishi va
taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo‘qlik kabi ko‘plab muammolar haqida
baxs yuritadigan fandir.
Falsafa asoslari bayon qilingan aksariyat darsliklarda ushbu atama qadimgi yunon tilidagi
«filosofiya» so‘zidan olingani va u “donishmandlikni sevish” (“filo”-sevaman, “sofiya”-donolik)
degan ma’noni anglatishi ta’kidlanadi. Bu-ushbu so‘zning, atamaning lug‘aviy ma’nosi bo‘lib
hisoblanadi. Asrlar davomida filosofiya so‘zining ma’no-mazmuniga xilma-xil qarashlar, uning
jamiyat, inson va fanlar tizimidagi o‘rniga nisbatan turlicha munosabat va yondashuvlar bo‘lgan,
bu atamaning mohiyat-mazmuni ham o‘zgarib borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: